Ma’naviyat, uning jamiyat taraqiyotida va barkamol avlod inson tarbiyasida tutgan o‘rni


Download 340.52 Kb.
bet30/43
Sana09.02.2023
Hajmi340.52 Kb.
#1182966
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.

KOMPENSATORLIK - tasalli beruvchilik. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lib turadi. Inson o’z hayotiy, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida maqsadlariga erishishi qiyin bo’lib tuyulgan paytlarda, unda qandaydir ma'naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezgan. Ana shu ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu o’rinda kompensatorlik vazifasini bajargan.
INTEGRATORLIK - birlashtiruvchilik.
Din hamisha muayyan ijtimoiy-etnik va ma'naviy hayotining o’z ta'sirida bo’lishga intiladi. Bu ta'sirning muntazamligini ta'minlash maqsadida din halqlarning ijtimoiy hayotiga, ahlohiy munosabatlariga ta'sir o’tkazadi.
Masalan: YAhudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo-YAhvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
REGULYATORLIK - Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan: islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi musulmonlarning hayoti tarzini tartibga solib turadi.
URUG’ QABILA DINLARI - totemistik, animistik tasawurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari, va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba'zi qabilalarda saqlanib qolgan.
MILLAT DINLARI - ma'lum millatga hos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga YAhudiylik, hinduiylik, konfusiychilik, sintoizm kiradi.
JAHON DINLARI - dunyoda eng ko’p tarqalgan kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, hristianlik va islom dini kiradi.
Urug’ qabila dinlari - totemistik, anismistik tasavurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, Hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba'zi qabilalarda saqlanib qolgan;

Download 340.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling