“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq. Ma’muriy sud ish yurituvi” oraliq nazorat kazuslari 1-kazus


Download 22.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1618584
  1   2   3
Bog'liq
1974 kw2T-



“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq.Ma’muriy sud ish 
yurituvi” 
oraliq nazorat kazuslari 
 
1-KAZUS 
Arizachi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy 
boshqarmasi “NUMBER ONE” MCHJ manfaatini ko‘zlab Qarshi tumanlararo 
ma’muriy 
sudiga 
shikoyat 
ariza 
bilan 
murojaat 
qilib, 
javobgar 
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limining 2022-yil 25-
noyabrdagi №18-41/1-son dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 
Sudya mazkur arizani o‘rganib chiqib, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmagan 
ariza deb hisoblab, arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqardi. Ajrimdan 
norozi bo‘lgan tomon shikoyat arizasi bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering(Oliy sud plenumi qarorlarini qo‘llagan 
holda tahlil qiling). 
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. 
Ariza(shikoyat)ni ko‘rmasdan qoldirish asoslari va tartibini shaxsiy fikr va 
amaliy misollar bilan tushuntirib bering. 
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini 
tayyorlang. 
 
2-KAZUS 
Arizachi “DONA” MCHJ Ma’muriy sudga murojaat qilib, Davlat xizmatlari 
markazi mansabdor shaxsining qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Arizada tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat 
xizmatlari markaziga murojaat qilingan. Davlat xizmatlari markazi mas’ul hodimi 
tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqilganida, avvaldan mavjud bo‘lgan 
“DONA”, ATLAS” hamda “MINOR” MCHJ lar birlashtirilib, “DONA” MCHJ 
sifatida qayta tashkil etilayotganligi ko‘rsatilgan. Davlat xizmatlari markazi 
tomonidan “DONA” MCHJ ni qayta tashkil etishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad 
etilgan.
Mazkur rad etishni qonunga xilof deb topishni hamda davlat xizmatlari 
markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklashni so‘rab, Ma’muriy sudga 
murojaat qilgan. Ma’muriy sud hujjatlarni o‘rganib chiqib, ta’sischilar o‘rtasida 
MCHJ ni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishilmaganligi asosi bilan 
arizani ish yurutishga qabul qilishni rad etdi. 

Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling