Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi. Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S
Download 1.79 Mb.
|
hisobat2
Elektron pochta mavzusini o`tdik. Mail.ru, uMail.uz, Inbox.uz , asosan, faqat electron pochta xizmatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi, Rambler.uz kabi ham qidiruv tizizmi, ham electron pochta xizmatlarini taklif etadigan web-saytlar haqida gaplashdik va amalda bajardik. Keyingi soat ham 7 sinfga ekan, bu sinfga ham shu mavzu o`tild.O`quvchilar darsda aktiv qatnashishdi, bu fanga qiziqib o`rganadiganlar ko`pchilikni tashkil etarkan.Biz talabalar qo`limizdan kelgunicha o`quvchilarga ma`lumotlar berishga harakat qildik.
16.02.2023 Bugun erta tongdan maktab sari yo`l oldim, umid qilamanki bugungi darsimiz qiziqarli va maroqli tarzda o`tadi. Bugun ustozning 9-B,J,G, 10-V,Ava 7-A sinflariga darsi bor ekan. Birinchi soat 9-B sinfiga bo`ldi.dars qiziqarli tarzda boshlandi. Birinchi ustoz davomat oldilar, bugun darsga 3 nafar o`quvchi kelmadi. Bu sinfda Ozod juda aktiv asosan o`quvchilar ichida shu o`quvchi berilgan vazifalarni birinchi bo`lib bajarib ko`rsatadi. Bugungi ma`vzu Pythonda satrlar bilan ishlash ma’vzusi ekan. Bir qancha misollarni ko`rdik. Satr uzunligini len() funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Phyton barcha belgi va probellar sonini o‘zi hisoblab chiqaradi. >>> a='Bahor!' >>> len(a) Natija:6 >>> a = 'Good morning!' >>> b = 'Welcome.' >>> c=a + b >>> print(c) >>> c = a+'Dear pupil.' + b >>> print(c) Good morning! Welcome. Good morning! Dear pupil. Welcome. Shu kabi bir qancha misollarni ko`rdik. Dars davomida 6 ta o`quvchi baholandi. 17.02.2023 Har doimgidek maktabga o`z vaqtida keldim. Bugun ustozning birinchi soati yo`q ekan. Ustoz kelgunicha kompyuter xonasida kutib turdik. Bugun 10-A, 6-A, 9-V,D sinflariga dars bor ekan. Birinchi soat 10-A sinfiga bo`ldi. Bugun 10 sinflarga amaliyot mashg`uloti ekan o`tgan ma`vzular bo`yicha savol javob bo`ldi. O`quvchilar berilgan vazifalarni bajarishib baholanishdi. Darsimiz muzokaralar va savol javoblarga boy tarzda o`tdi. O`quvchilar juda aktiv qatnashishdi, informatika faniga qiziqadigan o`quvchilar ko`p, ko`plari IT parkga qo`shimcha darslarga borishar ekanlar. Shu bilan darsimiz tugadi ustoz keyingi darsga vazifar berdilar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling