Ma’naviyatshunoslik
Download 0.5 Mb.
|
barkamol inson
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Ma’naviyatshunoslikZoirov BaxtishodBarkamol insonning sharqona fazilatlari
Barkamol shaxs – bu aqlan va ruhan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘ lgan, ma’naviy boy, axloqan pok, jismonan sog‘ lom, nafosatli, jamiyatda o‘ zligini tanigan, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs. Insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun nasl-irsiyat (inson – biologik mavjudod sifatida), ijtimoiy muhit (ijtimoiy-iqtisodiy hayot) hamda maqsadga muvofiq tashkil etilgan tarbiya va uning faoliyati kabilar ta’sir etadi. Oliy pedagogik ta’limning asosiy maqsadi ham shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi, talabalar yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama ro‘ yobga chiqarish, insonparvarlik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir. Komil inson tushunchasi ma'naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Barkamol inson ta’rifi. Islom Karimov tomonidan barkamol inson tushunchasiga berilgan ta’rifning moxiyati. U avvalo, ongi yuksak, mustakil fikrlay oladigan, xulq - atvori bilan uzgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishi ekanligi. Ma’naviy barkamol va komil insonning aqliy, axloqiy, ma’naviy fazilatlarining yuksak bo’lishi. Kishilarning chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo’lishi, uning yuksak ma’naviy kamolot sohibi bo’lishining asosiy sharti ekanligi. Ma’naviy barkamollik va komillikning qirralari va asosiy mezonlari: Har bir insonning o’z-o’zini anglashi, o’zga insonlarni qadrlay bilishi, inson zotini ulug’lay bilishi, insoniyat tomonidan bunyod qilingan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o’zlashtirishga intilishi, uning ichki va tashqi dunyosining, sog’lom fikri va oqilona so’zi bilan amaliy faoliyatining, dili bilan tilining birligi ma’naviy etuklikning asosiy qirralari va mezonlari ekanligi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling