Ma'naviyat va uning jamiyat hayotidagi o'rni


Kurs ishimizning nazariy va amaliy ahamiyati


Download 161.5 Kb.
bet4/7
Sana24.03.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1291487
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23.Bivitov Usmon (2)

Kurs ishimizning nazariy va amaliy ahamiyati.

  • Tadqiqotimizning nazariy va amaliy ahamiyati Namangan shahar 6 Davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabining 3- ”G”, ”B” sinflarida olib borildi va amaliyotga joriy qilindi.

    1.bob. MA'NAVIY VA ma’rifiy tadbirlarNING JAMIYAT
    HAYOTIDAGI O'RNI haqida nazariy asoslar
    1.1.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat-ommaviy ijtimoiy jarayonlarning muhim omili sifatida.
    Sotsial psixologiya da katta guruh lar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir respublikalar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘proq e’tibor berishni lozim topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – O‘zbekistonda bu sohada nisbatan tadqiqotlarning ko‘proq o‘tkazilganligi, lekin ular ko‘p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidandir.
    Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o‘rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O‘zbekiston sharoitida, ko‘pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O‘zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifoq sharoitining o‘zi ana shunday kuchli nazariyaning bo‘lishi uchun anchagina to‘g‘anoq bo‘lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi.
    Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi “xalq” tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyutsiya bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek xalqi psixologiyasining ham o‘zgarganligini isbot qilmoqchi bo‘lganlar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan xotin-qizlar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, tadqiqot mobaynida ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong, asosan, boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon qo‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy tamoyiliga tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o‘rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik tamoyillar sinab ko‘rildi. To‘g‘ri, bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo‘lmaydi, qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo‘llangan piktogramma – “so‘z portretlari”ni, o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.
    Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Y.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
    1) psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
    2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbekistonliklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmonnavozlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya’ni, o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Millatlararo adovat va milliy etnotsenrizmning o‘ziga xos tusi borasida davlatimiz rahbari Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarlari juda teran fikrlarni bayon etganlar. Asarda ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston aholisining ko‘p millatliligi o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo‘r kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”. Lekin ta’kidlash joizki, musatqillikning dastlabki yillarida yurtimizda ko‘p yillar mobaynida sobiq ittifoq sharoitida aholini bir xil “baynalmilallashtirish”, yagona “sovet xalqi” g‘oyasini singdirish mafkurasi ta’sirida bo‘lgan xalqlar va millatlarning milliy o‘zligini anglashi, shu bilan birgalikda millatlarao va diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borish unchalik oson kechmadi. Prezidentimizning jamiki yurtimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning manfaatlarini bir xil himoya qilish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan dono siyosati tufayli, buguni kunda barcha o‘zbekistonliklar shu yurt, shu Vatan ravnaqi yo‘lida bir xil kurashish bilan birgalikda o‘z milliy qadriyatlari, madaniyati, san’ati, yashash tarzini hurmat qilishga, uning eng jozibali va tarbiyaviy nuqtai nazardan noyob an’analarini davom ettirish, namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak.” Demak, mustaqil yurtimizda millatlararo va elamtlar ichidagi o‘zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatli bo‘lib, bu o‘z navbatida olimlar, xususan, etnopsixologlar oldiga millatlar do‘stlikni va bahamjihatlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan fundamental va tatbiqiy ishlarni amalga oshirish, natijalari bilan yurtimizda tinchlik va totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo‘shish vazifasini qo‘yadi.
    XULOSA
    Xulosa qilib aytganda men shuni tushundimki bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururni sof ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida o‘rganish, uning yoshlarda mafkuraviy immunitetning shakllanishidagi roliga aloqador psixologik mexanizmlarni tadqiq etishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Chunki ko‘pincha milliy g‘urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilishi mumkin. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. Chunki o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi, buning uchun esa o‘z psixologiyasini ham, o‘zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir. YA’ni, fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo‘lsin.

    Har qanday shakldagi tafakkur, bilish jarayoni tasavvurlar, tushunchalar, kategoriyalarning tarkib topishiga olib keladi. Inson tasavvur, tushuncha, kategoriyalar yordami bilan fikr yuritadi deganda u o'z ongi yordamida muayyan hayotiy jarayon, o'zgarishlarni aks ettirishda ulardan foydalanishi nazarda tutiladi. Demak, har bir tasavvur va tushuncha ayni vaqtda voqelik hodisalarining u yoki bu jihatlarini aks ettiradi, binobarin, inson ular orqali olamni biladi, so'ngra ularni boshqa kishilarga yetkazmoq uchun til shakllariga kiritadi.


    Shubha yo'qki, atrofimizni tabiat hodisalari, predmetlari, inson tomonidan yaratilgan jism va buyumlar qurshab olgan. Bu olam o'zining nihoyatda xilma-xil shakllari, ranglari, jarayonlari, makoniy munosabatlari bilan inson hissiyotiga ta'sir etib turadi, sezgilarida aks etadi. Moddiy olamning alohida olingan ushbu narsalari, ularning o'zaro munosabatlari inson ongi tomonidan bilib olishga da'vat etiladi, tafakkurimizda so'z va til hodisalarini yuzaga keltiradi. Yana shunday olam ham mavjudki, bu inson ruhi, insonning ma'naviy olami, tarixning katta yutug'i sifatida olib qaraladigan insoniyatning ma'naviy hayotidir. Ma'naviyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi bo'lib, uning alohida sohasini tashkil etish bilan birga moddiy hayot singari obyektiv reallikka ham egadir.
    Ma'naviyat, ma'naviy hayotning jamiyat hayotida tutadigan o'rni haqida so'z yuritishdan oldin «ma'naviyat» atamasining mazmunini aniqlab olish lozim. «Ma'naviyat»ning o'zagini «ma'no», «ma'ni» so'zlari tashkil etishi haqida adabiyotlarda to'xtab o'tilgan. Tekshiruvchilarning fikricha, «ma'naviyat» atamasi, bir tomondan, arabcha «ma'ni» o'zagidan hosil bo'lgan. Ilk islom islohotchilari ta'limoticha, Kalom bir talay qismlarga bo'lingan: borliqdan avvalgi hayot - qummun, atomlar haqidagisi javhar al-fard, sababiy bog'lanish to'g'risidagi ta'limot - tavallud, mohiyat to'g'risidagi ilm - ma'na hisoblangan. Shunday qilib, narsa-hodisalar, jarayon, tabiat va jamiyat, hatto Ollohning mohiyati «ma'na»da o'z ifodasini topgan. Ikkinchi tomondan, ma'naviyat ham, uning o'zagi «ma'na» ham qadimgi hind falsafasida keng qo'llanilgan «manas» tushunchasi bilan bog'langan bo'lishi mumkin. Bunday taqdirda u do'stlar va ulfatlar joyi ma'nosini bildiradi. Tilshunoslikka oid lug'atlarda ham «ma'naviyat» - axloqiylik, kishining ichki va ruhiy olami, bilan bog'liq ma'nolarni anglatishi aytiladi.[15-32.33.38 b ]
    Ma'naviyat muammosi juda ham murakkab va serqirrali bo'lganligi sababli unga berilgan ta'riflar ham rang-barangdir. Bunda quyidagicha manzaraga duch kelamiz: ma'naviyat deganda - shaxsiy ong; kishilarning ruhiy faoliyati; axloq, nafosat va nazariy qadriyatlar yig'indisi, haqiqat va himmat hamda go'zallikning qiyomi; insonning his-tuyg'ulari; insonning jamiki axloqiy qadriyatlari yig'indisi kabilar tushuniladi. Keltirilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo'lsak, ma'naviyat bepoyon, cheksiz borliqning inson ruhida aks etishidir.
    Demak, ma'naviyat ko'p qirrali qadriyatdir. «Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik - ma'naviyatning ana shunday ma'nosi keng... Inson o'zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o'ylab, mehnat qilib yashagandagina ma'naviyat bilan tutashadi». Prezidentimiz ma'naviyat deganda insonni inson, millatni millat qilib turgan axloqiy fazilatlarning majmuasini nazarda tutadi.
    A. Karimov «O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida ma'naviyatning o'zagini axloq tashkil etajagini ta'kidlaydi: «In­son axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdan iborat emas. Axloq - bu avvalo, insof va adolat tuyg'usi, imon, halollik degani».9 Demak, inson ma'naviyatini belgilaydigan asosiy mezon - adolatparvarlik, imon, insof, halollik bo'lib, inison o'z faoliyatining barcha sohalarida ana shu tamoyillarni amalga oshirsa, shular negizida hayot kechirsa, mehnat qilsa, boshqalar bilan o'zaro munosabatga kirishsa, elu yurtiga sadoqatini ainaliy ishi bilan ado etsa, yuksak ma'naviyat sohibiga aylanadi.[5-16.17 b]
    Jamiyat ma'naviyati uning tomonidan ishlab chiqilgan ma'naviy boyliklarda o'z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, ma'­naviyat, eng avvalo, madaniyat tufayli mustaqil mavjudlikka ega bo'ladi. Bundan shunday fikr kelib chiqadiki, ma'naviyat nafaqat insoniy fazilatlar, balki ma'naviy madaniyatning ilm-fan, falsafa, axloq, adabiyot va san'at, xalq ta'limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an'analar hamda din va diniy amaliyot (ibodat, laqvo, diniy marosim va h. k.), diniy adabiyot, diniy san'at va boshqalardan iborat rang-barang tur va shakllari majmuini ham o'z ichiga oladi.
    Shunday ekan, ma'naviyatning tarkibi to'g'risidagi masala o'z-o'zidan kelib chiqadi. Ilmiy va ommabop adabiyotlarda bildirilgan nihoyatda rang-barang qarashlarni tahlil qiladigan bo'lsak, ma'naviyat tarkibi quyidagi qismlardan iborat ekanligiga ishonch liosil qilamiz:


    Download 161.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling