Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Kafedra: Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5510300-“Tibbiy profilaktika ishi”, 5111000-“Kasbiy ta’lim”, 5510200-“Pediatriya” , 5510900-“Tibbiy biologiya ishi”
- Taqrizchilar
Kafedra: Umumiy gigiyena va ekologiya
Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich Sog’lom ovqatlanishning gigienik asoslari Tibbiyot oliy ơquv yurtlari barcha fakultetlari uchun O’QUV qo`llanma Bilim sohasi: 500000- Sog’liqni saqlash va ijtiomiy ta’minot Fanning sohasi: 510000 - Sog’liqni saqlash Ta’lim yo’nalishi: 5510100-“Davolash ishi”, 5510300-“Tibbiy profilaktika ishi”, 5111000-“Kasbiy ta’lim”, 5510200-“Pediatriya” , 5510900-“Tibbiy biologiya ishi” BUXORO 2020 7 Tuzuvchilar: Manasova I.S. Buxoro Davlat tibbiyot instituti “ Umumiy gigiena va ekologiya ” kafedrasi katta o’qituvchisi Qosimov X.О. Buxoro Davlat tibbiyot instituti “ Umumiy gigiena va ekologiya ” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Taqrizchilar: Shayxova.G.I Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar va o’smirlar, ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori,t.f.d. Mansurova M.X. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Ơquv qo’llanma Buxoro Davlat tibbiyot instituti Ilmiy-metodik kengashida muhokama qilingan 20__ yil «___» __ ______ dagi «____» - sonli bayoni. 8 Kirish Aholini sifati va tarkibi jithatidan xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash O’zbekiston Respublikasida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasida 2019-yilda go’sht va sut mahsulotlari yetishtirishni 30-35% ga,baliq yetishtirishni 40-45% ga ,shakar va un mahsulotlari yetishtirishni 47% ga ko’paytirish bo’yicha reja ishlab chiqilgan.Oliy majlis qonunchilik palatasi yig’ilishi 2019-yil 15- yanvar.Shuning bilan bir qatorda yarim tayyor mahsulotlar konsentratlar kulinariya mahsulotlari ishlab chiqarish ortqali aholini uy sharoitida ovqat tayyorlash vaqtini qisqartirishga erishish masalasi vazifa qilib belgilangan.Yaqin kelajakda umumiy ovqatlanish savdo tarmoqlari va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarini kengaytirish ,aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qayta imkoniyat yaratadi.Respublikamiz aholisini yil davomida ho’l mevalar bilan ta’minlash,bozorlarda bu mahsulotlarning mo’l ko’lchiligini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yil 29-noyabrda “Meva – sabzavot yetishtirishni rag’batlantirish to’g’risi”da PQ -2903 qarorlari qabul qilinib Respublikamizda sabzavotlar yetishtirishning yopiq usuli (issiqxonalar) joriy qilindi. Natijada, Respublikda sabzavot yetishtirish 2018-yil 2017-yilga qaraganda 48% ga ko’paydi.Aholini go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-martdagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirishni va qo’llab quvvatlash to’g’risi”da PQ-4243 qarori buning natijasida Respublikada yirik shoxli chorva mollari soni 29% ga ko’paydi. Respublikamizda rarrandachilik tarmog’ini rivojlantirish aholini parranda go’shti tuxum bilan ta’minlashga juda katta e’tibor berilmoqda.Ayniqsa Respublikamiz Prizidentining 2018-yil 15-noyabrda “Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar to’g’risi”da PQ-4015 sonli qarori qabul qilinganligi ushbu sohani tubdan yaxshilashga dasturi amal va turtki bo’ldi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarish darajasida oqsillar, vitaminlar,aminokislotalar, bolalar jamoalari uchun gidrolizatlar va biologik faol moddalar bilan boyitilgan mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.Shuni alohida ta’kidlash joizki oziq-ovqat mahsulotlarining mo’l- ko’lchiligini ta’minlash bilan bir qatorda aholini sog’lom va belgilangan me’yorda ovqatlantirishni ta’minlash, ular ongiga sog’lom turmush tarzini singdirish o’ta muhim va dolzarb hisoblanadi.Aholini ratsional ovqatlanishini tashkil etish ularning ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.Xalq shaxsan o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligi garovidir. Ovqatlanishning ijtimoiy omil sifatida ahamiyati. Ovqatlanishning salomatlik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining hozirgi zamondagi ovqatlanish holatining tavsifi. Alimentar-bog‘liq kasalliklar va bizning respublikamizda dolzarb holatlar. Alimentar tanqislikning klinik ko‘rinishlari. Aholining ovqatlanishini biologik faol moddalar bilan maqsadli boyitish masalalari. Zamonaviy ekologik sharoitlarda ovqatlanishni ratsionallashtirish imkoniyati. Aholining ovqatlanishini ratsionallashtirish masallarini ychimini topishda UASH vazifalari. Maqsadimiz talabalarga aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyatini tushuntirish, O‘zRda eng muhim va dolzarb alimentar–bog‘liq kasalliklar va ularning profilaktikasi bilan tanishtirish. Talabalar diqqat- e’tiborini UASH ning aholi bilan ishlashda ovqat etishmovchiligi simptomlarini hisobga olish zaruriyatiga qaratish. Ma’ruzada ovqatlanish omili - inson salomatligini belgilovchi muhim omillardan ekanligi ko‘rilgan. O‘zRda so‘nggi yillardagi ilmiy tadkikotlar ma’lumotlari bo‘yicha aholining ovqatlanishning zamonaviy xolatiga tavsif berilgan, ovqat etishmovchiligining eng dolzarb ko‘rinishlari ajratib berilgan. O‘zR asosiy alimentar bog‘lik kasalliklar profilaktikasi ko‘rsatilgan: temir tanqisligi, yod tansikligi, himoya hususiyatlarining pasayishi Ovqat etishmovchiligining JSST tavsiyalariga muvofiq ahamiyatlari hagida tushunchalar berilgan aholi o‘rtasida bunday simptomlari aynigsa, tashkillashtirilgan guruhlarni aniglash zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy ekologik sharoitlarida ovqatlanishni ratsionallashtirishning muammolari va imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling