Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi. Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S


Download 1.79 Mb.
bet2/6
Sana29.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1307741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobat2

8.02.2023
Men maktabga amaliyot o’tash uchun o’z vaqtida yetib keldim. Bugun menga biriktirilgan ustozning 7 sinfning 2ta sinfiga, 10-v sinflarga darsi bor ekan. Birinchi soat 7-j sinfga dars boshlandi. 7-j sinfning bugungi mavzusi Internetda ma’lumotlarni izlash mavzusi ekan. Bu mavzu o’tish davrida o’quvchilarga hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan WWW.uz haqida ma’lumotlar berildi, yana web-brouzer haqida ham berildi. Dars jarayonida dunyoga mashhur bo’lgan www.google.uz www.rambler.uz www.yandeks.uz kabi qidiruv tizimlariga haqida keng ma’lumotlar berildi. Men va qolgan kursdoshlar bilan Muzaffar ustozning darsini kuzatdik. Biz bu bilan o’zimizning pedagogik salohiyatimizni oshirishni boshladik. Keyingi dars mashg’uloti yana 7sinflarga faqat 7-v sinfiga. Muzaffar ustoz bu mavzu o’tib bergani uchun bizlarga dars o’tishni tavsiya qildi va bu tavsiyani biz qabul qildik. Dars jarayonlarini ustozning yordami bilan dars o’tdik. Dars o’tish jarayonidan lavhalar.

Mana ko’rib turganingdek dars mashg’ulotlarida o’quvchi yoshlar bilan faol ishladik. Bu kabi dars jarayonlari bizlarga katta tajriba sifatida as qotadi. Keyingi dars mashg’ulot navbati 10-V sinfiga. 10 sinflarga dars mashg’uloti Delphi dasturlash tilida o’tilar ekan. 10 sinflarga dars mashg’uloti mavzusi Delphi dasturlash ilovasi va uning oynasi. Dars davomida o’quvchilarga Delphi oynasi bilan ishlash, Form oynasining hajmini o’zgartirish kabi muhim ma’lumotlar berildi va amaliy jihatdan o’quvchilarga ko’rsatildi. Shaxsan men uchun Delphi dasturlash muhitida ishlash yangilik bo’ldi. Men o’zim uchun yangilik bo’lgan tushunchalarni o’rgandim.

9.02.2023
Har doimgidek men maktabga o’z vaqtida yetib bordim. Bugun 2 ta 9 sinf 2 ta 10 sinf va bitta 7 sinflarga dars mashg’ulotlari bor. Bugun 10-sinflar uchun nazorat ishi olinadigan kuni ekan. Birinchi soat 9-b sinfga dars mashg’uloti olib borildi. 9-b sinfi uchun mavzu Pythonda arifmetik amallar bajarish. Dars mashg’ulotida sonning raqamlar yig’indisini topish algoritmi o’rgatildi.Sonning raqamlar yig’indisini topish Pythonda quyidagicha:
A-uch xonali son
A=input(int())
X=A//100
Y=A%10
B=A//10
Z=B%10
Print(X+Y+Z)
Bu algoritm ixtiyoriy uch xonali sonning raqamlar yig’indisini toppish uchun ishlaydi.Qo’shimcha tarzda o’quvchilar 9-sinf informatika kitobida ko’rsatilgan amaliy topshiriqlarni bajarishdi.9-G sinfga ham xuddi shu ma’lumotalar,amaliy ishlar ko’rsatildi.
Oxirgi 6-soatda 7-A sinflarga Amaliy dars emas nazariy dars ekan.Uni ham biz ya’ni men va kursdoshlarim bilan birgalikda o’tdik.Ularga dars mavzusi Internet ekan.Biz o’quvchilarga Internet haqida qiziqarli ma’lumotlar berdik.Hozirgi kunda Internet tushunchasi hammaga yangilik bo’lmasa biz ularga internet haqida ularga notanish bo’lgan yangi tushunchalar bilan dars mashg’ulotlarini qizg’in tarzda olib bordik.O’quvchilar yosh bo’lishiga qaramasdan Internet haqida keng bilimlarga ega ekanligi bilan boshqa sinflardagi o’quvchi yoshlardan ajralib turibdi.Biz darsda Internetga aloqador bo’lgan ma’lumotlar ulashdik.O’quvchi yoshlarga qurilma IP si va MAC adresi haqida ma’lumotlar berdik.SHunday qilib biz bunday dars o’tishlar orqali qo’shimcha bilimlar,ko’nikma va tajriba ortirmoqdamiz.Bunaqa amaliyotlar orqali ilmiy salohiyatimiz kundan-ku o’sib bormoqda.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling