Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
OVQATDAN ZAHARLANISHDAN SAQLANISH ASOSLARI
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
OVQATDAN ZAHARLANISHDAN SAQLANISH ASOSLARI
Ovqatdan zaharlanishning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat. 1. Kasal chiqaruvchi manbani chetlatish. 2. Ovqat mahsulotlaridagi zaharlanish jarayonini to‘xtatish. 3. Ovqat mahsulotlarining mikroblar ishtirokida zararlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Zararlanib qolgan ovqat mahsulotlarini epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan mikroblardan xoli qilish. Zararlanishning oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarli omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining mikroblar bilan zaharlanib qolishida eng xatarli manba—hayvon (sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa, uy parrandalari) mahsulotlari hisoblanadi. Bunday hollarda asosiy mas’uliyat veterinariya va sanitariya xodimlariga yuklanadi. Mollarni so‘yishdan oldin veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tkaziladi. Tayyorlashning hamma bosqichlarida sanitariya-gigiyena va veterinariya tadbirlari joriy etilgan bo‘lishi kerak. Mahsulot mikroblar bilan ifloslanib qolgan taqdirda veterinar xodimlar tegishli choralarni ko‘rishlari shart. Hayvonni uyda so‘yish ma’n qilinadi. So‘yish zarur bo‘lgan taqdirda ham uni veterinariya nazorati hamda bakteriologik tekshiruvlardan o‘tkazilishi kerak. Kasal hayvonlar va parrandalar go‘shtini ishlatishdan oldin nazorat qilish ham veterinariya-sanitariya xodimlari zimmasiga yuklanadi. Tayyorlangan masalliqni sifati yomon deb gumon qilinganda uni kimyoviy analiz va bakteriologik tekshiruvdan o‘tkazish uchun laboratoriyaga yuboriladi. Masalliqlarni saqlashda, pishirishda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish ovqatlanishni tashkil etishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olishda tez buziladigan masalliqlarni saqlash va ishlatish muddatlariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Yuqumli kasal tarqatuvchi manba odam bo‘lgani uchun ular orasida tibbiyot ko‘rigi o‘tkazish kerak. Ovqatdan zaharlanishning sabablarini aniqlash va oldini olish uchun har bir zaharlanish hodisasi albatta tekshirib chiqilishi va sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan hisobga olinishi shart. Mikrobsiz ovqatdan zaharlanishdan saqlanish, asosan, oziqovqat mahsulotlariga zaharli birikmalarning tushishini bartaraf qilishga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan 1996-yil 26-avgust kuni „Pestitsidlarni toksikligi va xavfliligiga ko‘ra, gigiyenik klassifikatsiyasi bo‘yicha sanitariya me’yori va gigiyenik normativlari“ tasdiqlandi. Mazkur hujjat inson hayotiga xavf soluvchi yangi pestitsidlarni qo‘llashga ruxsat bermaslik, atrof-muhitni, suv, havo, tuproqni muhofaza qilishga qaratilgan. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling