Manbashunoslik


Huquqiy hujjatlar va yozishmalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.3. Huquqiy hujjatlar va yozishmalar
Xoja Ahrorga tegishli vasiqa va vaqfnomalar. Bu turdagi hujjatlar 
ko'p va ularni arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qo'lyozm a 
kitoblar saqlanayotgan kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos 
olima O.D.Chexovich (1912—1982) 0 ‘zbekiston Respublikasi F anlar 
akademiyasining Sharqshunoslik instituti va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan vasiqa va vaqfnomalar fondini 
ko'p yillar davomida qunt bilan o'rgandi va ular ichida Xoja Ubaydulla 
Ahrorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha taijimasi va maxsus 
tadqiqot bilan birga qo'shib 1974-yili “С амаркандские документы XV— 
XVI веков” nomi bilan nashr etdi.
164


Xoja Ubaydulla A hror o ‘z davrining badavlat o b ro ‘li kishisi b o ‘lib, 
m am lakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo'lgan. Uni 
shu darajaga yetkazgan om illardan biri bu uning q o ‘lida t o ‘plangan katta 
yer-suv va m o l-m ulk bo'ldi. Tarixiy m anbalarning guvohlik berishicha, 
uning 300 jufti nov (bir juft ho'kiz yordamida haydab ekiladigan yer) 
yeri, shaharlarda tim (usti yopiq bozor), d o ‘kon, h a m m o m , karvonsaroy
tegirmon, moyjuvozlari bo'lgan.
X o ja U b a y d u l l a A h r o r m a ’rifa tli va r a i y a t p a r v a r k ish i edi. 
Daromadining bir qismini xayrli ishlarga sarflagan, xalq manfaatini himoya 
qilgan. Masalan, 1463-yili Temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent 
xalqidan katta m iqdorda xiroj talab qilganda, Xoja Ubaydulla Ahror uni 
o 'z hisobidan to'lab yuborgan; hunarm andlar va bozor ahlidan olinadigan 
tam g 'a solig'iga qarshi chiqqan, uning o'zi va mulki barcha soliqlardan 
ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari h a m m a qatori xiroj, ushr va 
boshqa soliqlar — m a ’unoti devoniya va navoibi sultoniya to'lab turgan.
Xoja Ubaydulla Ahror har yili Sulton A hm ad Mirzo (1458—1494, 
M ovarounnahr hukm dori)ning devoniga 80 ming m an (4,32 kg.ga teng) 
g'allani xiroj o 'rn id a yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir qismini—
10 ming kumush tanga berib turgan.
Xoja Ubaydulla Ahrorga tegishli vasiqa, vaqfnoma va boshqa huquqiy hujjatlar 
hali boshqa yeriardan ham topiladi. Lekin, O.D.Chexovich nashr qilganlarining 
o'zi ham O'zbekistonning XV—XVI asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini 
o'rganishda birinchi darajali manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
4.3.1. Vasiqa
Alloh jumlai jahon egasidir, uning shon shavkati yuqori bo'lsin! (Hijriy) 
859-yil jum odi ul-oxir oyining 12-kuni.
Bayramxo'ja o'g'li Hasan, mulkiga niutasaddiy bo'lishga haq-huquqi 
bo'lgan holda, dedi: “ Samarqandning So'zangaron ko'chasida joylashgan 
ikki xonalik uyimni, tahoratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin 
M ahm udga sotdim.
M azkur hovli-joyning g'a rb tarafi olijanob, hurm at-ehtirom ga loyiq 
bo'lgan olg'uvchining do'koni bilan tutash, shimoliy tarafi podshohlik 
yerlari va qisman A m ir S h erm u h am m ad xojaning uyi bilan, sharqi-janub 
tarafdan esa halqa ko'chalar bilan tutashdir.
Ushbu m ulkni, b archa haq-huquqlari bilan, hozirda m uom alada 
bo'lgan 1500 dinori adliyaga1 sotdim.
1 D in o ri ad liy a — M irz o U lu g ‘b e k d a v rid a z a rb e tilg a n o ltin ta n g a p u l, v azn i 4 ,4 g r.g a teng.
165


M azkur sado-sotiqning kafilligi o ‘zimning zimm am da.
Savdo quyidagi shaxslaming guvohligida b o ‘ldi:
Abu Mansur M uham m ad;
S a’dulla M uham m ad al-Ispijobiy;
Ahmad Ali al-Xorazmiy;
Xoja Sulton Jahongir o ‘g ‘li;
Bayramshoh Junayd R am azon o ‘g ‘li.
Hammasi bo ‘lib 26 guvoh.” 1

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling