Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
Anjir – ming dardga davo
Anjir tutdoshlar oilasiga mansub subtropik meva bơlib, uning tarkibida 20-24 foiz qand, 0,5-4,2 foiz pektin moddalari, 3-7,4 foiz kletchatka, 0,1foizgacha organik kislotalar, karotin, kal siy, temir, fosfor kabi mikro va makroelementlar va boshqa moddalar mavjud. Tarkibidagi kaliy, natriy va oqsil bơyicha u yong’oq va ơrik bilan raqobatlasha oladi. Tơyintirish darajasi esa gơshtnikidan aslo kam emas. Mazkur meva daraxti 150-200 yilgacha yashaydi. Uning bir tupidan 50kg gacha hosil olish mumkin. Anjir bargidan uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, “suti” esa teri kasalliklari (sơgal, temiratki), chayon va ari chaqqanda davo maqsadida ishlatiladi. Qadim-qadimdan anjir tabobatda keng qơllanilgan. Uning mevasi qaynoq suv yoki sutda damlab iste'mol qilinsa, yơtal, tomoq og’rig’ini davolashda yaxshi samara beradi. Mag’zi esa tana haroratini tushiruvchi va terni haydash xususiyatiga ega. Qora anjir bod kasalida yordam beradi. U echki suti bilan birgalikda qaynatib iste'mol qilinsa, organizmni zararli moddalardan tozalaydi hamda immun tizimini mustahkamlaydi. Bu tansiq meva ơpka sili, mushaklarning holsizlanishi kabi xastaliklarda ham eng yaxshi davo hisoblanadi. Ushbu mevada olmaga nisbatan temir moddasi bisyor. Shu sabab kamqonlik bilan og’rigan bemorlarga anjir iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yurakning tez urishi, bronxial astma(ziqqinafas), kơkrak og’rig’i, ơpka pardasi yallig’lanishi(plevrit)da nihoyatda foydali. Quritilgan anjir ich surish xususiyatiga ega. Uning sharbati esa bolalar uchun quvvat bag’ishlovchi darmondori sanaladi. Mazkur sharbat ishtahani ochib, 64 ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, revmatizm (bod), teri kasalliklari, buyrak va qovuqda toshlar paydo bơlganida, jigar hajmi kattalashib, og’riq berganida anjir sharbatini ichish yaxshi samara beradi. Anjir moddasining fermenti fisin fibrinin (qon ivishida hosil bơladigan oqsil modda)ni eritish xossasiga ega. Shu sabab qon tomirlarda tromb hosil bơlishiga moyil hamda tromfoblebit kasalligi bilan og’rigan bemorlarga doimiy ravishda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Anjir yurak kasalligiga ham davo. Unda yurak faoliyatini yaxshilaydigan kaliy tuzi mavjud. Uning bargidan psoberan nomli dorivor vosita tayyorlanadi. Bu malham teridagi oq dog’lar (vitiligo) hamda boshqa teri kasalliklarini davolashda qơllaniladi. Bargidan olinadigan furalen dori vositasi terining zamburug’li xastaliklari, soch tơkilishi va oq dog’larda foyda beradi. Anjir ơzida bir qancha ijobiy xususiyatlarni jamlagan bơlsa-da, mazkur mevani hammaga ham tavsiya qilib bơlmaydi. Xususan, semizlikka moyil insonlar, qandli diabet bilan og’rigan bemorlar anjirni kơp iste'mol qilmaganlari ma'qul. Chunki, uning tarkibida kơp miqdorda qand moddasi mavjud. Shuningdek, anjirda kơp miqdorda oksalat kislotasi borligi sabab podagra, buyrak-tosh kasalliklarida ham mazkur mevani iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Tarkibida shovul kislotasi sabab me'da-ichak xastaliklari bilan og’rigan bemorlar ham bu mevani me'yorda tanovul qilganlari ma'qul. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling