Ma’naviyatning predmeti, tushunchalari, ularning o’zaro munodabatlari va rivojlanish xususiyatlari
Ma'naviy tarbiya - baxtli kelajak asosi
Download 135 Kb.
|
manaviyat va marifat ozbekistonda davlat siyosatining ustuvor yonalishlari sifatida
2.2.
Ma'naviy tarbiya - baxtli kelajak asosi Ma'naviy tarbiya - baxtli kelajak asosi Ota-ona farzandidan hech narsani ayamaydi. Bu ikki zotning buyukligi ham shunda. O’zbekona odob-axloq qoidalari bo’yicha keksalar, ota-onaning oldidan salom bermasdan o’tish-tarbiyasizlik qisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish esa bolalarning farzandlik burchidir. Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganidek, ota-onani hurmat qilish "farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo’lishini istasang. Shu ikki odamning roziligini ol. Tunu kuningga nur berib turgan - birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so’zlaridan tashhari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashhariga bir qadam ham bosma. hamma xizmatni odob bilan bajar, "adab" so’zidagi "dol" kabi qomatingni xam qil". Tan olishimiz kerakki, bugungi kunda "ommaviy madaniyat"ning keng tarqalishi, o’sib kelayotgan yosh avlod ongiga salbiy ta'siri oqibatida keksalar, ota-onalarni hurmat qilish bilan bog’liq milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba'zi yoshlarimiz o’zidan kattani, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma'naviy fazilatlarga befarqdek, go’yo. Farzandlari tirik, sog’-salomat bo’laturib, mehribonlik uylarida yashayotgan ota-onalar holiga achinib ketasan kishi. Gohi-gohida bo’lsa ham, ota-onaga qo’l ko’tarish, ularga ters gapirish hollari uchrab turganidan xabarimiz bor. Bu-uchiga chiqqan tubanlik, bag’ritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyoqosti qilish, boringki, insoniylikdan voz kechish bilan barobar. Milliy qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining sha'niga dog’ tushiradigan bunday noxush holatlar ildizi qayerda, degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Albatta, bunda sobiq sovet tuzumining ta'siri borligini inkor etib bo’lmaydi. Zero, sho’rolar davrida ajdodlarimizning o’gitlari, pand-nasihatlari, an'analarimiz sha'niga asossiz tosh otildi. Milliy tarbiya borasidagi tengsiz merosimiz sarg’aygancha "bir burchakda" qolib ketaverdi. Ta'lim-tarbiya borasida Yevropa, Rossiya modellarini ko’klarga ko’tarib, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida voyaga yetish baxtidan bebahra qilib qo’ydik. Shu tufayli oila, qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’y ibrati, nazorati singari ta'lim-tarbiyaning hayot sinovida toblangan bebaho boyliklaridan judo bo’la boshladik. Shukurki, mustaqilligimiz tufayli bunga chek qo’yildi, jamiyat hayotidagi salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Natijalar yoshlarimizning tarbiyasida yaqqol aksini topmoqda. Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onaga e'zoz, farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug’laydigan, axloqiy, ma'naviy jihatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz jajji o’g’il-qizlarimiz qalbidan o’rin ola boshlagani quvonarli holdir. Milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g’oya va qoidalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning asosiy qonuni - Konstitusiyada ham farzandlarning jamiyat, oila, ota-ona oldidagi insoniy burchi va mas'uliyati belgilab qo’yilgan. Uning 66-moddasida qayd etilishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. Farzandning ota-onani e'zozlashi farzandlik burchi bo’libgina qolmasdan, jamiyat oldidagi mas'uliyati hamdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qo’yish, kasal bo’lganda shifokorga ko’rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvolidan xabar olish, ota-ona oldida "uh" tortmaslik, gerdaymaslik lozim. Ko’chada otadan oldin yurmaslik, otadan oldin ovqatga, dasturxonga qo’l uzatmaslik, otadan oldin o’tirmaslik, otadan poygaroqda o’tirish - sharqona tarbiyaning go’zal an'analaridan sanaladi. Ota-ona chaqirganda "labbay" deb javob qaytarish, nima ish qilayotganidan qat'iy nazar, hech ikkilanmasdan ularning istagini bajo keltirish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona o’z farzandidan rozi bo’ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi o’ngidan keladi, oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi. Ota-onasi norizo bo’lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi ko’rinmaydi, biri ikki bo’lmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-ona roziligini, oq fotihasini olishning o’zgacha hikmati bor. Farzandlar tarbiyasida bu tuyg’ularning ahamiyati beqiyos. Sir emaski, o’zbek oilasi to’ydan boshlanadi. Xalqimiz - saxovatli. Topganini el-yurt oldiga qo’ysam, deydi. ha, to’y va marakalarimizni keraksiz dabdaba sifatida, tashhariga uloqtirishning iloji yo’q. Bu to’g’ri ham emas, aslida. Lekin kim o’zarga to’y qilib, soxta obro’ olishga intilish, isrofgarchilikka yo’l qo’yishni oqlab bo’lmaydi. To’y va marakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma'naviy qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bo’lgani yaxshi. “Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish uchun, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirishi uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak,"1 deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. Binobarin, "bolani boshidan, niholni yoshidan asra" degan hikmatga amal qilgan holda, yosh bo’ginni eng kichik yosh davridan boshlab nihoyat e'tibor bilan tarbiyalab borsak, zarur xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirsak, farzanlarimizning kelajagi haqida qayg’urib, Vatan oldidagi ma'suliyatimizni doimo his etgan qolda ota-onalik burchimizni sharaf bilan ado etgan bo’lamiz. Ana shundagina bolalarimiz muhim ijobiy hislatlarni egallab, ular o’z oilalarinigina farzandi bo’lib qolmasdan, Vatanga, xalqqa munosib farzand bo’lib voyaga yetadilar.Har bir oila o’z farzandini to’g’ri tarbiyalab, jamiyatga yetuk shaxs qilib tayyorlasa, oila mustahkam bo’ladi va davlatimiz rivojlanadi.Shuningdek, jamiyatimizda yetimlar, tashlab ketilgan norasidalar, boquvchisini yo’qotgan bolalar e'tiboridan chetda qolmayapti. Ular davlat muhofazasida va e'tiborida. Qolaversa, 2014-yilni yurtboshimiz “Sog’lom bola yili” deb e’lon qildilar.Oiladagi tarbiyaning davomi maktabda mustahkamlansa, dunyoviy bilimlar bilan diniy tushunchalar ular ongiga to’g’ri singdirilsa, mas'uliyat hissi shakllantirilsa, albatta, bu yoshlarimiz kelajakda namunali ota-ona bo’ladilar. Xulosa Ma’lumki, mustaqil davlatlarga demokratiyani eksport qlish vasvasasi, g’arblashtirish-“vesternizatsiya” yo’lidagi urinish, antiglobalizatsiya- diniy ekstremizm, demokratik fundamentalizm, global liderlik strategitasi, xalqaro terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, pornografiya, zo’ravonlikni targ’ib qilish, axborot xuruji kabi g’ayriinsoniy tashviqotlar jahon afgor ommasi qatorida bizning xalqimizni ham tashvishga solmoqda. Eng yomoni, bunday tahdid va tajovuzlar ortida turgan kishilar o’z xatti harakatilariga yaltiroq g’oyalar, dunyoga demokratiyani yoyish., jahon xalqlariga “baxt-iqbol”, “erkinlik” berish, “inson huquqlarini himoya qilish” kabi shiorlarni qalqon qilib olgan1. Ma’naviy tahdid manbalari haqida mulohaza yuritganimizda, mafkura qurolining g’ayriinsoniy va g’ayrimilliy jihatdan bizning milliy ma’naviyatimizga mutlaqo yot ekanligiga imon keltiramiz va dunyoni ostin-ustin qilib yuborishi shubhasiz ekanligiga amin bo’lamiz. Ma'naviyat haqida har qancha da'vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya'ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz. Globallashgan jamiyatda g’oyalarning ta'siri va ahamiyati beqiyos o’ringa ko’tarildi. Bu fikrning amaliy aksini Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili "Tafakkur" jurnali bosh muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e'tibor berib, "g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin" degan shior o’rtaga tashlandi. Bu masala g’oya va mafkura tushunchasida ham muhim o’rinda turadi. Yot g’oyaga qarshi biz o’z olijanob g’oyamizdan maktablarimizda, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo’lgan zaharli intilishlarga, huruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o’z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o’rganishi kerak. Ya'ni fikrga qarshi fikr bo’lishi zarur. Shu bois yoshlarimizni maktab va oliy o’quv yurtlarida erkin fikrlashga, bahslashishga o’rgatishimiz kerak. Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish zarur. Bu o’rinda asrimiz boshida xalqni ma'rifat va milliy uyg’onishga chorlagan jadidchilik harakati namoyandalari hayotini, ijodini, intilishlarini o’rganish, ularning bugungi kundagi mohiyati va ahamiyati haqida ham gapirishimiz zarur. Ularning merosi bugungi kunda qanday o’qitilmoqda. Umuman aytganda, ma'rifiy ozuqa qanday bo’lishi kerak? Yoshlarimiz o’qiyotgan kitoblarda ma'rifat ziyosi bormi? Biz istayotgan milliy g’urur, milliy mafkura, milliy g’oya ularda yetarli darajada aks etganmi? Shu masalalar aks etishi kerak. Mazkur tamoyilga ko’ra g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbidagi e'tiqod, inson ongidagi dunyoqarash o’z-o’zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g’oyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki eng kuchli qirg’in qurollari ishlab chiqilgan, sayyoramizni bir necha marta yo’q qilib yuborishga qodir bo’lgan yadroviy bombalar zahirasi to’planib qolgan paytda o’zaro zo’ravonlik va jaholatga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu bois mafkuraviy immunitetni shakllantirish xususiyatlari- ogohlik, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurasha olish ko’nikmalarini shakllantirish zarur. Har qanday kasallikning oldini olish uchun kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz yoshlar yuragimizda ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling