Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.3.4. «Tarixnoma»
“T arixnom a” yoki “Zayli Z afarnom a” ( “Z afarnom a”ga qo'shim cha”) 
deb ataladigan muhim tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. 
U yetuk xattot bo'lib, Muzaffariylar1 saroyida, devoni inshoda xizmat
1 1 3 1 3 — 13 9 3 - y illa r d a F o r s , K ir m o n v a K u r d is to n n i id o r a q ilg a n s u lo la . A s o sc h is i 
M u b o riz id d in ib n M u z a ffa r (1 3 1 3 —1359).
197


qilgan. Amir Temur Sherozni egallab, Muzaffariylar sulolasi barham topgandan 
keyin 1393-yili boshqa ilm ahli bilan Samarqandga olib kelingan va saroy 
xizmatiga tayinlangan. 1409-yili mart oyida amirlar isyoni bartaraf etilgach, 
oliy hokimiyat Shohruh Mirzo Xoja Tojuddin as-Salmoniy uning amri 
bilan Hirotga olib ketiladi va oliy hukm dom ing topshirig‘i bilan o'zining 
mazkur asarini yozishga kirishadi. Lekin, uni tamomlay olmaydi. Oradan 
ko‘p vaqt o'tmay, saroyda vazir Faxruddinga qarshi uyushtirilgan fitnada 
qatnashganlikda ayblanib, qamalib qoladi va jazoga tortiladi.
Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temurning so'nggi 
yillari va Shohruh Mirzoning tarixini yozishni niyat qilgan edi. Lekin, taqdir 
taqozosi bilan maqsadiga erisha olmaydi. Faqat 1404— 1409-yillar tarixini 
yozib bitirishga ulguradi, xolos. Asarda 1404-yilda Xitoyga yurish oldidan 
Konigilda o'tgan katta tantanalar, shahzodalar Ulug'bek, Ibrohim Sulton, 
Ijil Mirzo, Sidi Ahmad, Pirmuhammad va Mirzo Boyqarolaming nikoh 
to'ylari, Xitoyga yurishning boshlanishi, hazrat sohibqironning 18-fevral
1405-yilgi vafotidan keyingi og'ir ahvol, Xalil Sultonning noqonuniy yo'l 
bilan oliy hokimiyatni egallab olish voqealari batafsil bayon etiladi. Voqealar 
tafsiloti 1408-yil mart oyida Xalil Sultonning amir Xudoydod boshliq bir 
guruh fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi haqidagi hikoya bilan tugaydi.
Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha 
uch nusxada yetib kelgan. Ulardan biri suqutli va shu kunlarda Angliyaning 
muzeyida (lnv.№ 159) saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyada, Istanbuldagi 
Sulaymon Fotih (Inv.№ 4305) va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida (Inv.№ 
304) saqlanadi. Birinchi nusxa suqutli, ikkinchisi to'la.
Asar G . R .R y o m e r to m o n id a n nem is tiliga 1956-yili, Ismoil Aka 
tom onidan 1988-yili turk tiliga va Z.M .Buniyatov tom onidan 1991 -yili 
rus tiliga erkin tarjima qilingan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling