Algoritm. "Al jabr val-muqobala'ning lotin tilidagi tarjimasi "Dixit Algorizmi" deb boshlanadi. Buning ma'nosi "al-Xorazmiy aytadiki..." degani bo‘lib, bu muallifning nomini abadiyatga tarix solnomalarining zarhal sahifalariga joylanishiga ulkan sabablardan biriga aylandi. "Dixit Algorizmi" ning Yevropa tillaridagi talaffuz o‘zgarishlari natijasida, keyinchalik "Algortim" shakliga kelib qoldi va u dastavval o‘nlik sanoq tizimi asosidagi tenglamalarni yechish masalalari uchun tatbiq etilgan bo‘lsa, keyinchalik yevropa ilmiy doiralarida har qanday sanoq tizimidagi hisoblashlarni ma'lum qoidalar asosida amalga oshirish usullarini "Algortim" deb atay boshladilar. Hozirgi kunda esa "Algortim" so‘zi ijro mexanizmining (protsessor, dastur va ho kazolar) qo‘yilgan shart bo‘yicha natijaga erishish uchun bajariladigan amallar miqdoriy ketma-ketligini ifodalovchi atama sifatida, kompyuter va har qanday elektron hisoblash texnikasi, mobil aloqa apparatlari va maishiy texnika asboblaridan tortib, eng murakkab kibernetik loyihalar, kosmik apparatlar va yadro texnologiyalari sohasida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |