Ma’naviyatning predmeti, tushunchalari, ularning o’zaro munodabatlari va rivojlanish xususiyatlari


Download 135 Kb.
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi135 Kb.
#1128611
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
manaviyat va marifat ozbekistonda davlat siyosatining ustuvor yonalishlari sifatida


SIDIQOV G’IYOSJON YUSUFOVICH

REFERAT

Ma’naviyat va ma’rifat o’zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari sifatida
nAVOIY-2015


Reja

Kirish
I.Asosiy qism


1.1. Ma’naviyatning predmeti, tushunchalari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari
1.2. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari sifatida
1.3.Vatanga muhabbat ma’naviyatdir
II. Komil inson tushunchasi
2.1. Ma’naviy barkamol inson
2.2. Ma’naviy tarbiya baxtli kelajak asosi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Insonni boshqa mavjudodlardan farqlaydigan,insonning insonligini tayin etadigan bosh omillardan biri ma’naviyatdir. Necha ming yillarkim,ma’naviy dunyoning boyligi, kengligi, yuksakligi inson bolasini ulug’lik degan arshi a’loga chiqarib, uni e’zozu ehtirom taxtiga o’tqazib keladi. Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, jamiyatni har jihatdan raso, to’kis va farovon ko’rmoqni astoydil istagan oydin aql egalari jamiyat a’zolarini ma’naviy komillik pillapoyalariga dadil qadam qo’ymoqqa, bu pillapoyalar uzra qadamba- qadam yuksalmoqqa da’vat etishdan charchamaydilar. Bu ma’noda, ayniqsa, Sharq tajribalari benihoya ibratlidir. Sharq falsafasida ma’naviy komil inson masalasi azaldan markaziy o’rinda turadi. Bu falsafada moddiy farovonlikka erishmoqning asosiy yo’li ma’naviy poklanish, ma’naviy barkamollik o’zanidagi g’ayrat va shijoatdan iborat ekani mufassal ko’rsatilgan.G’arbliklarning “Nur Sharqdan keladi” degan ochiq e’tirofining boisi ham ana shunda.
Mustaqil O’zbekistonda xalqning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga favqulodda muhim ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashday muqaddas ishda ma’naviyatning hal qiluvchi omil ekanini qayta-qayta uqtirmoqda. Prezidentimiz o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” nomli asarida shunday yozadi: “Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish-O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. ...Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng. ...Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Nafaqat ko’hna tarix, balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi”.1Prezidentimiz ma’naviyatga mana bunday to’liq ta’rifini ham bergan: “Ma’naviyat- insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning qarashlarining mezonidir”.2 Davlatimiz Rahbari 1996 yilning 4-sentyabridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazi rahbariyati va boshqaruvi a’zolari bilan uchrashuvida “Ma’naviyat ishlarini yo’lga qo’ymasdan turib, iqtisodiy yuksalishlarga erishish qiyin. Zero, yuksak ma’naviyati bo’lmagan xalqning kelajagi ham yo’qdir”3deb ta’riflagan edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-sentabrda imzolagan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi farmonida “jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omili” ekanini inobatga olib, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilindi.
1998-yil 24-iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni jadal amalga oshirish borasida benihoya ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Buyuk kelajak qurmoqday ulug’vor maqsad bilan XXI-asrga kirib borayotgan O’zbekiston o’z fuqarolarining ma’naviy, ma’rifiy va madaniy salohiyatini yuksaltirish, shu asosda butun imkoniyatlarini jahonga namoyish qilish orqali dunyo hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab borayongani e’tirof etilmoqda. Maxsus Milliy dastur asosida zamonaviy, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi yuqori kadrlar tayyorlashga jiddiy kirishildiki, uning ilk samaralari ham bo’y ko’rsata boshladi.
Til xalq ruhiy olamining o’ziga xos xira totmas ko’zgusidir. Til xalqning azaliy va badiiy ruhini, ichki dunyosini, tafakkur tarziyu milliy tabiyatini, yashash tarziyu ming yillik an’analarini, bir so’z bilan aytganda, xalqnnig botiniy va zohiriy borlig’ini aks ettiradi. O’zbek xalqining milliy qadriyatlar olami va bu olamni xolis, haqqoniy aks ettiradigan ko’hna o’zbek tili benihoya boy. Yurtboshimiz mana bu gaplarida ayni shu haqiqatni alohida ta’kidlagan. “Ayting-chi, bizdagiday rang-barang, insonparvar qadriyatlar yana qayerda bor? Andisha, muruvvat, mehr-oqibat, oriyat,ibo va hayo, mulozamat, degan so’zlarni boshqa bir tilga tarjima qilish mumkinmi? Xalqimizning insoniylik fazilatlarini o’zida namoyon etadigan bunday atamalarni bir-bir sanab, yuzlab misollar keltirish mumkin”.1
Muayyan bir tushuncha bir xalqda mavjud bo’lsa, boshqasida mutlaqo bo’lmasligi ham tabiiy. Bu, albatta, har bir xalqning mentaliteti, tarixi va tabiyatiga bog’liq.



Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling