Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


MIKROBGA ALOQADOR BO‘LMAGAN OVQATDAN ZAHARLANISHLAR


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

MIKROBGA ALOQADOR BO‘LMAGAN OVQATDAN ZAHARLANISHLAR 
Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatlanishdan zaharlanishlarga o‘simlik mahsulotlaridan (qo‘ziqorinlar, 
zaharli o‘simliklar, g‘alla urug‘lari) zaharlanish, hayvon mahsulotlaridan (baliq, asal, qoramolning buyrak usti 
va me’da osti bezlari) va boshqa mahsulotlarga aralashgan zaharli, kimyoviy moddalardan zaharlanishlar 
kiradi. 
ZAHARLI O‘SIMLIK MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH 
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. 
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qo‘ziqorinlardan zaharlanish yakka yoki 
oilaviy zaharlanish ko‘rinishida o‘tadi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxirida 
kuzatiladi. Erta bahorda zaharli struchkini yanglishib iste’mol qilinadi. Yoz oxirida zaharlanish boshqa 
fasllarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish og‘ir kechadi va o‘lim hodisalari uchraydi. 
Zaharli qo‘ziqorinlarga oq poganka, muxomor, struchki va boshqalar kiradi. 
Oq poganka. Uning uch, ya’ni yashil (Amanita-pholloides) sariq (Amonita-toppa), oq (Amonita-verna) 
turi bor. Bu qo‘ziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha o‘sadi, avgust oyida juda ko‘p chiqadi. Kasallik 7—20 soat, 
o‘rtacha 12 soatlik yashirin davrdan so‘ng o‘tkir qorin og‘rig‘i bilan boshlanadi, og‘riq zo‘rayib tez-tez ich 
ketadi, ketma-ket qayd qiladi, najas sariq ko‘kimtir yoki loyqasimon ko‘kimtir, tez orada shilimshiqli — 
suvdek, lekin hidsiz bo‘lib qoladi. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusganda qaytib 
tushadi. Suvsizlanish oqibatida bemorning ko‘zlari kirtayib, rangi bo‘zarib ketadi, so‘ngra ko‘kimtir tusga 
kiradi, talvasa tutadi, oyoq-qo‘llari muzlaydi. Harorat, odatda, o‘zgarmaydi, bolalarda ba’zan 38°C gacha 
chiqadi. Og‘ir hollarda 2—3 kun falajdan keyin yurak butkul to‘xtaydi. 
Muxomorlar
Muxomorlardan zaharlanish juda kam uchraydi, chunki uni iste’mol qilsa bo‘ladigan qo‘ziqorinlardan 
ajratish juda oson. Zaharlanish qo‘ziqorin iste’mol qilingandan keyin 1—4 soatli yashirin davri bilan 
boshlanadi. Bemor g‘araq-g‘araq terlaydi, so‘lagi oqadi, ko‘zi yoshlanadi, ko‘ngli behuzur bo‘ladi, tez-tez 
qusadi, tinmay ichi ketadi. Keyinchalik bosh aylanadi, tez-tez esi kirarli-chiqarli bo‘lib qoladi, bemor bezovta 
bo‘ladi, alahlaydi, ko‘ziga narsalar ko‘rinadi, mast odamga o‘xshab yuradi. Ko‘pincha tuzalib ketadi. 
SSttrruucchhkkii SSttrruucchhkkii Struchki (Gyromitra esculenta). Oq pogankaga nisbatan zaharsizroq. 


74 
Struchki bilan zaharlanganlarning 26%i o‘lim bilan tugaydi. Aprel, may hamda iyul oyi boshlarida, yangi 
terilgan qo‘ziqorindan tayyorlangan taomlarning yoki qo‘ziqorin marinovkasini iste’mol qilganda zaharlanish 
qayd qilingan. Kasallik 6—10 soatlik yashirin davrdan so‘ng yuzaga chiqadi. Me’da achishib og‘riydi, ko‘ngil 
ayniydi, bemor qusadi, ba’zan ichi ketadi, 2—3- kuni bo‘shashadi, keyin 2—3- kun rangi sarg‘ayadi. Bemor 
yengil zaharlanadi: xushdan ketish, alahsirash, talvasa tutish kuzatiladi. Yurak faoliyati susayib ketadi. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling