Manbashunoslik masalalari


“Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor”


Download 259.63 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi259.63 Kb.
#1545824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word

“Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor”
“Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor” (“Olijanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda о‘tgan balxlik yirik qomusiy olim Mahmud ibn Validir. Uning otasi Mir Muhammad Vali asli farg‘onalik, kosonlik bо‘lib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon avval (1546-1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U о‘qimishli va keng ma’lumotli kishi bо‘lib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshqadam kishilardan hisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.
Mahmud ibn Valining amakisi Muhammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) dnvonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh, tafsir va tibb ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi.
Mahmud ibn Vali 1596 yili tug‘ilgan. 19 yoshga borganda, ya’ni 1614 yili u yirik fiqh va hadis olimi MMahmud ibn Valirakshoh Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb о‘n yil undan saboq oladi. Mirakshoh Husayniyning boy kutubxonasi bо‘lib, unda, Mahmud ibn Valining sо‘zlariga qaraganda, tarix, geografiyamumtoz adabiyot, fiqh, hadis va boshqa ilmlarga doir juda kо‘p kitoblar saqlanar edi. Bu ilmga chanqoq yosh olim uchun bkbaho xazina bо‘ldi, albatta. Keymnchalik Mahmud ibn Valining о‘zi kutubxonadagi kо‘p kitoblarni о‘qib kо‘p foyda topganini aytadi.
1634-1640 yillar orasida yozilgan “Bahr ul-asror” asari mundarijasida kо‘rsatilishicha, yetti jilddan iborat bо‘lgan. Uning II-VII jildlari jahon tarixiga bag‘ishlangan bо‘lib, О‘zbekiston va u bilan qо‘shni mamlakatlarning qadim zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, ma’danshunoslik va botanika fanlariga oid ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. Afsuski, bu muhim va qimmatli asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xalos.
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari“Tarixi Muqimxoniy”
“Tarixi Muqimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda о‘tgan yirik olim Muhammad Yusuf Munshiydir. Asarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganla, asli balxlik bо‘lgan va Subxonqulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro xoni) hamda Muhammad Muqimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy bо‘lib xizmat qilgan.
Muhammad Yusuf Munshiy Muhammad Muqimxonga bag‘ishlangan “Tarixi Muqimxoniy”nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697-1704 yillar orasida yozilgan bо‘lib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Muhammad Yusuf Munshiy agar “jahon hodisalarining kuchli shamoli uning (Muhammad Muqimxonning) hayot о‘tini о‘chirmasa, yо‘qsizlik dengizining tо‘lqinlari о‘ynoqi otini о‘z girdobiga tortib ketmasa” ushbu asarining ikkinchi qismini ham yozish niyatida ekanligini aytadi. Lekin “Tarixi Muqimxoniy”ning ikkinchi kitobi yozilmay qolgan. Fikrimizcha, bunga qandaydir kutilmagan hodisa, balki muallifning biron falokatga uchrab qolganligi sabab bо‘lgan.
“Tarixi Muqimxoniy” muqaddima va uch bodan iborat.

Download 259.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling