Ma’naviyatning predmeti, tushunchalari, ularning o’zaro munodabatlari va rivojlanish xususiyatlari
Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari sifatida
Download 135 Kb.
|
manaviyat va marifat ozbekistonda davlat siyosatining ustuvor yonalishlari sifatida
1.2.Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari sifatida
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi. Xususan, eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllanadi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi,-deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq ishlarni amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar,tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatgina kelajagi buyuk bo’lishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy siyosat omillarining har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir. Uchinchidan ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho’rolar mustabid tuzum davridan qolgan yaramas “ma’naviy” merosdan poklanmasdan turib istiqlolga xizmat qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas. To’rtinchidan, istiqlol davri ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuradan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg’unligi ta’minlandi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifa “xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir. Mustaqil O’zbekistonda ma’naviyat sohasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho’rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada talay ishlarni bajarish lozim. Ikkinchi, eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirishdir, zero “ozod, o’z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan. Boqimandalikninmg har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’zi kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham shuni ko’zda tutib qabul qilingan.”Ma’naviyat” va “ma’rifat” tushunchalari bir-birini to’ldiradigan tushunchalardir, ularni bir biridan ayro tasavvur qilib bo’lmaydi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling