Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi. Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S


Download 1.79 Mb.
bet3/6
Sana29.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1307741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobat2

10.02.2023
Mana har doimgidek men maktabga 8:00 da yetib keldim.Bugun bizda 10-A sinf,9-V sinf 9-D sinflarda dars soatida bor.Birinchi soat Juma kuni barcha sinflar uchun Axborot soati(ya’ni sinf rahbarlari darsi).Ikkinchi soat 10-A sinflarga.Soat 8:30 bo’ldi dars boshlandi.10 sinflar uchun bugungi dars mashg’uloti mavzusi Delphi dasturlash tilida Form oynalari bilan ishlash.Dastlab o’qituvchi tomonidan o’tgan dars mashg’uloti mavzusi ya’ni uyga vazifa tekshirish bilan boshlandi.Deyarli barcha o’quvchi uyga vazifaga yaxshi tayyorgarlik ko’rib kelishibdi,uyga vazifalarni tekshirib bo’lgach yangi mavzuni boshladi.Mavzuni boshlashda Form oynasiga bitta button1 elementi joylashtirildi va tugmacha ichiga quyidagicha kod yozdi:
Form1.Width=Width+20;
Form1.Height=Height+15;
Bu tugmacha bosilganda Form oynasining hajmi eniga 15, bo’yiga 20 pikseldan kattalashtirish imkonini beradi.Ana endi o’quvchilarga Formani kichiklashtirish vazifasini berildi.O’quvchilar bu vazifani juda tez bajarishdi.Undan keyin vazifani biroz qiyinlashtirdik.Ilova oynasidagi Form1 yozuvini “mening birinchi ilovam” yozuviga almashtirish vazifasi qo’yildi.Bunda biroz vaqtdan aqlli va zukko o’quvchilar o’z tengqurlari orasidan ajralib chiqishdi.Ular vazifani juda to’g’ri bajarishdi.Savolning javobi quyidagicha edi:
Form1.Caption:=”mening birinchi ilovam”;
Ko’rinishda edi.O’zlari mustaqil ravishda bajara olmagan o’quvchilarga yaqindan yordam berib bu mavzuni o’zlashtirishga yordam berdik.

Shunday qiziqarli dars hash-pash deguncha dars tugab qoldi.Shaxsan men uchun bu dars ajoyib o’tdi,chunki men mavzuni o’zlashtirishga qiynalotgan o’quvchilarga yordam berganimdan,ya’ni biron narsa bo’lsa o’rgata olganimdan hursandman.Uchinchi soat dars yoq ekan.4-soat 9-V sinflarga.Python dasturlash tilida arifmetik amallar bajarish mavzusi ekan bugun uchun.Bu darslarni biz avval boshqa sinflarda kuzatgandik shuning uchun bu darsni biz o’taylik deb ustozdan so’radik.Uztoz bizlarga ruxsat berdi.Biz ularga sonning raqamlar yig’indisini topish algoritmini o’rgatdik.Sonning raqamlar yig’indisini topish Pythonda quyidagicha:


A-uch xonali son
A=input(int())
X=A//100
Y=A%10
B=A//10
Z=B%10
Print(X+Y+Z)
Bu kod ixtiyoriy uch xonali sonning raqamlar yig’indisini toppish uchun ishlaydi.Dars davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi,biz esa ularga javob berdik.Shu bilan dars o’z nihoyasiga yetdi.Keyingi 5-soat 9-D sinfda edi.Bugun ularga ham Yuqoridagi kabi Pythonda arifmetik amallarni hisoblash mavzusi edi.Shu bilan Navbatdagi amaliyot kuni ham men uchun yangi bilimlar olish kuni bo’ldi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling