Ma'naviyat va ma'rifat bilim olish hamda kasb-hunar egallash-ma'naviy yuksaklik belgisi
Download 31.89 Kb.
|
1493360504 68122
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim
Hadisi sharifda: «Kimki dunyoni xohlasa, ilm olsin, kimki oxiratni xohlasa, ilm olsin», - deyiladi. Aslida, hadislar o'z mohiyatiga ko'ra «Qur'on»dan keying! ikkinchi muqaddas manba, eng mo'tabar va bebaho hikmatlar majmuasidir. Shuningdek, hadislar ko'p hollarda «Qur'on»-ning turii oyatlarini tushuntirib, ularni to'ldirib ham beradi.
Hadislarda ilm poklik, halollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, qorong'ilikda yo'l ko'rsatuvchi mash'al tariqasida talqin qilinadi. Ilm - bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik johillikdir. Ilm, awalo, e'tiqoddir. Iymon bilan ilm egizak. Har qanday ilmli odam o'z bilimiga amal qilishi, undan kelib chiqib, kishilarga to'g'ri yo'l ko'rsatishi maslahat beriladi. Dinning asosini iymon, e'tiqod tashkil etadi. Shuning uchun hadislarda dinning ofati uchta, deb ko'rsatiladi: 1) beamal olim; 2) zolim hokim; 3) bilmasdan fatvo aytuv-chi ulamo. Ilm olijanob va savob ish. Hattoki, ilm olish ibodat, taqvodan afzal. Chunki ilm dinning asosini, ustuni-ni tashkil etadi. Ilm hikmat, ilm fazilat, ilm dinning rivojini, uning tarqalishini ta'minlaydi. Ilmni o'qish, takrorlash, yozish bilan mustahkamlash, chuqurlashtirish lozim. Ilm yangilanib turmasa, foydasiz. Ilmni yangilash uni quraq yodlash, takrorlash bilan emas, sadoqat, e'tiqod bilan bo<-ladi. Ilm, hikmat kishini turli порок ishlardan asraydi, hattoki, «bir soat ilm o'rganish kechasi bilan namoz o'qib chiqqandan afzaldir. Bir kim ilm o'rganish bir oy ro'za tutgandan yaxshiroqdir», deyiladi. Ilm kishilarga naf keltirishi lozim. Olimlar bu yo'lda rahnamo bo'lishi kerak. «Ilm ikki xildir, biri qalbda bo<-ladi - uni ilmi note' (foydali) deyiladi, ikkinchisi tilda bo'ladi - u Alloh taoloning odam bolasiga yuborgan hujjatidir». Ilm foydali bo'lishi uchun u odamlarga o'rgatilishi kerak. Ilmli inson sadoqatli bo'lishi, kishilarga yaxshilikni o'rgatishi kerak. Ilm bilimli, sadoqatli inson uchun fazilat bo'lsa, bu holatni u boshqalarga singdirishi zarar. Hadislarda ilmli kishi mevali daraxtga o'xshatiladi. Ilm - bu ma'rifat, fazilat. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi, qotilhk avj oladi. Umuman, islomda ilm-fanni egallash, ma'rifatli bo'lish juda savobli ish ekani qayta-qayta ta'kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligi qayd qilinishining o'zi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Hadislarda «sadaqaning afzah mo'min kishi ilm o'rganib, so'ng boshqa mo'min-larga ham o'rgatishidir», deyiladi. Din -rahiyatimiz tarbiyachisi, ilm - dunyoni va oxiratni bilish quroh, inson ikkalasini ham egallamog'i kerak. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Beraniy, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Yazid Tayfur al-Bistomiy, Imom G'azzoliy, Mahmud Koshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Yusuf Hamadoniy, Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy, Bahoud-din Naqshband, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Bobur Mirzo, Alisher Navoiy, Behbudiy, Munawarqori kabi ulug< zotlar hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi, e'tiqodining pokligi bilan barchaga ibrat bo'lganligini bilib olish mumkin. Demak, diniy va dunyoviy ma'rifatni jam qilgan, ana shu har ikki ilmni egallagan kishining ikki dunyosi oboddir. Islomni faqat aqida deb qaramaslik kerak, balki u, av-valo, ma'rifat, ilmdir. Islom tarixi shundan dalolat beradiki, Muhammad Payg'ambarimizgacha bo'lgan davr arablarda «johiliya» davri deb atalgan. Forobiyning ta'kidlashicha, «johiliya» nodonlik davri bo'lib, islom ana shu nodonlik davri o'rniga keng ma'noda ma'rifatni, madaniyatni vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa va san'atni rivojlantirdi, o'ziga xos ma'naviyat va ma'rifatni yaratdi. Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda, Imom Buxoriy to'plagan hadislar, Naqshband ta'limoti, Termiziy o'gitlari, Yassaviy hikmatlari, Imom G'azzoliyning din va dunyo haqidagi qarashlari, Yusuf Hamadoniyning tasavvufi, Imom Moturidiyning hidoyat kalomi, G'ijduvoniyning ta'lim-tarbiyaga oid o'gitlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo'ldik. Bilimdonlik - ma'naviy barkamollikka erishishning muhim shartlaridan biri. Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan to'g'ri ma'lumotlari, ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari, malaka - muayyan ish yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati va boshqarish jarayonlarining zamonaviylashuvidir. Bularning hammasi amaliy faoliyatga mos mutaxassislar yetishib chiqishiga xizmat qiladi. «Ilm - dunyoning izzati, - degan edi Abdulla Avlo-niy. - Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazi-latdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur». Bir kuni ilm ohshning fazilatlari va davlat haqidagi suhbat chog'ida yahudiylar Hazrat Aliga bitta savol bilan murojaat qiladilar. U ma'naviy-axloqiy, falsafiy-ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy jihatdan puxta javob beradi. Javoblar: Ilm afzaldir, chunki ilm insonni yorug'likka olib chiqadi, davlat esa zulmatga. Ilm afzaldir, chunki ilmli kishining do'sti ko'payadi, davlatli kishining esa dushmani ko'p bo'ladi. Ilm afzaldir, chunki ilmni qancha ishlatsa, ko'paya-veradi, davlatni ishlatsa kamayadi va yo'qoladi. Ilm afzaldir, chunki ilmni hech kirn o'g'irlay olmay-di, davlatni esa o'g'irlaydi. Ilm ko'paygan sari kishining qalbi nurlanib, jilolanib boradi. Davlat ko'paysa, kishining qalbi qorayib, tuman-lashadi. Ilm ko'paysa, ko'ngil hamisha xotirjam, davlat ko'paysa, tun-u kun behalovat bo'lur. Ilm qadimdan meros, janob Payg'ambarimiz sallal-lohu alayhi va sallamdan meros. Ilm ko'paysa u dunyoda javob berilmas, davlat ko'paysa, hisob berilur. Davlat ko'payib ketsa, Fir'avndek xudolikni da'vo qilur, ilm ko'paysa, yolg'iz Alloh taolodan qo'rqur. Hamma Alloh taoloni ilmiga qarab taniydi. 10. Ilm riyozatga, halollikka, davlat esa zalolat, harom- likka olib boradi. Demak, ilm hayot va turmushda orttirilgan tajribalarning amaliy va umumiy - nazariy natijasidir. Inson ilm tufayli har qanday qiyinchilikdan oson chiqib ketishi mumkin. Zukkolik, topqirhk, aql-zakovat, hozirjavoblik, donolik va donishmandhk, chechanlik kabi fazilatlar ilm-idrokning kuchhhgi bilan bevosita bog'liq. Ha, aql chirog'i ilmdir. «Qur'oni karim» va hadisi shariflarda bilim egallash -jamiyatga va o'ziga foyda keltiravchi shaxs bo'lib yetishishda muhim omil, deb qayd qilingan. Tolibi ilm bo'lish farzdir. Bihmsizlik kishilarni nodonlikka olib keladi. Bilimsiz jami-yatda esa jaholat, razolat hukmronlik qiladi. Islom dinida: «Bilimning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir», «ilm-u hunarni Chin (Xitoy)da bo'lsa ham borib o'rganinglar», - deb da'vat etiladi. Shunga ko'ra, «ohm bo'l, yo bo'lmasa bilimga va ilm ahliga muhabbatli bo'l. Beshinchisi bo'lma, halok bo'lasan», deyilgan. Muhammad alayhissalom aytadilar: «Ilm - ibodatdan afzal», «Ibodat fazilatidan ko'ra ilm fazilati menga sevim-liroqdir». Imom G'azzoliy (XI-XII asrlar) aqlni (va fikrni) asrash borasida ilm va ilm olishning ahamiyati katta deb, aqlning 4 ma'noda kelishini bayon etgan: aql insonni hayvonlardan ajratgan nafs bo'lib, inson aqli bilan nazariy ma'lumotlar va fikriy jarayonlarni o'rganish qobihyatiga ega bo'ladi; aql, aqhni tanigan bolaning zotida vujudga kelgan «imkonsiz - zarariy - mumkin» haqidagi ma'lumotlardir. Bir ikkidan kichikdir, bir narsa ayni paytda ikki joyda bo'lmaydi, kabi; tajriba bilan qo'lga kiritilgan ma'lumotlarga ham aql deyiladi; insonning oldinni ko'rib, shunga ko'ra sabot bilan chora-tadbir ko'ra olishiga ham aql deyiladi. Aql bir daraxt, ilm uning mevasidir. Aql bihm mevasini berishi uchun ishonchli bir sharoitda hur va erkin bo'lishi, tanqid va tortishish haqiga ega bo'lishi lozim. Arastudan keyin jahon ilmida «Ikkinchi ustoz» («Mual-hmi soniy») deb tan olingan yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiy (873-950) o'z davri jahon ilmining yutuqlariga tayanib, birinchi eng mukammal ilmlar tasnifmi yaratdi va bu haqda qator asarlar yozdi. Forobiy ilmlarni inson o'zlashtirishi nuqtai nazaridan 3 darajaga taqsimlaydi: 1. Dastlabki bilimlar majmuyi bo'lib, har bir inson uchun o'z hayotini tartibga solishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan o'qish va yozish, hisoblash, lug'atshunoslik va grammatika, oldi-sotdi ilmi, tarix kabi eng muhim bilimlarni o'z ichiga oladi. Shariat ilmi («Qur'on» va uning tafsiri, hadis ilmi, fiqh, ya'ni huquqshunoslik). Eng yuqori bosqichda falsafiy bilimlar majmuyi tura-di. Beraniy (973-1048) fikricha, ilm-fan, shu jumladan, uning tarixi, inson uchun borliq haqida aniq va to'g'ri ma'lumot berishi bilan birga, uning ma'naviy qadriyatlari, ma'naviy dunyosi shakllanishiga, axloqiy barkamollikka, xususan, yaxshilik va yomonlikni ajratishga qaratilgan muhim vosita va ma'naviy me'yor deb ta'riflanishi kerak. Ibn Sino (980-1037) - falsafiy ilmlarni, awalo, 2 ga: nazariy va amaliy ilmlarga bo'ladi. Nazariy bilimlar ha-qiqatni bilishga, amaliy bilimlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi 3 ga bo'linadi: quyi daraja-dagi ilm - tabiatshunoslik; o'rta darajadagi ilm - mate-matika; oliy darajadagi ilm - metafizika. Falsafaning amaliy qismi ham 3 ga bo'linadi: shaxs haqidagi ilm; insonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm; davlatni, mamlakatni boshqarish ilmi. Shuningdek, Ibn Sinoning «Aqliy bilimlar tasnifi» asarida bulardan tashqari o'sha davrda mavjud ilmi nujum -munajjimhk, ilmi falakiyot - astronomiya, handasa - geo-metriya, tib - tibbiyot kabi 29 ilm tarmog'i tilga olinadi. Mantiq ilmi xatoliklardan saqlanish quroli, deb ta'riflanadi. Bilim olishda ma'lumot muhim ahamiyat kasb etadi. Download 31.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling