Manbashunoslik


 .3 .7 . «M atla’ u s-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5 .3 .7 . «M atla’ u s-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn»
“ M atla’ us-sa’dayn va m ajm a’ ul-bahrayn” ( “ Ikki saodatli yulduzning 
chiqish joyi va ikki azim daryoning q o ‘shilish yeri”) nomli yirik tarixiy 
asar muallifi o ‘z davrining yirik diplomati va tarixchi olimi Abdurazzoq 
S a m a rq a n d iy d ir . U n in g t o ‘liq ismi K a m o lu d d in A b d u ra z z o q ibn 
Jaloluddin is’hoq Samarqandiy (1413—1482) b o ‘Iib, Hirotdagi badavlat 
va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir. Tarixchining otasi Shohruh 
huzurida qozi askar va imomlik lavozimida turgan. Abdurazzoq yaxshi 
o ‘qib, fiqh, tafsir, hadis, arab tili, g‘azal va tarix ilmlarini puxta egallagan 
o ‘z zamonasining yetuk olimlaridan biri bo'lib yetishdi.
Abdurazzoq Samarqandiy 1438-yili o'zining qozi Azizuddinning arab 
tili grammatikasining ba’zi masalalari, yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi 
“ Risolayi Azudiya” kitobiga bag'ishlangan sharhini yozib tam om ladi va 
uni Shohruhga taqdim qildi. Hukm dor asar bilan tanishib va yosh olimdagi 
ulkan salohiyatni ko‘rib, uni saroy xizmatiga, devoni inshoga tayin qildi. 
Shu vaqtdan boshlab to 1463-yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab 
Shohruh, so‘ngra Abulqosim Bobur (1451 — 1457) va boshqa Temuriy 
shahzodalarning saroyida xizmat qildi.
A b d u ra z z o q S a m a rq a n d iy k o 'p r o q xorijiy d a v la tla r bilan olib
202


boriiadigan diplomatik yozishmalami hoziriash, shuningdek elchilik ishlari 
bilan m ashg‘ul b o ‘lgan. Masalan, u S hohruh davrida 1441-yili Janubiy 
Hindistonga elchi qilib yuboriladi. Kolikut shahrida ham da Vijayanagar 
rojaligida b o l ib oradan ikki yil o ‘tgach, 1444-yilning 27-dekabrida Hirotga 
qaytib keladi. M azkur elchilik Tem uriylar davlatining Hindiston bilan 
b o ‘lgan m unosabatlarini m ustahkam lash va rivojlantirishda k atta rol 
o ‘ynaydi. Abdurazzoq Sam arqandiy H indiston safari vaqtida k o ‘rgan- 
bilganlarini to'p lab, bir xotira sifatida yozib qoldirgan va bu m a ’lumot 
T em uriylar davlati bilan H indistonning o ‘sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy 
ahvoli, ayniqsa Hindistonning ijtimoiy va m adaniy hayotini o'rganishda 
katta o ‘rin tutadi.
Abdurazzoq S am arqandiy 1447-yili S hoh ru h n in g topshirig‘i bilan 
G ilonga bordi va uning hokimi am ir M u h a m m a d bilan m uzokaralar olib 
bordi. 0 ‘sha yili u Misrga elchi qilib tayinlandi, lekin S hohruhning (1447- 
yil 12-mart) vafoti tufayli bu tashrif amalga oshm ay qoldi.
A b d u ra z z o q S a m a r q a n d i y A b u lq o s im B o b u r x iz m a tid a b o 'l g a n
kezlarida uning harbiy yurishlarida, masalan, 1458-yili M o z a n d a ro n va 
1454-yili Samarqand ustiga qilgan yurishlarida qatnashdi. 1458-yili Hirotni 
egallagan Sulton Abu S a’id Mirzo uni 1463-yili Shohruh xonaqosiga 
shayx qilib tayinladi va Abdurazzoq Sam arqandiy um rining oxirigacha 
o ‘sha manzilda istiqomat qilib, asosan ilmiy ish bilan mashg'ul b o ‘ldi.
A bdurazzoq S am arqandiy yirik tarixnavis olim sifatida h a m n om
qoldirdi. U Eron, 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonning XIV—XV asrlardagi 
ijtim o iy -iq tis o d iy va m a d a n iy h a y o t i d a n , sh u n in g d e k , T e m u r i y l a r
davlatining qo'shni m am lakatlar Hindiston, Xitoy va boshqalar bilan 
iqtisodiy, siyosiy va m adaniy aloqalari tarixidan bahs yurituvchi “ M atla’ 
us-sa’dayn va m ajm a’ ul-b ah ray n ” deb ataluvchi asari bilan m ashhur 
b o ‘ldi. Kitob 1467—1470-yillar orasida yakunlangan.
“ M atla’ us-sa’d a y n ” ikki qism — daftardan iborat: 1) Elxon Abu 
Sa’id (1316—1335) davridan to A m irT em u rn in g vafoti va Xalil Sultonning 
Sam arqand taxtiga o'tirishigacha, y a ’ni 1405-yilgacha bo'lgan davrtarixi 
va 2) S hohruhning 1405-yili H irotda Tem uriylar imperiyasining oliy 
hukm dori deb e ’lon qilinishidan to Tem uriy Abu Sa’idning 1469-yili 
oldirilishigacha b o ‘lgan tarixi. Asarning 1427-yilgacha bo'lgan davrni 
o ‘z ichiga olgan qismi kompilyatsiya b o ‘lib, Hofizi Abruning “ M a jm u ’ 
at-tavorix” kitobi asosida yozilgan.
Asarda voqealar xronologik tartibda, yilma-yil bayon qilingan. Bu 
hoi kitobdan foydalanishda katta qulayliklar tu g ‘diradi, albatta.
“ M a t la ’ u s -s a ’d a y n ” ning q o ‘lyozm a nusxalari S a n k t - P e t u r b u r g ,
203


Toshkent, Dushanbe va Angliya, Fransiya, Hindiston, Eron va boshqa 
m amlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Asarning ikkinchi daftari matni M uham m ad S hafe’ tom onidan 1941 
va 1949-yillari Lohur shahrida chop etilgan.
Abdurazzoq Samarqandiyning Hindistonga qilgan safari bayon etilgan 
qismi ham da ikkinchi daftarning 1405— 1427-yillar voqealarini o ‘z ichiga 
olgan birinchi qism-juz A.O'rinboyev tom o n id a n o ‘zbek tiliga taijim a 
qilinib, 1960 va 1969-yillari chop etilgan.
“ M atla’ us-sa’d ayn” asarining ikkinchi qismi, xususan uning 1427— 
1469-yillar voqealarini o ‘z ichiga olgan qismi yangi bo'lib, Eron, Markaziy 
Osiyo va 0 ‘zbekistonning shu davr ichidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi va 
madaniy hayotini o'rganishda asosiy manba vazifasini o ‘taydi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling