Ma’muriyatiga murojaat qiling


Download 28.09 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi28.09 Kb.
#200299
Bog'liq
nutq o‘stirish


Fayllar.org

Ma’muriyatiga murojaat qiling

Kurs ishi. Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish. Mundarija

Download 38.81 Kb.

Sana28.05.2020Hajmi38.81 Kb.Bu sahifa navigatsiya:

Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish Reja: 1.Kirish. 2.Asosiy qism: aKURS ISHINING OBYEKTI.1.RAVON NUTQ TUSHUNCHASI VA UNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI. Nutq1-vazifasi3.MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI RAVON NUTQQA O’RGATISH4.Bolalarda ravon nutq rivojlanishini yoshga xos xususiyatlari.5.Til tafakkur quroli va muomala vositasi.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

“Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim “ fakulteti

“ Maktabgacha ta’lim ” yo’nalishi 18.35- guruh

Talabasi Mamazokirova Zulayhoning “Bolalar

Nutqini o’stirish” fanidan tayyorlagan

KURS ISHI.

Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish.

Mundarija:

Reja…………………………………………………...3

Kirish…………………………………………………4

Asosiy qism………………………………………….8

Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari……………………………………………..8

Ravon nutq mohiyati………………………………13

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish…………………………………….16

Bolalarda ravon nutq rivojlanishining yoshga xos xususiyatlari…………………………………………22

Til tafakkur quroli va muomala vositasi…………27

Xulosa……………………………………………….29

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………...32

Mavzu: Ravon nutqni rivojlantirish

Reja:


1.Kirish.

2.Asosiy qism:

a.Ravon nutq tushunchasi vauni rivojlantish vazifalari.

b.Ravon nutq mohiyati.

c.Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish.

d.Bolalarda ravon nutq rivojlanishining yoshga xos xususiyatlari.

e.Til tafakkur quroli va muomala vositasi.

3.Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH.


MAVZUNING DOLZARBLIGI.Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.

Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.

O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi,o`g`ir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik puktlar ishlab turibdi.

Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin vaO.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).

“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.

KURS ISHINING OBYEKTI. Maktabgacha ta’lim muassasasi,oila va ta’lim jarayoni.

KURS ISHINING PREDMETI. Bog’chagacha yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda ravon nutqni rivojlantirish va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.

KURS ISHINING MAQSADI. Bog’chagacha va maktabgacha yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1.RAVON NUTQ TUSHUNCHASI VA UNI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI.

Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. Subyektning nutqiy faoliyati ichki vositasi va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi. Nutq bu psixik xodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharaoitlarida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. Utildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoy mulki hodisasidir .Ravon nutq- bu kishilarning muloqotini va o’zaro bir birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo`lmaydi: ravon nutq – bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o`zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to`g`ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o`zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo`lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog`liq bo`ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shaklllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta sekin ro`y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yeti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo`lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo`lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.

Til millatning noyob xazinasi bo`lib, doimo og`zaki va yozma holda, namoyon bo`lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so`zlayotgan kim bo`lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo`lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So`z va g`azal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo`lib chiqsa tilning manfaatidir”.

Demak, til qanchalik zo`r bo`lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo’lar ekan. Agar til o’q bo’lsa, nutq kamondir. O’qning qudrati, kamonning qudratiga bo’g’liq.

Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzodlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro’yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilishi vositasi bo’luvchi qudratli quroldir.

Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga egadir:

1-vazifasi- individuallararo- kishilar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og’zaki nutq-monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbatisifatida chiqadi.

2-vazifasi-ichki individual-bu yerda nutq ko’plab nutqiy jarayonlarni(fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira,tasavvur va boshqalar) aniq-tiniq anglash darajasiga ko’targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

3-vazifasi- umuminsoniy- bu o’rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlari va belgilardan moddiylashtirilgan yozma nutqdir.

Ta’lim muassasalarida o’qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:a)erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda.Dialog ko’proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo’ladi va u bolalar lug’atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko’nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi; ravon nutq ko’nikmalariga ega bo’lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg’ulotlarda o’qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); Ta’lim muassasalarida bo’lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki o’g’zaki nutqni) o’rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o’rtasida hamda bolalarning o’zlari o’rtasida fikr almashish shaklida ro’y beradi.

Dialog ravon nutqni rivojlantirishdaga doir maxsus mashg’ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o’tkaziladi. Mazkur metodlar ko’pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

Tayyorgarlik suhbati (so’zlashish) usullari;

Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).

Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:

Tog’ridan to’gri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so’zlarini bo’lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o’zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so’zlash;

Yo’ldosh- talaffuz va grammatik ko’nikmalarni mashq qilish, ma’lum so’zlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so’z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yo’naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.

2.RAVON NUTQ MOHIYATI.

Ravon nutq mohiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ayniqsa nisbatan nutqning ikki shaklini- dialogik va monologik shakllarini ko’rib chiqish lozim. Dialogik ikki yoki bir necha so’zlovchining biron-bir vaziyat bilan bo’g’liq mavzudagi fikrlarning holda, sintaksik jihatdan sodda bo’lgan darak, undov (iltimos, talab), so’roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil vositalardan foydalangan holda dialog tuzish- so’rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va hokazolar zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolalarning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasadagi hyoti, uning do’stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog’liq turli xil mavzulardagi suhbat o’tkazishdan foydalanish lozim. Qayd etilgan malaka va ko’nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.

Tengdoshlari bilan dialogik muloqotni yo’lga qo’yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro’y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo’lishi va u bilan so’zlashish imkoniyati orqali rag’batlantiradi hamda u o’z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o’rnatish funksiyasini bajaradi.

Bolalar o’rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko’pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro’y berayotgan hodisaga nisbatan o’z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do’stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko’rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o’rganadigan ko’plab xalq o’yinlari mavjud.

Dialog muloqotini yo’lga qo’yish uchun stol o’yinlari va chop etilgan (“loto”,”domino”) o’yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo’lib o’ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o’z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o’rganadilar. Bunday o’yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida mutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so’zlarni tanlab olish, akustik va artikulatsion jihatdan bir biriga yaqin bo’lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.

3.MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI RAVON NUTQQA O’RGATISH.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgachaa ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan o’g’zaki nutqning asosiy shaklini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli- dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.

Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon so’zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So’zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko’p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir birini tinglash, savollarga javob berish qobiliyati shakllanadi.Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqti yoki sabab-oqibatli aloqada bo’ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkin: faktlar haqiqatan ham bir vaqtdalik yoki ketma ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkin.Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.

Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi.Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so’ngra esa ertalar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo’ladi.

Ravon nutqdan til elementlari-tovushlar, morfemalar, so’zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o’rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantrish jarayonini tashkil etadi.

Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o’zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir nechta jumlalarda o’z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o’ynaydi. Maktabgach katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va ko’nikmalar mavjud bo’lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglahda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatanimiz haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda “Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur”da bolalarni buyuk siymolar,sarkardalar, ulug’ mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o’rgatish:

Mavzu: “Men yoqtirgan fasl”.

Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivojlantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantrish.

Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo’yicha lug’atini shakllantirish, topishmoqlar, maqollar mazmunini tushunishga o’rgatish, maqollardagi so’zlarni aniq va burro aytish.

Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to’qishga qiziqish uyg’otadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.

Kerakli jihozlar: To’rt faslga oid katta rasmlar, to’rt faslga oid qirqma rasmlar.

Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish). Qish faslida qanday o’zgarishlar ro’y beradi? Sizga qaysi fasl ko’proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz “Men yoqtirgan fasl” mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o’rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo’linib olamiz.

Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).

Demak, biz to’rt guruhga bo’linamiz.

Bolalar guruhlarga bo’linish uchub bahor, yoz ,kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo’laklarini oladilar. Ular o’z fasllariga tasvirlangan qirqma bo’laklarini yig’ish bilan guruhlarga bo’linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini; 2-guruh bolalari yoz faslini; 3-guruh bolalari kuz faslini; 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bo’laklarini yig’adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo’ladi. Har bir guruh o’z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin. Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.

Tarbiya: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g’ir-g’ir esib turadi. Osmon toza va beg’ubor bo’ladi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo’lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo’ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlarda birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.

Bolalarning tuzgan hikoyalari bo’yicha guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rag’batlantiriladi.

Tetiklashtiruvchi mashqlar

Quyosh

Erta tongda



Quyosh turib

Bolalarni erkalaydi,

Boshlarini silaydi.

Bilaklarni ichki tarafi bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo’ladi.

Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg’ulotni tugatishi mumkin.

Qish g’amini yozda ye.

Bahorgi harakat-kuzgi barakat.

Yozgi mehnat-qishki rohat.

Yer haydasang kuz hayda,

Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

Bir yilda nechta fasl bor?

Siz qaysi faslni yoqtirasiz?

Mehnat haqida maqollar aytib bering.

4.Bolalarda ravon nutq rivojlanishini yoshga xos xususiyatlari.

Bolalarning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqnitog’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribasiga, tog’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyasiga bog’liq.

Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzlishlarini o’rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo’lini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o’ynovchi sharoitni bilish lozim.

Bunda tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o’z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo’ladi.

G.I.Rozengrad-Pupko bolada nutqni rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1.tayyorlov davri (2 yoshgacha); 2.nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga ajratadi:


  1. Tayyorgarlik davri-bola tug’ilganidan bir yoshgacha;



  1. Bog’chagacha bo’lgan davr -3 yoshgacha;



  1. Maktabgacha bo’lgan davr- 7 yoshgacha;



  1. Maktab davri.

Bola tug’ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig’idan iborat bo’ladi. To’g’ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig’i nutq apparatining 3 bo’limi (nafas olish, ovoz hosil bo’lish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol o’ynaydi.

Ikki hafta o’tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo’shiq (alla) ostida tinchlanishi mumkin bo’lib qoladi.2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bog’inlarning talaffuzi paydo bo’ladi. Bunda tovushlar birikmalari aniq artikulyasiya qilinmaydi.Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko’rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko’p marotaba takrorlashi harakat ko’nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo’g’inlarni talaffuz eta boshlaydi.

Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi. Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo’g’inlarni qaytara boshlaydi. 10-11oyligida so’zlarning o’ziga reaksiya paydo bo’la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’i nazar).

Ikkinchi davr-bog’chagacha bo’lgan davr. (1yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so’zlar paydo bo’lgandan so’ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so’zlarni ko’p marotaba takrorlaydi va o’zi ham so’zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.

Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko’ra bolalarning lug’at boyligini bog’chagacha bo’lgan davrda o’sishi quyidagi raqamlarni ko’rsatadi:1 yoshu 6 oylikda-10-12 ta so’z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so’z, 3 yoshga borganda -1000 ta so’z.

Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o’z xohish va iltimoslarini bir so’z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so’zdan iborat sodda jumlalar paydo bo’la boshlaydi.

Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo’lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari – p, b, m, f, v va boshqalarni o’rganadilar. Artikulyatsion jihatdan etish qiyin bo’lgan: shivirlovchi, sirg’aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notog’ri qo’llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.

Bu davrda lug’at boyligining o’sishi davom etadi. Bolalarning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.

Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o’z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo’llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo’shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo’shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo’ladilar.

Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so’ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydilar. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo’lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni tog’ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to’g’ri, aniq gapiradi.

To’rtinchi davr- maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o’ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrladagiga nisbatan ongli ravishda ro’y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o’ynaydi. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o’zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.

5.Til tafakkur quroli va muomala vositasi.

Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jihatdan tilning ahamiyatini hech narsaga qiyoslab bo`lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. “Til bilan tafakkur bir – birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo`lmaganidek, til ham tafakkursiz bo`lmaydi”.

Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo`lishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchibosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichdaesa fikrlash natijasida tafakkur mahsuli reallashmog`i, ya’ni fikrlash markazi bo`lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bo`lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi – u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi.

Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’i nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o’zaro ijtimoiy munosabat- muomala vositasi, materiali bo`lib qolaveradi. Til muomala vositasiga aylandimi, uning imkoniyat doirasi ham tabiiy ravishda kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichga soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum bo’lib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo’lgan munosabatda to`rtinchi bosqich yuzaga keladi. Shu o’rinda akademik V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etis

XULOSA.


Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda.

Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim.

Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o’sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o’sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo’g’liq bo’ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bolalarning ko’pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar.

Bizning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo’lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so’zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so’zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o’rganish yo’lidan o’tadi.

Bir kishi hayoti davomida nutqini rivojlantiradi. Bolalar bog’chasida bola turli xil texnik vositalardan foydalangan holda nutqni rivojlantiradi: matematikada-mantiqiy muammolarni yechishda, mutqni rivojlantrish darslarida-so’z birikmalaridan foydalanish, nutq mashqlari, matnni o’qish va qayta o’qish, rasmlar, buyumlarni tasvirlash, ertaklar o’qish va h.k. O’quv jarayonida nutqning rivojlanishi bolalarning so’z boyligini boyitishga, rus adabiyot tili normalarini mohirona o’rganishga olib keladi. Nutqning rivojlantirish jarayoni uzoq davom etadi va tarbiya yillari davomida amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

Babayeva D. R. “Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent “ Barkamol fayz media”. 2018.

Fayzullayeva M, Rahimova Z, Rustamova M. “ Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish”. Toshkent-2010.

Safarova R. Va boshqalar. “Savodga o’rgatish darslari”. Toshkent “ Ma’naviyat”. 2003.

Shodiyeva Q. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tog’ri talaffuzga o’rgatish”. Toshkent. “O’qituvchi”, 1990.

Shodiyeva Q. “O’rta guruhlarda bolalar nutqini o’stirish”. Toshkent . “O’qituvchi”,1993.

Qodirova F.R, Qodirova R.M. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. “Istiqlol” 2006.

Sharipova M.B, Nizomova SH.SH. “ Bolalar nutqini o’stirish” maruzalar matni. Buxoro. 2019-2020 o’quv yili.

Babayeva D.R. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” o’quv- uslubiy majmua. Toshkent-2018.

O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom. Maktabgacha tarbiya-Toshkent-2010.

Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi, Toshkent-2011.

O’zbekiston Respublikasi “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi. Toshkent -2018.

Elektron ta’lim resurslari:

www.tdpu.uz

www.pedagog.uz

www.ziyonet.uz

www.Edu.Uz

Download 38.81 Kb.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020

Ma’muriyatiga murojaat qiling



© 2020
Download 28.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling