Manbashunoslik masalalari


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


Download 259.63 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi259.63 Kb.
#1545824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Ubaydullanoma”
“Ubaydullanoma” XVII asrda о‘tgan Mir Muhammad Amini Buxoriy asaridir. U о‘qimishli va fozil kishilardan bо‘lib, 1645 yilda tug‘ilgan, vafot yili ma’lum emas. Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan.
“Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716 yildan keyin yozilgan, muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat.
Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya’ni Subxonqulixon hukmronligining sо‘nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og‘ir ahvolga tushib qolganligi va Uaydullaxon xizmatiga qabul qilinishi, Abdulazizxon va Subxlnqulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan.
1-80- boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, aholidan yig‘iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining ma’muriy tuzulishitarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng о‘rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma’lumotlar ham kо‘p.
Xotimada muallif bilan zamondosh bо‘lgan va Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulham, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
“Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortiq qо‘lyozma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan.
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Tarixi Abulfayzxon”
“Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydallaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abdurahmon Davlat yozgan. Muallif kо‘proq Abdurahmon Tole nomi bilan mashhur.
Mazkur asar hajm jihatdan kichik, 161 varaq bо‘lib, “Ubaydullanoma”ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini о‘z ichiga oladi. Ma’lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iqtisodiy va siyosiy ahvoli zaiflashadi, ulus boshliqlarining, ya’ni mahalliy hukmdorlarning mustaqillik uchun olibborgan harakati kuchaydi, ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarqand markaziy hukumatga bо‘ysunmay qо‘ydilar, Farg‘ona XVIII asr boshlarida, 1709 yili Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va о‘lkada mustaqil Qо‘qon xonligi tashkil topdi, 1722 yili Samarqand ham mustaqillik e’lon qildi va Rajabxon ismli kimsani xon qilib kо‘tardilar (1722-1728 yy.), о‘zaro urushlar boshlanib ketdi.
“Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu masalalar keng yoritib berildi. Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining ma’muriy tuzulishi va о‘zbek xalqining о‘sha yillardagi etnik tarkibi haqida ham ayrim, diqqatga sazovor dalil va ma’lumotlar bor.
“Tarixi Abulfayzxon”ning tо‘la ruscha tarjimasi, zarur izohlar bilan 1959 yili A.A.semenov tarafidang Toshkentda nashr qilingan.

Download 259.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling