Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4.2. «Siyosatnoma»
Bu mashhur asar muallifi Nizomulmulk tahallusini olgan Saljuqiylar davlatida 
vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli 
ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Is’hoq at-Tusiy (1018—1092) boiib, 
Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063—1073) hamda Sulton Malikshoh 
I laming bosh vaziri bo'lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta 
rol o ‘ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat 
tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun 
harakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya’ni 
Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag‘dodda “ Nizomiya” atalmish 
musulmon huquq-aqoid maktabiga asos solgan.
“ S i y o s a t n o m a ” a s a r i n i n g b o s h q a n o m i “ S i y a r a l - m u l u k ” 
( “ Podshohlarning turm ushi”)dir. Kitob 1092-yili yozib tugallangan. U 
51 bobdan iborat bo'lib, unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari
q o ‘shin tuzulishi, m ansablar va ularga am aldorlarni tayinlash tartibi, 
am aldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi.
Asarda 0 ‘zbekiston tarixiga oid m uhim va qimmatli m a ’lum otlar bor. 
S o m o n iy la r z a m o n id a turk g ‘ulom larini davlatning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida tutgan o ‘rni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat 
qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, S om oniylar xizmatida bo'lgan 
am irlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017—1032) bilan Sulton 
M ahm ud G'aznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o'rtasidagi yozishmalar 
ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar 
harakati, M u q an n a qo'zg'oloni haqida h am ayrim diqqatga sazovor 
m a ’lum otlar mavjud.
“ S iyosatnoma” ning forschasi 1931, 1956-yillari, fransuzchasi 1893- 
yili, inglizchasi 1960-yili ham da ruschasi 1949-yili B. D. Z axode r 
tom o n id a n chop qilingan. Kitob o'z bek tiliga ham tarjima qilingan va 
bosib chiqarilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling