Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Parrandalar go’shtining oziqlik qiymati


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

 
Parrandalar go’shtining oziqlik qiymati. Xonaki parrandalar go’shti kimyoviy tarkibi jihatidan uy 
hayvonlari go’shtiga yaqin tura-di: tarkibida 20% gacha oqsil, yaxshi singadigan oson suyuqlanuvchi yog’, 
ekstraktiv moddalar, vitaminlar (B
p
B
2
va PP), mineral tuzlar bo’ladi. Parranda go’shtidagi yog’ miqdori 3% 
dan (jo’jada) 55% gacha (g’ozlarda) bo’ladi. Qari parranda go’shti ekstraktiv moddalarga boy 
rasm. Go’shtdagi trixinellalarni topish uchun ishlatiladigan kompressium. 
bo’ladi, shuning uchun sho’rvasi ancha quyuq, xushbo’y bo’ladi. Parrandalar go’shti tarkibida biriktiruvchi 
to’qimalar juda oz bo’lganligi tufayli yaxshi singiydi. 
Parrandalarni nimtalashga qo’yiladigan sanitariya talablari. 


88 
Parrandalar veterinariya-sanitariya tekshiruvidan o’tkazilib kushxonalar-da so’yiladi. So’yilganida nimtasi 
rosa qonsizlantiriladi, bu esa go’sht-ning yaxshiroq saqlanishiga va mahsulot ko’rinishi yaxshilanishiga zamin 
yaratadi. Tanglay shilliq pardasi ostidagi qon tomirlarini in-gichka pichoq bilan kesib og’zi orqali 
qonsizlantiriladi, tanglayidan miyasiga pichoq sanchilib falajlantiriladi. So’yish vaqtida parranda-
ning tumshug^i, og’iz bo’shlig’i ovqat qoldiqlari, qondan, oyoqlari iflosdan tozalanishi kerak. Parranda patlari 
tozalanib, boshi qog’ozga o’raladi, ichagi olib tashlanadi. Parranda go’shti sotuvga sovitilgan (0-4 °C) yoki 
muzlatilgan (12-18 °C dan boshlab) holda chiqariladi. Keyingi paytlarda bir qancha mamlakatlarda «parranda 
grippi» deb nomlanuvchi kasallikning avj olishi va aholi salomatligiga katta xavf tug’dirishi kuzatilmoqda. 
Kasallik parranda go’shti va tuxum mahsulotlari orqali odamlarga yuqadi va og’ir asoratlarga, hatto ki-
shilarning o’hmiga ham sabab bo’ladi. Shu sababli parranda grippi yuqqan yoki kasalligiga shubha tug’ilgan 
parrandalar yo’q qilinadi. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling