Ma’naviyatshunoslik


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1172725
1   2   3   4   5
Bog'liq
1мавзу баёни

Tarix 
(Tarixshunoslik

Jahon va turli 
o‘lkalar tarixi 
Bashariyat va turli elatlarning siyosiy, 
ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti qonuniyatlari 
Elshunoslik 
(Etnografiya) 
Turli 
xalqlarning urf-
odatlari va 
marosimlari 
Xalq ongidagi asotir tafakkur unsurlari, 
an’anaviylik va etiket, xalq ijodi turlari va 
shakllari, urf-odatlar va marosimlarning 
tarbiyaviy ahamiyati 


ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ulami muvozanatlovchi kuch 
kerak. Ayni shu kuch ma’naviyatdir. 
"Milliy ma’naviyat asoslari" mustaqillikkacha maxsus fan sifatida biror o‘quv 
yurtida o‘qitilgan emas va bu sohaga yetarli e’tibor ajratilgan emas. "Ma’naviyat" 
tushunchasi faqat ba’zi hollarda "madaniyat" tushunchasining tarkibida "ma’naviy 
madaniyat" ("duxovnaya kultura") sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu 
masalaga yangicha qarash shakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma’naviyat 
moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil 
etuvchi mustaqil uch yo‘nalish (iqtisod, siyosat, ma’naviyat)ning biri sifatida olib 
qaralmoqda. Shunday yondoshuvdan kelib chiqqanimizda, aksincha, "madaniyat" 
inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, boshqa so‘z bilan aytganda, inson 
ma’naviyatining moddiy voqyelikdagi izlari sifatida namoyon bo‘ladi. "Milliy 
ma’naviyat asoslari" fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuvga 
tayanildi. 
Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg‘otish 
va harakatga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga 
oshirish uchun voqye imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon 
taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta’limning eng 
muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida 
yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi 
muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan belgilanadi. 
Ma’naviyat poydevori baquvvat bo‘lmasa, unday insonning butun g‘ayrati, 
jo‘shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun
qolaversa, uning o‘z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom 
G‘azzoliy o‘z davrida bekorga aytmaganlar. "Shuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi 
o‘yin uchun yaratmishlar, aning amali ulug‘dir va uning uchun buyuk xatar bordir". 
Ana shu "ulug‘ amal" va "buyuk xatar" oralig‘ida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olmoq 
ko‘p jihatdan ma’naviy ogohlik va kamolotga bog‘liq. "Milliy ma’naviyat asoslari" 
fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor ushbu "ma’naviy ogohlik" masalasiga 
qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni 
milliy ma’naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, takomil 
bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh 
etiladi. 
"Milliy ma’naviyat asoslari" fanining asosiy obekti-mustaqil O‘zbekiston 
uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan shaxs va millat ma’naviyatining 
takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yo‘llari xususidagi milliy ma’naviy 
merosimiz an’analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan 
iboratdir. Ma’lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qo‘shgan hissa 
ozmuncha emas. "Milliy ma’naviyat asoslari"ning maxsus fan sifatida o‘rganilishi, 


shu ma’noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy 
natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bo‘lmaydi. Demak, milliy 
ma’naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda o‘rganiladi. 
Fanning o‘qitish uslublari 1) uning maqsad va vazifalaridan 2) ta’lim qaysi 
tinglovchilar (talabalar, o‘quvchilar) uchun mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib 
belgilanadi: ma’ruzalar, suhbatlar, turli xil amaliy mashg‘ulotlar tizimi har bir o‘quv 
yurti ixtisos yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, ular nafaqat ushbu o‘quv 
yurti professor o‘qituvchilari, balki mavzu taqozosiga ko‘ra, respublikaning 
muayyan sohadagi yetakchi olimlari va mutaxassislarini taklif qilingan holda tashkil 
etiladi. Darslar, ayniqsa, suhbatlar faqat darsxonalarida emas, mavzuga muvofiq 
ravishda turli madaniyat muassasalari, jumladan, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot 
institutlari va h.k.larda ham tashkil etilishi yaxshi samara beradi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling