“Ma’mun univetsiteti” ntmning ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti tarix va psixologiya fanlar kafedrasi tarix yo‘nalishi 22/7-guruh talabasi sultanova mohichehra


Download 174.69 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi174.69 Kb.
#1382386
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sultonova Mohichehra

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

“Ma’mun univetsiteti” NTMning ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti tarix va psixologiya fanlar kafedrasi tarix yo‘nalishi 22/7-guruh talabasi sultanova mohichehra

Maxsus tarix fanidan tayyorlagan

taqdimoti

METROLOGIYA FANINING VUJUDGA KELISH VA RIVOJLANISH TARIXI

Reja:


1.Qadimda olchov ehtiyojining vujudga kelishi
2.Antropometrik o‘lchov birliklari
3. O’lchov birliklaring vujudga kelishi.
4.Qadimgi sharq davlatlari o‘lchov birliklari

1.Qadimda olchov ehtiyojining vujudga kelishi

"Metrologiya" so'zi grekcha metros-kenglik va logos o'qish ma'nosini bildirib, kenglik haqida o'qish, aniqroq ma'noda esa o'lchovlar haqidagi fan demakdir.


Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo'llanilgan o'lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o'lchov birliklariga muvofiqligini yoritish, ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Tarixiy metrologiya ijtimoiy-iqtisodiy, xo'jalik, huquq, madaniy tarixni o'rganishda zarurdir. O‘lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish holatlari bilan bog‘liqdir.
Shumerlar – bug’doy yoki arpa donini dastlabki og’irlik o’lchov birligi sifatida qabul qilgan xalqdir. Mesopotamiya aholisi ajoyib dehqonlar bo’lishgan va g’alla ekinlaridan ulkan hosil olishgan. Ushbu mahsulotlarni sotish hamda ayirboshlash vaqtida og’irlik bo’yicha hisob-kitob ishlarini kumushda yoki arpa doni o’lchamida amalga oshirishgan.
Qadimgi xalqlar uzunlik birliklari sifatida barmoq, qarich, tirsak, qadam, hovuch kabi uzunlik birliklaridan keng foydalanishgan. Masalan, qadimgi dunyoning ko’plab mamlakatlarida o’lchov birligi sifatida tirsakkeng tarqalgan. Misrda kichik tirsak 44, 83 sm., podsho tirsagi 52,35 sm. ga teng deb olingan. Bobilda tirsak 49 sm. ga teng bo’lgan.
Maydon o’lchovini aniqlashda xo’jalik amaliyotida o’lchash uchun qo’llanilgan tayoqlar, arqon, chilvir, o’roqlardan foydalanilgan. Maydon o’lchovini qadimgi dehqonlar erga ishlov berishda sarflanilgan mehnat vaqti, dehqon xo’jaligidagi ishchi kuchi soni yoki yig’ilgan hosil miqdoriga ko’ra aniqlashgan.
Qadim zamonda insonlar sochiluvchi narsalarning jumladan bug’doy va arpa donlarining vaznini tortmasdan, ularni biror hajmga ega bo'lgan vosita, ya‘ni hajm o’lchovi bilan o’lchar edilar. SHunday yo’llar bilan donlarning miqdori o’lchanar edi. Suyuqlik hajmlari esa ma‘lum sig’imga ega bo’lgan idishlar yordamida o’lchanadigan bo’ldi. Mana shunday yo’llar bilan bobolarimiz hajm o’lchash uchun bir qator hajm o’lchovlarini hamda hajm o’lchov birliklarini kashf etdilar.

Download 174.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling