Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
ACHIGAN NONDAN ZAHARLANISH
ACHIGAN NONDAN ZAHARLANISH, asosan, Fusarium graminea zamburug‘i bilan zaharlangan non mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Achigan nondan zaharlanish XIX asrning oxirida ma’lum bo‘lgan. Primorsk viloyatida hamda mamlakatning shimoliy qismida achigan nondan zaharlanish hodisalari qayd etilgan. Zamburug‘ g‘allani yig‘ish davrida, g‘aramlar yuqori namgarchilikda, ayniqsa, yomg‘irda qolib ketsa, g‘alla saqlanadigan omborlarda namgarchilik yuqori bo‘lganda yaxshi rivojlanadi va ko‘payadi. Zamburug‘ toksini neyrotrop ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shu zamburug‘ bilan zararlangan g‘alla, odatda, bujmaygan, toshi yengil, pushti rang oq parda bilan qoplangan bo‘ladi. Klinikasi. Kasallik asab sistemasining buzilishi bilan kechadi. Zaharlanish alomatlari spirtli ichimliklardan mast bo‘lish belgilariga o‘xshaydi. Muvozanat buzilishi va talvasaga tushish qayd qilinadi. Zararlangan g‘allani uzoq vaqt iste’mol qilish kamqonlikka va asab sistemasi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Mahsulotlarni g‘alla tozalaydigan mashinalarda tozalash lozim. Bunda zamburug‘dan zararlangan puch don to‘q dondan ajratib olinadi. 73 Ergotizm — ovqatda Clavicers purpurla zamburug‘i bilan zararlangan g‘allani iste’mol qilish natijasida vujudga keladi. Donda qorakosov (Scale cornutum) zamburug‘lari rivojlanadi. Qorakosov, asosan, javdar, kamroq arpa va bug‘doy boshoqlarida uchraydi: to‘q binafsha, deyarli qora rangli, uzunligi 1—3 sm bo‘lgan zamburug‘. Qorakosovdagi zaharli moddalar yuqori haroratga chidamli va uzoq muddat saqlanganda ham zaharli xususiyatini yo‘qotmaydi. Qorakosovdan yaxshi tozalanmagan g‘alla unidan tayyorlangan non va taomlar zaharli xossalarga ega bo‘ladi va ergotizm — surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Klinikasi. Ergotizm konvulsiv (talvasa tutadigan) yoki gangrenoz turlardan birida yuzaga chiqadi. Konvulsiv turda me’daichak yo‘llari va asab sistemasi zararlanadi. O‘ziga xos belgilari: so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning sanchib og‘rishi, uyquchanlik, tananing hamma mushaklari, ayniqsa, bukiladigan mushaklarning tortishib qisqarishi, nerv tolalari bo‘yicha og‘riq namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda gallyusinatsiya, es-xushning kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi va ruhiy holatning buzilib turishi (depressiv-manyakal holat) va tutqanoqsimon hurujlar qayd qilinadi. Gangrenoz turda, asosan, tomir-asab sistemasi zararlanadi. Bunda sianoz, oyoq- qo‘llarda og‘riq, oyoq barmoqlarida, keyinroq yuz, ko‘krakda nekroz paydo bo‘ladi. Nekrozlar odatda, quruq gangrena ko‘rinishiga o‘tib, jonsizlangan to‘qimalar ko‘chib tushadi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. G‘allani qorakosovdan tozalash shart. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling