Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

SUTNING ZIChLIGINI ANIQLASh 
Zichlik- sutning solishtirma og’irligi – ma’lum miqdordagi 20
0
S haroratga ega bo’lgan sut vaznining xuddi 
sha hajmdagi 4
0
Sdagi suvning vazniga bo’lgan nisbatidir. Sutning solishtirma og’riligi laktodensimetr asbobi 
yordamida o’lchanadi. Laktodensimetrning 2 ta shkalasi bo’lib, yuqoridagi shkala sutning haroratini, pastdagi 
esa solishtirma og’irligini ko’rsatadi. Sutning solishtirma og’irligi 20
0
S haroratda aniqlanadi. Agar 
tekshirilayotgan sutning harorati 20
0
S dan yuqori yoki past bo’lsa, ko’rsatkichga o’zgartirish kiritiladi. Har bir 
gradus farq uchun 0,002 qo’shimcha qo’shiladji yoki olib tashlanadi. Sutning solishtirma og’irligi 1,028 dan 
1,033gacha. Agar sutning zichligi 1,028 past bo’lsa, sutga suv qo’shilgan, 1033 yuqori bo’lsa, yog’i oligan 
bo’ladi. Sutning zichligini aniqlash uchun tekshirilayotgan sut stilindr idishning 2/3 qismiga solinadi va idish 
devorlariga laktodensimetrdan asta tekkizmay tushirilib, 2-5 daqiqaga qoldiriladi. 2-5 daqiqadan so’ng 
areometr ko’rsatkichlari yozib olinadi. Masalan: yuqoriga shkala ko’rsatkichsi 20
0
S, pastki shkala ko’rsatkichi 
esa 1,028 bo’lsa, sutning zichligi me’yorda. Agar harorat 25
0
S bo’lsa, u holda 5x0.2=1, 28+1=29 . Demak 
sutning zichligi 1,029. 
SUTNING YANGILIGI VA TABIIYLIGINI ANIQLASh 
Sutning kislotaligi uning tarkibidagi nordon fosfor va limon kislotalari miqdoriga bog’liq bo’ladi. Sut 
tarkibining normal mikroflorasi bo’lib sreptokkokus laktus va kazey bakteriyasi hisoblanadi. Ular sutdagi 
qandani achitib sut kislotasini hosil qiladi va sutning nordonligi oshadi. Sutning nordonligi uning yangiligi va 
tabiiyligini baholashda muhim ko’rsatkich hisoblanadi va u terner graduslarida ifodalanadi. Sutning kislotali 
gradusi deb – 100 ml sut tarkibidagi kislota tutgan moddalarni neytrllash uchun sarflangan 0,1n ishqor 
miqdoriga aytiladi. 1ml 0,1n ishqor 1
0
T ga muvofiq keladi. 


83 
Sutning yangilik shaklasi: 
16-17
0
T yangi sog’ilgan sut 
18-19
0
T yangi sut 
20-22
0
T davlat standarti bo’yicha ruxsat etilgan sut 
24-27
0
T qaynitilganda ivib qoladigan sut 
Sutning nordonligini aniqlash 
Kolbaga 10 ml tekshiriluvchi sut olinadi unga 20 ml distillangan suv va 3-4 tomchi fenolftalein qo’shiladi va 
och pushti rang hosil bo’lguncha 0,1n ishqor eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash uchun sraflangan 0,1 n ishqor 
miqdoriga ko’ra sutning nordonligini aniqlaymiz. Masalan titrlash uchun 10 ml sarflangan ishqor miqdorini 
10 .adi. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling