Ma’naviyatning predmeti, tushunchalari, ularning o’zaro munodabatlari va rivojlanish xususiyatlari
Download 135 Kb.
|
manaviyat va marifat ozbekistonda davlat siyosatining ustuvor yonalishlari sifatida
1.3. Vatanga muhabbat ma’naviyatdir1
“Vatan ”deganda nimani tushunamiz? Buyuk mutafakkir abdulla Avloniy “Har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi va mamlakati shul kishining vatani deyilur”, deb Vatanga ta’rif bergan. Vatan-ona tilim, Vatan-bu millat, Vatan-bu ona tuproq, Vatan- bu o’sha yo’llari chang va loy qishlog’im, Vatan- bu qishlog’imdagi bog’u chorbog’, Vatan –bu qarindosh-urug’, do’stu yorlar, Vatan- bu istarasi issiq, hech kimga yomonlik tilamaydigan, mehmondo’st xalqim, Vatan- bu sajdagohim, Vatan-bu millatimning onasi, Vatan-bu shirin nozu ne’matlarga to’la halol dasturxonim, Vatan- bu muqaddas xonadonim. Vatan –insonning tug’ilgan joyi, qishlog’i, shahri, avlod-ajdodlari bilan muqim yashaydigan o’lkasi. Biz o’zbeklar uchun O’zbekiston- ona Vatanimizdir. Onani almashtirib bo’lmagandek, Vatanni ham almashtirib bo’lmaydi. Shu sababli ona Vatan deydilar.Cna Vatanning tinchligi, kelajagi, taraqqiyoti, ravnaqi uchun fidoyilik ko’rsatish har bir kishining muqaddas, ayni chog’da sharafli burchidir. Biroq, Vatanning bag’rida turib unning qadrini, uning naqadar lazzatbaxsh ekanligini, yurakni, ko’ngillarni to’ldiruvchi, qalblarimizga orom beruvchi bir ne’mat ekanligini yaxshi his etmaymiz. Vatansizlikdan asrasin xudoyim! Vatansizlik- bu o’zining uyi, boshpanasi, oilas, hech bir tayini bo’lmagan maxluqlarga tegishli tuyg’u. O’zingizni hech bo’lmaganda xayolan Vatansiz deb tassavvur qilib ko’ring-a?! Qanday tubanlik bu. O’zingizni birovning uyida erkin his etasizmi? Birovning uyida, hatto mehmonga borganda ham, tinchgina uxlay olasizmi? Yo’q, albatta. Xalqimiz azal-azaldan “O’z uying, o’lan to’shaging”, “Uzoqdagi bug’doydan, yaqindagi somon yaxshi”, “O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l”, deb bejizga aytishmagan. Muhtaram yurtboshimiz 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarorining asl mohiyati ham komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq “Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so’ngra ma’naviyat haqida o’ylash kerak,-deb hisoblaydiganlar haq bo’lmasalar kerak. Ma’naviyat insonning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt- saodat bo’lmaydi”,-deb ta’kidlab, bu masalaga alohida e’tibor berib kelmoqdalar. Respublikamizda mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan olamshunul voqealar, Respublikamizning taraqqiyoti va butun dunyodagi o’rni, obro’-e’tiborini ko’rib quvonmasdan bo’lmaydi. Ayniqsa, bu yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, tarixiy obidalarni qayta ta’mirlash, ulug’ bobokalonlarimizning ruhlarini shod etish, ularning maqbaralarini ta’mirlash va qaytadan bunyod etish, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning qurilishi, ularning bazalarining mustahkamlanishi hamda jahon andazalari darajasida jihozlar bilan ta’minlanishi, qishloq vrachlik punktlarining qurilishi va kerakli zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlanishi, barcha joylarda sport inshoatlarining bunyod etilishi va boshqa-boshqa o’zgarishlarning amalga oshirilishi hech inkor etib bo’lmaydigan haqiqatdir. Bunday olamshumul o’zgarishlarning rahnamosi, homiysi, murabbiysi va me’mori, jahon tan olgan davlat arbobi, siyosatchi va iqtisodchi- Yurtboshimiz ekanligidan faxrlanamiz. Bizning ajdodlarimiz hisoblangan To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Mahmud Tarobiy, al Xorazmiy, al Beruniy, ibn Sino, al Farg’oniy, Abu nasr Farobiy, Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Imom Moturidiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi o’zbekning mard farzandlariga butun bashariyat ahli qoyil qolishgan. Ularning jasurliklari, mardliklari, fidoyiliklari va umumbashariyatga qoldirgan moddiy va ma’naviy merosi bilan haqli ravishda faxrlanishimiz, ularga munosib avlod bo’lishga harakat qilishimiz zarur. Nega, bugungi avlodlarimiz ular bilan faxrlanmasin, ular kabi bo’lishga intilmasin. “Vatanni sevmoq iymondandir”,- deyiladi xadisi sharifda.Ushbu kalimaning mazmunini men shunday tushunaman: Vatanni o’z ota-onasi va farzandi kabi sevish, unga fidoyi bo’lish, uni jondan aziz tutmoq, ko’z qorachig’idek asramoq, vafo qilmoq, himoya etmoq, Vatan nomini har xil chang-g’uborlardan asramoq, Vatani haqida yomon ta’rif aytilganda, yurak-yurakdan larzaga tushmoq va unga qarshi kurashmoq, Vatan kelajagi va taraqqiyoti uchun o’zini baxshida etmoqdir. “Kimki o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi”,-degan edi taniqli ingliz shoiri Jorj Bayron. Haqiqatdan ham, Vatanga muhabbat o’z oilasiga muhabbatdan boshlanadi. Oilaga muhabbat shirin farzandlar bilan bog’langan. Har bir oilada ota-ona o’z farzandini yaxshi odam bo’lishini orzu qiladi. Biroq, bu orzuni amalga oshirish uchun ota-onadan katta hayotiy tajriba, bilim, mahorat, dunyoni to’g’ri anglah, moddiy boylikdan ma’naviy boylikni ustun ekanligini tushunish, har bir odam bolasi uchun o’zi tug’ilib o’sgan Vatani aziz ekanligini qalbdan his etish talab etiladi va shu asosda bolalarini tarbiyalashi zarur bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik ota-onalar bolalarini chiroyli qilib kiyintirib qo’yish, uning har bir istagini amalga oshirish, yaxshi edirib-ichirish uchun, qanday yo’l bilan bo’lmasin pul topishga harakat qiladilar. Yillar o’tib, bu harakatlarning salbiy oqibatlari, birinchi navbatda o’zlariga, qolaversa, jamiyatga zarar keltirishini o’ylamayaptilar.Yaxshi yeb, yaxshi kiyinib, hayotda qiyinchiliksiz voyaga yetgan bola hayot yo’llaridagi to’siqlarga chiday olmaydi va oxiri ota-onasidan, yashab turgan jamiyatidan norozi bo’lishdan nariga o’tmaydi. Natijada ular o’z Vataniga nisbatan bepisandlik, ishonchsizlik va beparvolik kasaliga chalinadilar.Bu kasalga chalinganlarni irodasi bo’sh, ishyoqmas va dangasa, mehnatsiz boylik orttirishga mukkasidan ketgan, o’z Vatanini bir qism pulga sotishga tayyor iymoni bo’sh kimsalar, ma’naviy nogironlar,-deb ta’riflasak to’g’ri bo’lardi.Har bir kishi ana shu ma’naviy nogironlikni, ma’naviy qashshoqlikni oldini olish, ruhan tetik, jismonan sog’lom va ma’naviy yetuk farzandlarni tarbiyalash uchun harakat qilmog’i zarur. Vaholanki, bugun jamiyatimizda to’rt so’m topaman,- deb o’z yorini, bola-chaqasini, ota-onasini birovlar qo’liga tashlab, chet mamlakatlarga pul izlab ketgan yigitlar, ayollar yo’q,-deysiz-mi? Pul ota-onadan, oiladan, odamdan, qolaversa, Vatandan aziz-mi? Shu to’rt so’m emas, ikki so’mini o’z Vatani kelajagi uchun mehnat qilib, halol topsa ham bo’ladiku!... Nega boshqa xalqlarga qul bo’lib, pul ketidan quvamiz. Bu millatning sha’niga dog’ emas-mi?... Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling