Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

• BEHINING FOYDALI XUSUSIYATLARI 


58 
BEHI —ra'nodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. O’zbekistondagi behizorlarning 80% Farg’ona
vodiysida. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprel oyida gullaydi. 
Ko’chati o’tqazilgach, 3—4 yilda hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari o’rtacha 
60— 70 kg hosil beradi. Mevasi sentyabr —oktyabr oylarida terib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. 
Behi mevalari limon rangda yoki to’q sariq, tuk bilan qoplangan; etilganda tuki to’kilib ketadi, xushbo’y. 
Yangi uzilgan mevasi kam iste'mol qilinadi. Behi entomofil (hasharotlar bilann changlanadigan) o’simlik. 
Behi tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar 
va tosh hujayralar bo’ladi. Mevasi dag’al bo’lib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi.
Behidan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (ko’pincha palovga 
bosib) ishlatiladi. Asosiy navlari: Non behisi, Quva behisi, Shirin behi, Samarqand yirik behisi, Xorazm
olmasimon behisi.
Behining kaloriyaliligi. Yog’i kam, parhez mahsuloti, har 100 gram hơl mevasi bor-yo’g’i 40 kKal ga 
ega.. 100 g mevasi tarkibi 0,6 g oqsil, 0,5 g yog’, 9,6 g uglevod, 0,8 g kul, 84 g suvdan iborat. 
Behining mevasida juda ko’p pektin birikmalari, fruktoza, glyukoza, kaliy tuzlari, temir, , kal siy, 
fosfor va mis bor. Behi mevasining shifobaxshligi qadim-qadimdan ma'lum. Ko’p mamlakatlardagi xalq 
tabobati vakillari qadimda pishirilgan va qaynatilgan behi mevasidan oshqozon-ichak kasalliklarini
davolashda me'da faoliyatini yaxshilashda foydalanishgani ma'lum. Behi yurak ơynog’i, sariq va ichketar 
kasalliklarini davolashda ijobiy natijalar berishi aniqlangan.
Ovqatlanish oldidan ishtahasizlikda, ayollarning qon ketish kasalliklarida 10 g quritilgan behiga 
100 g qaynoq suv quyib, undan 1 osh qoshiqdan ichish yaxshi natija beradi. Qirg’ichdan o’tkazib, suvda 
qaynatib pishirilgan behi mevasini jigar kasalliklari va ko’ngil aynish, qayd qilishni oldini olishda iste'mol 
qilish foydalidir.. Behining yangi pishgan mevasi va sharbati kamqonlikda, ich ketish va qon ketish bilan 
bog’liq me'da-oshqozon yo’llari kasalliklarida, peshob haydovchi vosita sifatida va yurak-qon tomir
kasalliklarida iste'mol qilish tavsiya etiladi va bu yaxshi natija beradi.
Behi mevasi biriktiruvchi peshob haydovchi, qon ketishini to’xtatuvchi, antiseptik, qayd qilishni 
to’xtatuvchi xususiyatlarga ega, urug’i esa, o’rovchi, yumshatuvchi, shamollashni tuzatuvchi va antiseptik 
xusuiyatlarga egadir. Mana shuning uchun ham medisina praktikasida behi urug’ining qaynatilgan


59 
yopishqoq bo’tqasi qon tupirishda, ayollardan qon ketishida, ich ketishda tavsiya etiladi. Behi urug’i 
qaynatmasidan terini yumshatish, pardozlash, ko’z kasalliklarida malham qo’yish, anginada g’arg’ara qilish 
maqsadlarida ham foydalaniladi.
Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun 
behini kichik bo’laklarga bo’linadi, idishga solib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, siqib 
olingan sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi.
Behining yangi uzilgan mevasi tarkibida temir moddasi ko’pligidan temir moddasi yetishmasligidan
bo’ladigan kamqonlilikni oldini olish hamda uni davolashda, uzoq davom etgan kasalliklar, tana harorati 
balandligidan qiynalganda iste'mol qilinadi. Qadim-qadimdan tarkibida pektin moddasiga boy behi
mevasi ich ketish bilan bog’liq ichak kasalliklarini davolashda iste'mol qilinishiga sabab bo’lgan. Orqa 
chiqarish teshigi devorlari yorilishida behi yoki uning sharbatini issiq suvda ho’llangan bintni malham qilib 
qo’yish faol vositalardandir. Yangi mevasi yoki quritilgan behining qaynatmas i ilgari zamonlardan 
ayollarda ko’p qon ketishini to’xtatishda ishlatilgan – kuniga 3 mahal mayda qilib kesilgan behi 
bo’lakchalarin i choyga solib ichilgan.
Behi urug’ini ezib (5-100) suvga aralashtirilsa,y elimdek yopishqoq modda hosil bo’ladi, uni teridagi 
jarohat bitishini tezlashtirishda, balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi vosita (ayniqsa bolalarda bronxitda) 
sifatida, tinchlantiruvchi vosita (oshqozon va o’nikki barmoqli ichak yarasida) sifatida ishlatiladi.
Stomatologiyada bunday yopishqoq modda glossit, gingivit, parodontozni davolashda ishlatiladi. 
Yopishqoq modda behi urug’i mag’zidagi amigdalin deb nomlanadigan zararli moddasi aralashib
ketishining oldini olish maqsadida shikastlanmagan, butun urug’laridan tayyorlanadi..
Behi barglari ivitilgan qaynoq suv (200 ml qaynoq suvga 5 ta behi bargi qo’shiladi) bronxial astma
xuruj i kechishini yengillashtiradi va hatto to’xtatishg a sabab bo’ladi.. Behi urug’ining suvda qaynatmasi 
ayollarda haddan tashqari ko’p qon ketishida, xususan klimaks davrida ajoyib foydali vositadir. 
Shuningdek, ozgina behi urug’ining quritilganini choy qoshig’ining uchida oylik sikl boshlanishidan bir 
hafta oldin iste'mol qilinishi yaxshi natija beradi.
Behi urug’i yopishqoq moddadan tarkib topgan, shuning uchun undan yumshatuvchi o’rab-qoplab
bitiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Uning 10 g urug’i ustiga 1 stakan iliq suv quyib, 7-9 daqiqa 
aralashtirish lozim. Hosil bo’lgan moddani gastritda, balg’am ko’chirish maqsadida, yuqori nafas organlari
shamollashida kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshig’idan ovqatlangandan 20-30 daqiqa keyin iste'mol qilinadi. 
Kuyish, quruqshash holatlarida teriga surtiladi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino oshqozon-me'da faoliyati buzilganida, uning mevasi 
sharbatini asal va sirka qo’shib “oshqozonni quvvatlantirish” va “zaif jigar”ni davolash maqsadida iste'mol
qilishni tavsiya etgan. U shuningdek, behini yuz terisini tiniqlashtiruvchi yaxshi vosita ekanini ta'kidlagan. 
Behi urug’ini maydalash mumkin emas, chunki u maydalanganida amigdalin deb ataladigan zararli modda 
ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu modda behiga achchiq danak mazasini berib turadi.
Qadimgi tabiblar bepushtlikni behi yangi sharbati bilan davolash reseptini qoldirishgan. .Unga 
ko’ra, sharbatni yangi oy chiqqanidan boshlab yigirma kun davomida har kuni kechqurun bir osh 
qoshiqdan ichiladi.
Behi barglari qaynoq tindirilgan suv bronxial astma xurujini yengillatish va hatto to’xtatishga davo 
bo’ladi. Buni tayyorlash uchun behining 5 g bargi ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda 
qaynatiladi,barglarni siqib, olib tashlanadi. 2 osh qoshig’idan kuniga ovqatlanishdan oldin 3-4 mahal


60 
ichiladi. Bu qaynatmani muzlatgichda 3 kungacha saqlash mumkin. Undan ko’p vaqt o’tsa, eskirib, ta'siri 
qolmaydi.
Behining urug’i va barglaridan damlangan choy buyrak kasalliklarida yaxshi peshob haydovchi
vositadir. Behining quritilgan barglaridan 1 osh qoshiq olinadi, urug’idan ham shuncha miqdor qo’shiladi, 
ustidan 200 g qaynagan suv quyib, past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi, tindirib, dokadan o’tkazib, ta'bga ko’ra
asal qo’shiladi. Kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Behi mevasidan damlangan choy peshob haydovchi, yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib 
chiqgan shishlarni davolashda ham yaxshi vositadir. Bunday choyni xalq tabobatida yo’talda va nafas 
yo’llarining o’tkir shamollashida ham iste'mol qilinadi. Behining yangi uzilgan mevasi har kilogramida
30 mg temir moddasi mavjud, shuning uchun ham uni iste'mol qilishni kamqonlik va boshqa illatlarni 
davolashda iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling