Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sutdan namuna olish qoidalari
- Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish
Sutning gigienik ekspertizasi
Sut o’zining biologik va ovqatli xususiyatlariga ko’ra eng qiymatli ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sut mahsulotlari aholining hamma guruhlari tomonidan barobar iste’mol qilinadi, biroq bolalar , yoshi o’tib borayotgan kishilar va parhezli taomlar orqali ovqatlanishi lozim bo’lgan shaxslar uchun zng muhim ahamiyatga egadir. Sutning kimyoviy tarkibi doimiy bo’lmay, u molning turiga, zotiga, yil fasllariga, sut berish vaqtiga, molning shaxsiy xususiyatlariga, hayvonning sog’lomlik holatiga, ovqatlanish turi va miqdoriga bog’liq holda o’zgaradi. Sutning kimyoviy tarkibi quyidagicha: suv 88,6%, oqsillar 2,8%, yog’lar 3,2%, uglevodlar 4,7%. 100 g sutning energetik qiymati o’rtacha 65 kkal. Sutning tarkibida asosan A va D vitaminlar mavjuddir. Sutda begona mexanik aralashmalar va konservalash uchun ishlatiladigan moddalar bo’lmasligi kerak. Ichish uchun mo’ljallangan sutning fiziko-kimyoviy ko’rsatkichlari: - sut tarkibidagi yog’ning miqdori -3,2 %; - nordonligi-shisha idishlarga solingan sut uchun 21 0 , flyagadagi sut uchun 22 0 ; - tozalik darajasi 1-chi guruhdan past bo’lmasligi kerak; - vitaminlashtirilgan sut tarkibidagi “S” vitaminning miqdori 100 g uchun 14 mg. Sutdan namuna olish qoidalari: - shisha idishli yoki qog’oz paketli sut partiyasi 100 tagacha bo’lsa, 1-3 dona; 100 tadan ortiq bo’lsa 3-5 dona; - agar sut bidon yoki flyagalarda bo’lsa, har 20-chi idishdan 500 mldan sut namunasini olinadi. Namuna olishdan ilgari sut yaxshilab chayqatiladi. Namunani laboratoriyaga yetkazish muddati muddati – 2 soat. Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish Sutning organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, konsistenstiyasi kiradi. Sifatli sut oq va biroz sarg’ish rangda, o’ziga xos yoqimli ta’mli, yoqimli "sutli" hid va suyuq konsistenstiya (ammo suvga o’xshash emas) ga ega bo’ladi. Sutning rangi oq fonda stakanga solish orqali aniqlanadi. Aralashtirilmagan sutning rangi oq, biroz sarg’ish, yog’i olingan yoki suv bilan suyultirilgan bo’lsa ko’kimtir tusga ega bo’ladi. Sutdagi qizg’ish rangning bo’lishi sutga qon izlari (molning elini kasallangan holllarda) yoki boqish uchun berilgan ovqat 81 mahsulotlariga bog’liq bo’ladi (qizil sabzi yoki qizil lavlagi). Ayrim hollarda sut tarkibida mo’’jizali mikrob tayoqchasidan ham shunday rang hosil bo’ladi. Fizikaviy xossalariga - uning solishtirma og’irligi yoki zichligi, yog’larning miqdori va mexanik aralashmalarning borligi kiradi. Kimyoviy sifat ko’rsatkichlariga - uning yangiligi, sutni qalbakilashtirish maqsadida qo’shiladigan kimyoviy aralashmalarning (soda, kraxmal) bor yo’qligi kiradi. Mikrobiologik ko’rsatkichlariga, sutdagi mikrofloralar va ularning xarakterini kiritish mumkin. Sutning ko’rsatilgan ko’rsatkichlarini tekshirishda qo’llanadigan asosiy usullar jadvalda keltirilgan: Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling