Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
„Ovqatlanish gigiyenasi“ bo‘limiga doir amaliy mashg’ulot
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
„Ovqatlanish gigiyenasi“ bo‘limiga doir amaliy mashg’ulot
Oziq-ovqat mahsulotlarining jadvaldagi kimyoviy tarkibi va kalloriyasiga qarab ovqat xillarining nisbatini tuzish va kalloriyasiga qarab ovqat xillarining nisbatini tuzish va kalloriyasiga qarab ovqat xillarining nisbatini tuzish Oziq-ovqat ratsionining kalloriyaliligi va to‘yimliligi „taomnoma“ ma’lumotlari bo‘yicha butun sutka yoki nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun alohida-alohida hisoblanadi. Hisoblashda „Oziq-ovqat mahsulotlari to‘yimlilik qiymatining hisob jadvali“dan foydalanish birmuncha to‘g‘ri bo‘ladi. Aytaylik, bir odamga nonushtaga jaydari undan yopilgan 200 g javdar non va 250 g sut berilgan. Jaydari undan qolipga solib yopilgan 100 g javdar nondan o‘rtacha 4,69 g oqsil o‘zlashtirilishini jadvaldan topamiz. Bu sonni 100 ga bo‘lib, 1 g nondan qancha oqsil o‘zlashtirilishini bilib olamiz, uni 200 ga ko‘paytirsak, 200 g nondan o‘zlashtiriladigan oqsil miqdori kelib chiqadi (4,69:100×200=9,38 g oqsil). Nondagi boshqa oziq moddalarini ham shunga o‘xshash hisoblab chiqamiz, so‘ngra 250 g suvda o‘zlashtiriladigan to‘yimli moddalarni hisoblaymiz. Hammasini jamlab, nonushta paytida o‘zlashtiriladigan oziq moddalarining miqdori va kalloriyaliligini topamiz. Tushlik va kechki ovqat uchun ham xuddi shu tartibda hisob qilinadi, barcha natijalarni qo‘shib sutkalik ratsionning kalloriyaliligi va oziq moddalar tarkibi topiladi. Sutkalik 79 kalloriyalilikni bilib olib, kalloriyalilikni alohida-alohida vaqtda yeyiladigan ovqatga taqsimlab chiqarish (foizlarda) mumkin. UAShning asosiy vazifalaridan biri ovqatdan zaharlanish hodisalarining oldini olish bo’yicha ishlar va aholi orasida oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish, xususan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga o’rgatish hisoblanadi. Bu ishlar asosan tez buziluvchi ovqat mahsulotlariga taalluqli bo’lib, birinchi navbatda sut, sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanadi. Bu mahsulotlar ham sog’lom va ham bemorlar uchun eng asosiy ovqat mahsulotlari qatoriga kirib, ular muayyan sharoitlarda juda og’ir kechadigan ovqatdan zaharlanish hodisalariga sababchi bo’lib qoladi, xususan - konservalar, botulizmning kelib chiqishidagi asosiy sababchi mahsulot bo’lib qoladi. Inson ovqatlanishi uchun foydalanadigan ovqat mahsulotlari, bu mahsulotlarning to’plami miqdor va sifat jihatdan to’la qiymatli, turli tuman va yaxshi ta’m ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Iste’mol qilinadigan ovqatlar hayvon mahsulotlari (go’sht, baliq, sut, tuxum) va o’simlik mahsulotlari ( don-dun, sabzavot va mevalar)ga bo’linadi. Har qanday ovqat mahsuloti muayyan ovqatli qiymati bilan ta’riflanadi. Mahsulotning ovqatli qiymati uning tarkibidagi u yoki bu ko’rinishdagi ozuqali moddalarning miqdoriga bog’liq holda o’zgaradi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi ozuqali moddalarning miqdoriy ko’rsatkichlari organizmning ehtiyojini qondira olishi lozim. Ko’pgina ovqat mahsulotlari turli xildagi ozuqali komponentlarni o’z tarkibida tutadi. Shuning uchun u yoki bu turdagi mahsulotning ustunligi uning energiya manbai, plastik materialligi, vitaminli va mineral moddalarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Hayvon mahsulotlari avvalam bor plastik materiallar manbai, non va yorma mahsulotlari, yog’lar esa energetik manba, sabzavot va mevalar bo’lsa, organizmga faol komponentlarning kirish manbai hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari yangi, mikroblar bilan zararlanmagan, ifloslanmagan, tabbiy tarkibi qoniqarli, sanitariya qonunlariga zid bo’lmaydigan va taqiqlangan qalbakilashtirish hollari bo’lmasligi, tarkibi mexanik qo’shimchalardan holi bo’lishi kerak. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston respublikasida ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, etishtirish, ularga ishlov berish, ularni tashish, saqlash realizastiya jarayonlarining sifatli bo’lishini muntazam nazorat qilish uchun sanitariya-veterinariya nazorati tashkil etilgan bo’lib, DSENMxodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligini aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Organoleptik usul – mahsulotning rangi, hidi, ta’mi, tashqi ko’rinishi, konsistenstiyasi aniqlanadi 2. Fizikaviy usul – mahsulotning harorati, zichligi, namligi aniqlanadi. 3. Kimiyoviy usul – mahsulotning kimyoviy tarkibi, (rN) muhiti, hamda begona qo’shilmalarning borligi aniqlanadi. 4.Mikroskopik usul – mahsulotning morfologik tuzumini, parazitlarning borligi aniqlanadi. 5. Bakteriologik usul – mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanganlik darajasi va tabiati aniqlanadi. 6. Biologik usul – mahsulotlarning zaharliligi tajriba hayvonlarida o’rganiladi. 7. Radiometrik usul – mahsulotlarning radioaktiv moddalar bilan zararlanganligi aniqlanadi. 80 Ko’rsatma va imkoniyatlarga ko’ra yuqorida ko’rsatilgan usullarning barchasi yoki ulardan ba’zilari qo’llaniladi. Eng ko’p organoleptik, fizikaviy va kimyoviy tekshirish usullari qo’llaniladi Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini to’liq gigienik baholash DSENM ning sanitar-gigienik laboratoriyalarida amalga oshiriladi, ammo ayrim hollarda tez buziluvchi mahsulotlarning sifatliligi DPM ning ovqatxonasida ham eng oddiy usullar yordamida tekshirilib, ularning sifatiga baho berilishi mumkin. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling