MA’naviyat qalb quyoshi


Download 26.94 Kb.

bet2/7
Sana12.02.2017
Hajmi26.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7
partiyasi
—  O'zbekiston  ,,Adolat“  sotsial-demokratik  partiyasi  —  1995- 
yil  18-fevralda  partiyaning  ta ’sis  qurultoyida  tuzilgan.  Ular  1200 
ta  aholi  punktlarida  3120  ta  boshlang'ich  partiya  tashkilotlarida 
birlashtirilgan.  Partiyaning  bosh  maqsadi  —  m am lakatim iz 
mustaqilligini  m ustahkam lash,  islohotlarning  jadallashuviga, 
huquqiy-demokratik,  adolatli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish 
va 
pirovardida,  O'zbekistonning  jahonda  rivojlangan  mamlakatlar 
safidan  mustahkam  o'rin  olishdek  ezgu  ishga  munosib  hissa 
qo'shishdan  iborat.
,,Adolat“  gazetasi  mazkur  partiyaning  ijtimoiy-siyosiy  gaze- 
tasidir.
0 ‘zbekiston  „Milliy  tiklanish“ 
demokratik  partiyasi
O 'z b e k is to n   „M illiy  tik la n is h “  d em o k ra tik   partiyasi  — 
O'zbekistondagi  siyosiy  partiyalardan  biri.
„Vatan  taraqqiyoti"  partiyasi  O'zbekiston  Respublikasidagi 
siyosiy  partiyalardan  biri  sifatida  1992-yil  24-maydagi  t a ’sis
3  —  Ma’naviyat  —  qalb  quyoshi
33
www.ziyouz.com kutubxonasi

syezdida  tashkil  etilib,  2000-yil  14-aprelda  „Vatan  taraqqiyoti“ 
partiyasi  va  Fidokorlar  milliy  demokratik  partiyasi  birlashdi 
ham da  F M D P   nomini  oldi.
Toshkentda  2008-yil  20-iyun  kuni  O'zbekiston  Fidokorlar 
milliy  demokratik  partiyasi  va  O'zbekiston  „Milliy  tiklanish" 
partiyasining  birlashuv  qurultoyi  bo'lib  o'tdi.
Q u ru lto y d a  O 'z b e k is to n   „M illiy  tik lanish "  d em o k ra tik  
partiyasi  va  Fidokorlar  milliy  demokratik  partiyasini  birlashtirish 
to'g'risida  qaror  qabul  qilindi.  Markaziy  kengash,  Markaziy 
n a z o r a t - t a f t i s h   k o m issiy a si  a ’zo lari  s a y la n d i,  b ir la s h g a n  
partiyaning  bosma  organi  tasdiqlandi.
Partiya  markaziy  Kengashi  Ijroiya  qo'mitasi  raisi  etib  Oliy 
Majlis  Q onunchilik  palatasi  qo'mitasi  raisi  Axtam  Tursunov 
saylandi. 
(„Fidokor"  gazetasi,  2008-yil  24-iyun.)
0 ‘zbekiston  liberal-demokratik  partiyasi
T a d b irk o rla r  va  ish b ilarm o n lar  harakati  —  O 'z b e k is to n  
L ib e r a l- d e m o k r a tik   partiyasi  ( O 'z L i D e P )   O 'z b e k is to n d a g i 
siyosiy  partiyalardan  biri.  U  2003-yilda  tashkil  topgan.
Uning  maqsadi  tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  manfaatini 
himoya  qilish,  jamiyat  hayotini  yanada  erkinlashtirishdan  iborat. 
„XXI  A S R "   gazetasi  m a z k u r  p a rtiy an in g   ijtim oiy-siyosiy 
haftalik  nashridir.
0 ‘zbekiston  ,,Kamolot“  Yoshlar 
Ijtimoiy  Harakati
O'zbekiston  „K am olot"  yoshlar  ijtimoiy  harakati  ixtiyoriylik 
asosida  tashkil  etilgan,  o'zin i  o'zi  boshqaradigan  nodavlat, 
notijorat  tashkilotdir.  Unga  14  yoshdan  28  yoshgacha  bo'lgan 
O'zbekiston 
fuqarolari  a ’zo  bo'lishi  mumkin.
2001-yil  24-yanvar  kuni  O 'zbekiston  Respublikasi  Prezi­
d e n ti  Islom   K arim o v   y o s h la r  niasalalarig a  b a g 'is h la n g a n  
yig'ilishda  „Kamolot  —  yoshlarimizning  haqiqiy  suyanchi  va 
tayanchi  bo'Isin"  mavzusida  nutq  so'zladi.  Ushbu  m a'ru z a 
O'zbekiston  „K am olot"  yoshlar  ijtimoiy  harakatini  tashkil  qilish 
va  tashkilotning  maqsad-vazifalarini  belgilashda  muhim  ahamiyat
www.ziyouz.com kutubxonasi

kasb  etdi.  Shu  uchrashuvdan  so‘ng  tashabbuskor  guruh  tashkil 
etildi.  Mazkur  guruh  o ‘z  faoliyatini  harakatning  ta ’sis  qurul- 
toyiga  qadar  davom  ettirdi.
2001-yil  25-aprel  kuni  ,,K am olot“  yoshlar  ijtimoiy  hara- 
katining  ta ’sis  qurultoyi  b o ii b   o'tdi.  Unda  O'zbekiston  „K am o- 
lot“  yoshlar  ijtimoiy  harakatining  dasturi  va  nizomi  qabul  qilindi. 
Harakat  tarkibida  uning  homiyligi  asosida  ishlaydigan,  7  yoshdan 
14  yoshgacha  bo'lgan  bolalarni  qamrab  oladigan  ,,Kamalak“ 
bolalar  tashkiloti  tuzilgan.
2006-yil  10-oktabr  kuni  ,,Kamolot“  yoshlar  ijtimoiy  hara- 
katini  qo'llab-quwatlash  va  uning  faoliyat  samaradorligini  yanada 
oshirish  haqida  Prezident  qarori  qabul  qilindi.
, , 0 ‘zbekiston  madaniyati  va  san’ati  forumi“ 
jam g‘armasi
, , 0 ‘zbekiston  madaniyati  va  s a n ’ati  fo ru m i“  jam g'arm asi
2004-  yil  fevral  oyida  tashkil  topgan.  Mazkur jamgarma  o'z  oldiga 
fan,  madaniyat  va  ta ’limni  rivojlantirishni  maqsad  qilib  qo'ygan. 
U  o'z  faoliyati  davomida  mamlakatimizning  madaniy  hayotida 
o'ziga  xos  voqea  bo'lgan  bir  qator  yirik  loyiha  va  dasturlarni 
amalga  oshirib  kelmoqda.  Yurtimiz  yoshlarini  nioddiy va  m a ’naviy 
jihatdan  qo'llab-quvvatlamoqda.
Ushbu jam g'arm a  turli  ko'rgazmalar,  teatr  va  kinofestivallari, 
xalqaro  simpozium  va  anjumanlar  tashkil  etish  orqali  o'zbek 
madaniyati  va  san’atini  jahonga  tanitmoqda.
„Yangi  avlod“  bolalar  ijodiyoti  festivali,  „Navqiron  O 'z b e­
kiston''  a n ’anaviy  va  zamonaviy  san’at  festivali,  „Kelajak  ovozi" 
megatanlovi  kabi  tadbirlar  ertamiz  egalari  bo'lgan  yosh  avlodni 
ezgu  maqsad  yo'lida  birlashtirib,  ular  orasidan  turli  yo'nalish- 
lardagi  iqtidor  egalarini  yuzaga  chiqarmoqdalar.  Jamg'arm aning 
bir  q a n c h a   ch et  el  m a m lak a tla rid a,  ju m la d a n ,  Y aponiya, 
Belgiya,  Rossiya,  Lyuksemburg  kabi  davlatlarda  turli  xalqaro 
loyihalarni  amalga  oshirishi  mustaqil  o'zbek  davlatining  dunyo 
uzra  tobora  tanilishiga  sababchi  bo'lmoqda.
Jam g'arm a  tom onidan  Toshkentda  „Kelajak  ovozi“  yoshlar 
tashabbuslari  m arkazi,  Bolalar  s a n ’ati  va  ijodiyoti  markazi 
tashkil  etilgan.  Jam g'arm a  Moskva,  Pekin,  Tokio  kabi  shahar- 
larda  o'z  vakolatxonasiga  ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2005-yildan  buyon  jam g'arm aning  ta ’lim  grantlari  dasturi 
amalga  oshirib  kelinadi.  2006-yilda  ta ’lim  loyihalariga  iqtidorli 
talabalar  u chu n   stipendiyalar  dasturi  va  Pedagogik  grantlar 
dasturi  ham  qo'shildi.
Xalqaro  U N E S C O   tashkiloti jam g'arm a  bilan  yaqin  hamkorlik 
aloqalarini  yo'lga  qo'ygan.
,,Sog‘lom  avlod  uchun“  jamg‘armasi
„Sog'lom  avlod  uchun''  xalqaro  xayriya  jamg'armasi  O 'z b e­
kiston  Respublikasi  Prezidentining  1993-yil  23-apreldagi  ,,Sog‘- 
lom  avlod  u c h u n “  xalqaro  xayriya  jamg'armasini  tuzish  to 'g '- 
risida"gi  farmoni  asosida  tashkil  qilingan.  Bundan  tashqari 
iste’dodli  yoshlarni  moddiy  va  m a ’naviy  rag'batlantirish,  chet 
elda  o 'q itis h n i  q o 'lla b -q u v v a tla sh   m a q sa d id a   , ,U lu g 'b e k “ , 
,,U m id “ ,  „K am olot",  „Iste'dod"  jamg'armalari  tashkil  etilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  ,,Nuroniy“ 
jam g‘armasi
O'zbekiston  faxriylarini  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash  „N u ro - 
n iy “  ja m g 'a r m a s i  O 'z b e k is to n   Respublikasi  P re z id e n tin in g  
1996-yil  4-dekabrdagi  farmoni  asosida  tashkil  qilingan.
1996-  yil  yanvarda  Respublika  „ M a ’naviyat  va  m a ’rifat  ja- 
moatchilik  markazi"  huzurida  „Oltin  meros"  xalqaro  xayriya 
jamg'armasi  tuzildi.
„Shahidlar  xotirasi“ 
xayriya  jamg‘armasi
„Shahidlar  xotirasi“  xayriya  jamg'armasi  —  Mustamlakachilik 
davri  qurbonlari  xotirasini  abadiylashtirish  komissiyasi  faoliyatiga 
k o 'm a k   berish  m aqsadida  tuzilgan  ja m g 'a rm a .  O 'z b ek isto n  
Respublikasi  Prezidentining  1999-yil  12-maydagi  farmoyishi  va 
V azirlar  M ah kam asin in g   1999-yil  22-iyulda  qabul  qilingan 
„V atan  va  xalq  ozodligi  y o 'lid a  q u rb o n   b o 'lg a n   fidoyilar 
xotirasini  abadiylashtirish  to'g'risida"gi  qarori  asosida  tuzilgan.
J a m g 'arm an in g   vazirliklar,  davlat  qo'm italari,  konsernlar, 
ko m p an iy alar,  korporatsiyalar,  b an k lar  va  b oshqa  m uassa- 
s a lard a n   iborat  h o m iy la r  g u ru h i  ta sd iq lan g an .  „ S h a h id la r  
xotirasi"  xayriya  jam g'arm asining  asosiy  vazifalari  etib  quyi- 
dagilar  belgilangan:
www.ziyouz.com kutubxonasi

—  Mustamlakachilik  davri  qurbonlari  xotirasini  abadiylash- 
tirish  komissiyasi  ishini  tashkil  etish  va  komissiya  zimmasiga 
yuklangan  vazifalarning  bajarilishiga  yordam  berish;
—  qatag'on  etilgan  fidoyi  vatandoshlarimizni  n o m m a-n o m  
a n iq la s h   m a q s a d id a   ja m o a t c h i l i k   kom issiyasi  t o m o n i d a n  
mamlakatim iz  hududlarida  tuziladigan  ilmiy  ishchi  guruhlar 
faoliyatini  qo'llab-quwatlash;
—  shahid  bo'lgan  yurtdoshlarimiz  nomini  abadiy  saqlash  va 
kelgusi  avlodlarga  yetkazish  m a q sad id a  k o 'p jild lik   asarlar 
y a ra tis h ,  i l m i y - m a ’rifiy  m u a ss a s a la r,  m u ta x a s s is la r  b ila n  
aloqalar  o'rnatish,  hamkorlik  qilish  ham da  vatandoshlarimiz 
hayoti,  faoliyatiga  oid  chet  ellardagi  mavjud  m anbalam i  izlab 
topish  va  ilmiy  ekspeditsiyalar  tashkil  etish;
—  q o n u n d a  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqarish  h am da 
tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish.
Qarorga  ko'ra,  „Shahidlar  xotirasi"  xayriya  jamg'armasiga 
„Adolat"  va  „ M a ’naviyat"  nashriyotlarida  „Istiqlol  fidoyilari" 
turkumida  Mustamlakachilik  davri  qurbonlarining  ijodiy  va  ilmiy 
merosi,  ular  haqidagi  tadqiqotlar,  Vatanimiz  ozodligi  yo'lida  jon 
fido  qilgan  inso nlarn in g   ibratli  h ayo tid an   hikoya  qiluvchi 
xotiralar,  yodnomalar,  shuningdek,  adabiyotlar  va  ko'rgazmali 
vositalarni  m u n ta z a m   ch o p   etishni  yo'lga  q o'y ish   vazifasi 
yuklatilgan.  S h u n in g d e k ,  O 'z b e k is to n   R espublikasi  Milliy 
xavfsizlik  xiz m ati,  R espublika  p ro k u ra tu ra si,  Ichki  ishlar 
vazirligi,  M udofaa  vazirligi,  F an lar  akademiyasi,  Prezident 
Devoni  arxivi  va  „O'zarxiv"  agentligiga  Mustamlakachilik  davri 
qurbonlari  xotirasini  abadiylashtirish  komissiyasi  va  ilmiy  ishchi 
g u ru h la rin in g   faoliyat  olib  b orishi  u c h u n   tegishli  sh aro it 
yaratish  vazifasi  topshirilgan.
„Shahidlar  xotirasi"  xayriya  jamg'armasi  jamoatchilik  komis­
siyasi  bilan  hamkorlikda  o'tgan  davr  ichida  o'nlab  uchrashuvlar, 
xotira  va  yubiley  kechalarini  o'tkazdi.  Ilmiy-amaliy  anjumanlarni 
tashkil  etdi,  ko'plab  teleko'rsatuvlar  va  radioeshittirishlarni 
uyushtirdi,  maqolalar,  risolalar,  plakat,  albom,  taqvimlar  va 
kitoblarni  e ’lon  qildi.  Ayni  paytda,  ja m g 'a r m a   turli  ijodiy 
tashkilot  va  uyushmalar  bilan  hamkorlikda  kino,  tasviriy  san’at 
va  musiqa  asarlarini  yaratishga  harakat  qilmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

,,EKOSAN“  jamg'armasi
„EK O S A N "  jamg'armasi 
Ekologiya  va  salomatlik  xalqaro 
jam g'arm asining  1992-yil  t a ’sischilar  konferensiyasida  tashkil 
qilingan  bo'lib,  notijorat,  nodavlat  (nohukumat)  tashkilot  hi­
soblanadi.
Jam g 'arm a  14  ta  mintaqaviy  va  200  ta 
tum an  (shahar) 
b o'lim larig a  ega.  J a m g 'a rm a n in g   korxona,  tashkilot,  o 'q u v  
muassasalarda  2  500  000  dan  ortiq 
faollari  mavjud.  J a m ­
g'armaning  asosiy  vazifalaridan  biri  —  ekologik  muammolarni 
har  tom onlam a  o'rganish,  bu  borada  ilmiy  konsepsiya  ishlab 
chiqishga  va  barcha  kuchlarni  birlashtirishga  ko'maklashish, 
ekologik  madaniyat  va  ekologik  tafakkurni  tarbiyalashdir.
*  *  *
10-  iyun  Zulfiya  nomidagi 
davlat  mukofoli  ta ’sis 
etilgan  кип.
Qizlar,  sizga  imkoniyat  bu...
1999- 
yilning  10-  iyunida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezi- 
d en tin in g   „Zulfiya  nomidagi  davlat  m ukofotini  t a ’sis  etish 
bo'yicha  takliflarni  q o 'llab -q u w atlash   to'g 'risid a“  gi  farmoni 
e ’lon  qilindi.
Bu  kun  mamlakatimizning  ilg'or  va  iqtidorli,  olg'a  intiluvchi 
qizlarining  ijtimoiy  hayotida  katta  hodisa  bo'ldi.  Ayol  zotiga  ehti- 
rom  va  e ’zoz,  ijodkorga  va  she’riyatga  bo'lgan  yuksak  hurmat 
namunasi  sifatida  t a ’sis  etilgan  ushbu  mukofot  yurtimizning 
noyob  iste’dod  egalari  bo'lgan  qizlariga  berib  kelinmoqda.
Mukofot  5  ta  yo'nalish  bo'yicha  iqtidorli  qizlarga  beriladi.  11 
yil  davomida  mukofot  sovrindorlarining  soni  154  nafarga  yetdi.
•  Adabiyot  yo'nalishida  —  31  nafar;
•  Madaniyat  yo'nalishida  —  31  nafar;
•  S an’at  yo'nalishida  —  30  nafar;
•  Fan  yo'nalishida  -   22  nafar;
•  T a ’lim  yo'nalishida  —  40  nafar.
Zulfiya  mukofoti  sovrindorlarining:
— 
60  nafari  xalq  ta ’limi  va  o'rta  maxsus  ta ’limi  tizimida  ta ’lim 
olnioqda;
www.ziyouz.com kutubxonasi

—  68  nafari  oliy  o'quv  yurtlarida  ta ’lim  olib,  ijtimoiy-siyosiy 
hayotda  faol  mehnat  qilmoqda.
—  3  nafari  Prezident  stipendiyasi  sovrindori;
—  3  nafari  nomzodlik  dissertatsiyasini  yoqlagan.
—  11  nafari  sportning  turli  turlari  bo'yicha  O'zbekiston  va 
Osiyo,  jahon  chempionlaridir.  Ular  orasida  Navoiy,  Beruniy, 
Ibn  Sino  va  boshqa  stipendiyalar  sovrindorlari  ham  mavjud. 
(O 'zR   Xotin-qizlar  qo'mitasi  m a ’lumotidan.)
Ushbu  mukofot  mustaqillik  bergan  nodir  imkoniyat  sifatida 
e ’tirof etilsa  arziydi.  Sababi,  yoshlarga  imtiyoz  va  imkon  beruvchi 
bunday  mukofot  boshqa  davlatlarda  kuzatilmaydi.  Bugun  m uko­
fot  sohibasi  bo'lib  oliy  o'quv  yurtlariga  imtiyozli  tarzda  qabul 
qilinayotgan  qizlarning  yuragidagi  quvonch  tuyg'usi  har  bir 
o'zbek  qizining  yuragiga  yuksak  orzularni,  intilishlarni  olib  kiradi. 
Zulfiya  mukofoti  bugun  mamlakatimiz  qizlarining  o'lchoviga, 
ezgu  g'oyalarini  amalga  oshirish  vositasiga  aylandi.  Mukofot 
sohibasi  bo'lishni  orzu  qilib,  olis-olis  qishloqlardan  xat  yo'lla- 
yotgan  dugonalarimiz,  singillarimiz  uchun  mukofot  ishtiyoqi 
yo'lchi  yulduz  kabi  ularning  intilishlariga  yo'l  ko'rsatib  bor- 
moqda.  Mukofot  qizlarga  ana  shunday  tuyg'ularni,  fidoyilik  va 
faollik  fazilatlarini  bag'ishladi,  desak  xato  bo'lmas.
www.ziyouz.com kutubxonasi

M U S T A Q IL L IK   N E M A T L A R I
Vijdon  erkinligi
0 ‘zbekiston  Respublikasining  „Vijdon  erkinligi  va  diniy 
tashkilotlar  to ‘g ‘risida“gi  qonuni
0 ‘zbekiston  Respublikasining  „Vijdon  erkinligi  va  diniy 
tashkilotlar  to ‘g ‘risida“gi  qonuni  1991 -yil  14-iyunda  qabul  qi­
lingan.
1998-yilning  may  oyida  esa  ushbu  q o n u n nin g   yangi  ta h ri- 
ri  qabul  qilindi.
Bu  qo n u n   23  ta  m oddadan  iborat.  Q onunning  3-moddasi 
„Vijdon  erkinligi  huq u q i“  deb  nomlangan.  U nda  aytiladiki:
„Fuqaro  o'zining  dinga,  dinga  e ’tiqod  qilishiga  yoki  e ’tiqod 
qilmaslik,  ibodat  qilishda  r a s m -ru s u m la r  va  m aro sim lard a 
qatnashish  yoki  qatnashm aslikka  nisbatan  o ‘z  m unosabatini 
belgilayotgan  paytda  uni  u  yoki  bu  tarzda  majbur  etishga  yo‘l 
qo'yilmaydi".
Bu  o 'z   vaqtida  belgilangan  hayotiy  qoidadir.
Din  va  dinlar
Din  so'zi  arabcha  e ’tiqod,  ishonch  so'zlaridan  olingan  bo'lib, 
ijtimoiy  hayotni,  hodisalar  va  voqelikni  o'ziga  xos  tarzda  in’ikos 
ettiruvchi  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biridir.  Dinlarning  o'zaro 
munosabatlari  hamkorlik,  hamdo'stlik,  tenghuquqlilik  asosida 
amalga  oshiriladi.
Jahon  dinlari
Butun  yer  yuzi  bo'ylab  yoyilgan.  e ’tirof  etilgan  jahon  dinlari 
quyidagilar:
1)  xristianlik;
2)  islom;
www.ziyouz.com kutubxonasi

3)  buddaviylik.
Mustaqillik  tufayli  o'zligimizni  anglayotgan,  m a ’naviy  qadri- 
yatlarimiz  qayta  tiklanayotgan  hozirgi  paytda  ota-bobolarimiz 
dini,  imoni,  vijdoni  b o i i b   kelgan  bizning  mintaqaviy  islom 
dinimiz  o ‘ziga  xos  o'zbekona  tusga  ega,  ya’ni  o ‘zbekchilik  bilan 
uyg'unlashib  ketgan.
O'zbekistonda  16  ta  noislomiy  diniy  konfessiya  mavjud  bo'lib, 
turli  dinlarga  e ’tiqod  qiluvchilar  o ‘zaro  tinch-totuv  yashamoq- 
dalar,  siyosiy  barqarorlik  va  iqtisodiy  farovonlikka  erishishda  o ‘z 
hissalarini  qo'shmoqdalar.  (O'z.  milliy  ensiklopediyasi,  12-  jild, 
74-  bet.)
Islom  dini
Islom  dini  VII  asrda  Arabiston  yarimorolida  —  hozirgi  Saudiya 
Arabistonida  paydo  b o ‘lgan.  Islom  so‘zi  ,,itoat“ ,  ,,ixlos“  va 
,,omonlik“  m a ’nolarini  anglatadi.  Islom  dini  t a ’limoti  uning 
muqaddas  kitobi  —  Q u r’oni  Karimda  bayon  etilgan.  Islomning 
quyidagi  beshta  farzi  bor:
1)  kalima  keltirish;
2)  nam oz  o'qish;
3)  ro'za  tutish;
4)  zakot  berish;
5)  haj  safariga  borish.
Islom  dinida  ikki  asosiy  yo'nalish  —  sunniylik  va  shialik 
mazhablari  mavjuddir.
M azhab  arabcha  so'z  boMib,  ,,oqim “ ,  , , y o i “ ,  ,,ta 'lim o t“ 
m a ’nosini  anglatadi.
Bugungi  kunda  dunyodagi  taxminan  1,3  milliard  musulmon 
aholining  92,5  foizini  sunniylar  tashkil  etadi.
Sunniylik  y o ‘nalishiga  m ansub  bo'lgan  hanafiy  m azhabi 
dunyoda  keng  tarqalgan.  Yer  yuzidagi  musulmonlarning  deyarli 
yarmi  mazkur  mazhabdadirlar.  Diyorimiz  musulmonlari  ham  14 
asr  mobaynida  hanafiylik  mazhabiga  e ’tiqod  qilib  kelmoqdalar.
M arkaziy  O siyoda  islom  dini  VII  asr  oxirlariga  kelib 
shakllandi.
M u q ad d as  Q u r ’oni  K arim d a n   s o ‘ng  ah am iy ati  jih a td a n  
ikkinchi  o'rinda  turadigan  Imom  al  -Buxoriyning  ,,Al-Jomi  as- 
sahih“ ,  A  Zamaxshariyning  arab  tili  grammatikasini  to ‘liq  o ‘z 
ichiga  olgan  ,,A1-Mufassal“ ,  Burhoniddin  M arg‘inoniyning
www.ziyouz.com kutubxonasi

m u su lm o n   huquqshunosligi  to 'g 'risid a g i  „K ito b   a l-h id o y a “ 
asarlari  bugungi  kunda  ham  islom  olamida  bosh  manba  sifatida 
mashhurdir.
Istiqlolning  dastlabki  kunlaridayoq  diyorim izning  barcha 
fuqarolari  haqiqiy  e ’tiqod  erkinligini  his  eta  boshladilar.  Bugungi 
k u n d a   O 'z b e k is to n d a   turli  din  vakillarining  h ech   q a n d a y  
to'siqlarsiz  o 'z   diniga  e ’tiqod  qilishlari  uchun  barcha  sharoit 
yaratilgan.
Shuningdek,  mamlakatimizda  istiqomat  qilayotgan  130  dan 
ziyod  millat  vakillari  ham  o'zlari  e ’tiqod  qilayotgan  dinlariga 
emin  -  erkin  ibodat  qilmoqdalar.
T osh kent  Islom   u n iversiteti  O 'z b e k is to n   R e s p u b lik asi 
Prezidenti  I.A.Karimovning 
1999-yil  7-apreldagi  farmoniga 
asosan  tashkil  etilgan.  Har  yili  mazkur  oliygoh  Islom  tarixi  va 
falsafasi,  diniy  qonunchilik,  iqtisod  va  tabiiy  fanlar  fakultetlariga 
100  dan  ortiq  talabalarni  qabul  qiladi.  Universitet  qoshida 
islomshunoslik  ilmiy  tadqiqot  markazi,  manbalar  xazinasi  hamda 
akademik  litsey  faoliyat  ko'rsatmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

D IN IY -M A ’ RIFIY  OBTDALAR
Ko‘kaldosh  madrasasi  —  XVI  asrda  qurilgan.
Shayx  Zayniddin  bobo  maqbarasi  —  X III—XIV  asrlarda 
bunyod  etilgan.
Xo‘ja  Alambardor  maqbarasi  —  taxminan  X  asrda  qurilgan.
Abulqosim  shayx  madrasasi  —  XIX  asrda  qurilgan.
Yunusxon  maqbarasi  —  XV  asrning  oxirlarida  qurilgan.
Shayx  Xovandi  Tohur  maqbarasi  —  XV  asrda  qurilgan.
Qaldirg‘ochbiy  maqbarasi  —  XV  asrning  1-yarmida  qurilgan.
Hazrati  Imom  majmuasi
O 'z b e k is to n   m u s ta q illik k a   e ris h g a c h ,  a jd o d la r im iz n in g  
madaniy,  m a ’naviy-ma’rifiy  merosi,  buyuk  allomalar  maqbara  va 
qadamjolarini  ta ’mirlash  va  obodonlashtirishga  katta  e ’tibor  berila 
boshlandi.
Toshkent  shahrining  qoq  markazida joylashgan  Hazrati  Imom 
( H a s t i m o m )   m a jm u a s id a g i  b i n o l a r n i n g   t a ’m i r la n i s h i  va 
obodonlashtirishga  alohida  e ’tibor  qaratila  boshlandi.  2007-  yilga 
kelib,  yurtimizdagi  boshqa  muborak  qadamjolar  qatori  Hazrati 
Imom  majmuasi  taqdirida  ham  ulkan  o'zgarishlar  davri  bosh­
landi.
Jumladan,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  K a­
rimov  to m o n id a n   2007-  yil  20-  fevralda  „H azrati  Imom 
jam oatchilik  jam g‘armasini  q o ‘llab-quvvatlash  t o ‘g ‘risida“
maxsus  qaror  qabul  qilindi.  M azkur  hujjatda  Hazrati  Im om  
m ajm u asin in g   tarix im iz,  m a ’naviy  h ay o tim izd ag i  o 'r n i  va 
ahamiyatini  inobatga  olib,  uning  asl  tarixiy  qiyofasini  tiklash,  bu 
yerda  keng  ko'lam li  q u rilish -ta’mirlash  va  obodonlashtirish 
ishlarini  am alga  oshirish,  m a jm u anin g   infratuzilmasini  h ar 
tom onlam a  rivojlantirish  bosh  maqsad  qilib  belgilandi.
Majmuani  obod  qilishda  uning  tarkibidagi  ko'hn a  yodgorlik- 
larning  barchasini  asl  holida  qayta  tiklash,  yangi  Ь аф о   etilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi

O'zbekiston  musulmonlari  idorasi,  masjid,  ikki  ulkan  minora, 
mahalla  guzari  va  boshqa  inshootlarni  shu  tarixiy  binolarga  har 
to m onlam a  uyg‘un  holda  bunyod  etishga  alohida  e ’tibor  qaratildi.
Majmua  hududida  yana  to'rtta  yangi  bino:  Hazrati  Imom 
(H astim om)  jom e  masjidi,  O'zbekiston  musulmonlari  idorasi, 
Toshkent  Islom  instituti  va  „Istiqlol"  mahalla  guzari  sharqona 
m e ’moriy  uslubda  va  zamonaviy  shart-sharoitlarga  xos  holda 
barpo  etildi.
Qaffol  Shoshiy  maqbarasi  (XVI  asr)
Shaharning  Sebzor  dahasidagi  Hazrati  Im o m   majmuasi  haqli 
ravishda  Toshkentning  bosh  yodgorlik  majm ualaridan  hisob- 
lanadi.  Uning  nomi  shu  yerdagi  asosiy  ziyoratgoh  —  Toshkentda 
tug'ilgan,  musulmon  olamining  dastlabki  imomlaridan  bo'lgan 
Abu  Bakr  Muhammad  Qaffol  Shoshiy  maqbarasi  n o m id an  
olingan.  Olim,  Q ur'oni  Karim,  fiqh  va  leksikologiya  bilimdoni, 
shoir  bo'lgan  bu  zot  ko'plab  tillarni  bilgan  ham da  juda  mashhur 
bo'lib  ketgan  ,,A1-Jadal  al-H asan",  „Javom e’  al-K alim “ ,  „Adab 
al-Qoziy“ ,  ,,Ilm  al-Jadal“ ,  „M ahosin  ash-Shori’a “  va  boshqa 
asarlarni  yaratgan.
Alloma  hijriy  366  (976/977)-  yilda  vafot  etgan  ham da  shahar 
devoridan  tashqariga,  Kaykovus  kan alid an   suv  olib,  obod 
bo'lgan  hududga  dafn  etilgan.  Keyinchalik  uning  qabri  atrofida 
qabriston  yuzaga  kelgan.
Ayrim  m a ’lum otlarga  k o 'ra,  uning  qabri  ustiga  qurilgan 
maqbara  XIII  asrda  ham  mavjud  bo'lgan.  XVI  asrda  uning 
poydevori  ustiga  yangi  maqbara  qurilgan.  Maqbara  eshigidagi 
y o z u v d a   m e ’m o r   G ' u l o m   H u s a y n   h a m d a   x a t t o t   k o tib  
Q udratlarning  ismlari,  shuningdek,  qurilish  sanasi  —  hijriy 
948/1541-  yil  ko'rsatilgan.  Maqbara  ham da  unga  yondosh  hazira 
asosiy  ziyoratgoh  hisoblangan  va  bu  yerda  keyinchalik  paydo 
b o 'lg a n   m ajm u a  nom i  s h u n d an   olingan.  M utaxassislarning 
fikricha,  bino  so'fiylar  markaziga  xos  k o 'p   xonali  maqbara 
xonaqohlarning  nodir  turlaridan  biriga  mansub.  U nda  yuqorida 
aytilgan  bitik  T o s h k e n t  u c h u n   n o d ir  XVI  asr  mayolikasi 
saqlanib  qolgan.  Yodgorlik  ulkan  tarixiy  qimmatga  ega.
M aqbara  ichida  sag'ana  mavjud.  Ehtimol,  bu  Abu  Bakr 
M u h am m ad   Qaffol  Shoshiy  qabri  ustiga  o'rnatilgan  bo'lishi 
mumkin.  Maqbara  ichida  yana  to'rtta  sag'ana  bor.  Tashqarida, 
bosh  peshtoqning  ikki  tom onida  yana  ikkita  sag'ana  mavjud.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Kiraverishga  ikki  tavaqali  naqshinkor  eshik  o'rnatilgan.  Eshikning 
yuqori  qismida  o ‘qib  b o ‘lmas  darajaga  kelib  qolgan  yozuv 
mavjud.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling