Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Go’shtda ammiakni Nessler usulida aniqlash


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Go’shtda ammiakni Nessler usulida aniqlash 
Go’shtdan tayyorlangan suvli ekstraktda ammiak, ammoniy tuzlari bo’lsa Nessler reaktivi qo’shilganda sariq 
rang hosil bo’ladi.


85 
Aniqlash yo’li: Tekshiriluvchi go’shtdan 10 gramm kesib olinib, maydalanadi. Yassi tubli kolbaga go’sht 
solinada va unga 10ml distillangan suv qo’shiladi, chayqatilib 10 daqiqaga qoldiriladi. Hosil bo’lgan eritma 
filtr qog’ozi yordamida filtrlanadi. Olingan filtrga 5 tomchi Nessler reaktivi qo’shiladi. Agar ammiak bo’lsa, 
rangi sarg’imtir tus oladi 
BANKALI KONSERVALARNING SIFATLIGINI TEKSHIRISH 
 
Bankali konservalar, konservastiya qilinish turlariga muvofiq haqiqiy konservalar yoki zahira mahsuloti 
sifatida foydalanishga chiqariladi. 
Haqiqiy konservalar- germetik berkitilgan idishlardagi sterilizastiyadan o’tkazilgan ovqat mahsulotlaridir. 
Prezerv yoki zahira konservalar sterilizastiya qilinmagan mahsulotlardir (kilka, seld). Konservalar go’shtli, 
baliqli, sabzavotliyoki mevali bo’lishi mumkin.Konservalarni tekshirish qanday qadoqlanganidan boshlanadi 
(yorliqlarning bor-yo’qligi, qopqoqlardagi maxsus belgilar ni o’qish). Konservalarning tashqi ko’rinishiga 
e’tibor berilganda uning tublarining holati yaxshilab kuzatilishi kerak, chunki sifatsiz konserva bankalarining 
tublari shishib qoladi. Konserva bankalarining tublarining shishib qolishi bombaj deyiladi. Bombaj soxta va 
chin bo’ladi. Chin bombaj mikrobli va kimyoviy bo’ladi. 
1. Mikrobli (haqiqiy) bombaj – mikroorganizmlarning hayot faoliyatlari natijasida hosil bo’ladigan 
gazlar (vodorod sulfid, ammiak, metan, SO
2
) hisobiga bo’lishi mumkin. 
2. Fizikaviy bombaj – bankalarning issiqda saqlash yoki muzlatib qo’yish, bankalarga mahsulot juda 
to’ldirib yuborilganda, bankalarning mexanik tarzda ezilganda tublari shishib qolishi mumkin. 
3. Kimyoviy bombaj – konserva mahsulotilari tarkibidagi nordon (kislota) moddalar bilan banka metall 
reakstiyaga kirishish natijasida hosil bo’ladi
Konserva bankalarining sifatliligini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha tekshiriladi: 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling