Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


G‘ALLADAGI BEGONA O‘TLAR URUG‘IDAN ZAHARLANISH


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

G‘ALLADAGI BEGONA O‘TLAR URUG‘IDAN ZAHARLANISH 
Tuyaqorin (Ko‘kmaraz), kampirchopon (jabrey), kakra (randak) va boshqalarning urug‘lari aralashgan 
undan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish natijasida odam zaharlanib qoladi. Shuning uchun tegirmonda 
tortishdan oldin donning tozaligiga ahamiyat berish zarur. Kasallik 3—4 kun o‘tgach boshlanadi. Jigarning 
o‘tkir zaharlanish alomatlari yuzaga chiqadi: qorinning o‘ng yarmi og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, umumiy lohaslik
sarig‘lik seziladi. Og‘ir hollarda astsit rivojlanadi. Tuyaqorin aralashgan non ko‘p miqdorda iste’mol 
qilinganda komatoz holat sodir bo‘ladi. Kasallikning 20—30% o‘lim bilan tugaydi. Tuzalish juda sekin (bir 
necha oylar) davom etadi. Kampirchopon (Trixodesma) jilangar ensefaliti. Kasallik tarkibiga uchburchak 
shaklidagi yirik g‘adir-budir zaharli o‘t urug‘i tushgan don mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatni iste’mol 
qilish natijasida kelib chiqadi. Ensefalit va meningoensefalit belgilari namoyon bo‘ladi. Keyinroq zo‘rayib 
boruvchi kamqonlik avj oladi, jigar faoliyati va yurak-tomir faoliyati izdan chiqadi. Kasallik uzoq davom 
etadi. O‘lim hollari 35% gacha boradi. Pikulnik (jabrey). Jabrey donli ekinlarni zararlantiradi. Zaharli 
moddasining tabiati o‘rganilmagan. U yog‘larda eriydi, issiqqa chidamli, moylar (paxta, kanop, zig‘ir moyi) 
tarkibida bo‘ladi. Jabrey cho‘chqa ozuqasiga tushsa, zahar cho‘chqa yog‘iga ham o‘tadi. Zaharlanish bir necha 
soat ichida ma’lum bo‘ladi. Dastlabki belgilari: mushaklar to‘satdan qattiq og‘rib, ba’zan bemorlar harakatdan 
qoladilar. Diafragma va nafas mushaklari zararlanadi, natijada o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Kakra 
(Achchiqmiya). O‘rta Osiyoda tarqalgan begona o‘t. Urug‘lari yasmiqqa o‘xshaydi, tarkibida zaharli 
alkaloidlar — paxikarpin, sofokarpin va sofokarpidin bo‘ladi. Kasallangan bemor bo‘shashadi, ko‘ngli 
ayniydi, boshi aylanadi, aksari asab falajlik belgilari: talvasaga tushish, parezlar kuzatiladi. Randak 
(Agrostemma githago) chinniguldoshlar (chinnigullilar oilasi)ga mansub bir yillik begona o‘t. Bo‘yi 20—70 
sm, bargi ensiz, novdada 2 tadan qarama-qarshi joylashgan, guli to‘q pushti, yirik. Mevasi ko‘saksimon. 
Urug‘i qora, g‘adirbudir. May oyida gullaydi. Mevasi iyunda pishadi. O‘zbekistonda faqat Toshkent, Sirdaryo 
va Jizzaxda, arpa va bug‘doyzorlarda, yo‘l yoqalarida uchraydi. Urug‘ida 6,5% cha zaharli saponin, gitarin va 
boshqa alkaloidlar bor. Randak urug‘i aralashgan donni yegan parranda, hayvon va hatto odam zaharlanishi 
mumkin.
Begona o‘tdan zaharlanishning chora-tadbiri quyidagilardan iborat: 1. Ekin maydonlarida begona 
o‘tlarni yo‘qotish (ayniqsa, qo‘riq va bo‘z yerlarda) tadbirlarini o‘tkazish. 2. Ayrim begona o‘tlar (masalan, 
tuyaqorin) urug‘larining pishishidan oldinroq hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish lozim. 3. Ovqatga 
ishlatiladigan g‘allani begona o‘tlar urug‘idan sinchiklab tozalash. 4. Amaldagi davlat standartlari bo‘yicha un 
tarkibidagi randak miqdori 0,1% dan, g‘allada — 0,5 % dan oshmasligi, g‘alla tarkibida esa tuyaqorin mutlaqo 
bo‘lmasligi kerak. 5. Aholining sanitariya madaniyatini oshirishga ahamiyat berish lozim. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling