Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
ALIMENTAR TOKSIK ALEYKIYA (SEPTIK ANGINA)
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
ALIMENTAR TOKSIK ALEYKIYA (SEPTIK ANGINA)
Alimentar toksik aleykiya yoki septik angina qishda qor tagida qolib ketgan g‘allani iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi. Erta bahorda qorlar eriganda oftob ta’sirida dalalardagi g‘allada nam va issiq muhit hosil bo‘lib, bu Fusarium sporotrichiella Fusarium sporotrichiella Fusarium sporotrichiella Fusarium 72 sporotrichiella Fusarium sporotrichiella var, sporotrichioides var, sporotrichioides var, sporotrichioides var, sporotrichioides var, sporotrichioides turkumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi. Zamburug‘larning hayot faoliyati natijasida g‘allalarda zaharli moddalar yig‘iladi, bular issiqqa g‘oyat chidamli, 120°C haroratda 2 soat mobaynida ham parchalanmaydi. Zaharli moddalar odamlar, hayvonlar va parrandalarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning boshlarida zaharlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilgandan 1—3 hafta o‘tgandan keyin kuzatiladi. Ba’zi vaqtlarda, kasallik belgisi (noxushlik, og‘izning burishishi, yutishning qiyinligi, kam bo‘lsa-da, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketish alomatlari) kuzatiladi. Zamburug‘ toksinlari bilan zararlangan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan non iste’mol qilingandan bir necha soat o‘tgandan keyin ham bu alomatlar kuzatiladi. Aleykiya kasalligining boshlanishi qon paydo qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida qonda leykopeniya hamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida depressiya (trombopeniya, gipoxrom anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsitlarning miqdori 1:109/l kamayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham kam) eritrotsitlarning soni esa 1,8:1012/l (1800.000) gacha kamayishi mumkin. Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Avvaliga tomoqning yallig‘lanishi va yengil gastrit paydo bo‘lib, umumiy holat biroz o‘zgaradi, so‘ngra qonda leykotsitlar miqdori 3000—4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykopeniya bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida o‘zgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm3 da 400—200 gacha pasayadi. Gemoglobin miqdori ham keskin pasayadi. Kasallik og‘irlashib, teriga gemorragik toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig‘lanishi bilan birga, og‘ir angina belgilari rivojlanadi. So‘ngra nekrotik va hatto gangrenoz angina paydo bo‘ladi. Nekrotik jarayon bodomcha bezlarga, yoychalariga, tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik manzarasi rivojlanishi mumkin. Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi. Zamburug‘larning ba’zi bir shtamplari nefrotrop xossaga ega bo‘lgan zahar ajratadi. 1960-yilda Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviyada olingan g‘alla zamburug‘i zaharlari oqibatida buyrak va siydik yo‘llari kasalligi qayd etilgan. Siydik yo‘llari kasalligiga duchor bo‘lganlarning 1/3 qismida poliplar va karsinomalar topilgan. Bunday kasalliklar zararlangan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan taomni iste’mol qilganlarda ko‘proq uchragan. Shuning uchun ham endemik nefropatiya deb atalgan. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Dalada, qor ostida qolib ketgan g‘allani ovqatga ishlatmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish sanitariya nazorati ostida amalga oshiriladi. G‘alla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi. Fuzarium zamburug‘i tushgan g‘allani umuman ovqatga (hayvonga ham) ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g‘alladan texnik qayta ishlash (xususan spirtga) maqsadida foydalanish mumkin, xolos. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling