Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6.2. Fors tilidagi manbalar
6.2.1. «Fathnoma»
“ F a t h n o m a ” nomli tarixiy mavzudagi s h e ’riy doston muallifi Mulla 
Shodiydir. U ning hayoti va ilmiy — adabiy faoliyotiga oid m a ’lum otlar 
juda kam. Shayboniyxonning inisi M ah m u d Sulton xizmatida bo'lganligi 
va uning topshirig'i bilan o'zining “ F a t h n o m a ” dostonini yozganligi, 
uni 1502-yili tugatgan bo'lib, ayni shu davrda 55 yoshda bo'lganligi 
m a ’lum, xolos.
“ F a th n o m a” tarixiy doston bo'lib, unda Shayboniyxon tavallud topgan 
1451 -yildan to Dashti qipchoq o'zbeklari to m o n id a n Sam arqandning 
istilo etilishi, so'nggi marta 1501-yil iyun oyigacha bo'lgan asosiy ijtimoiy- 
siyosiy voqealar keng yoritilgan. Xorazm va uning Urganch, Vazir va 
A d o q s in g a r i s h a h a r l a r i , D a s h ti q i p c h o q n i n g a h o l is i , x u s u s a n
m ang'itlarning turish-turmushi, shuningdek, Shayboniyxon askarlarining 
Turkiston, Andijon, Buxoro, Dabusiya va Qarshi viloyatlarini ishg'ol 
qilganliklari haqida qimmatli m a ’lum otlar mavjud.
Asar hozircha bironta tilga tarjima qilinm agan. Uning qo'lyozm a 
nusxalari ko'pgina mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanadi. Rossiya 
va M D H mamlakatlarida “ F a th n o m a ” dostonining beshta qo'lyozmasi 
m a v ju d . B u l a r d a n ikk ita si S a n k t - P e t e r b u r g D avlat u n i v e r s i t e ti
kutubxonasida, ikkitasi Dushanbeda va bittasi O 'z R FA Sharqshunoslik 
institutida (И н в . № 5369) saqlanadi. Toshkentdagi q o'lyozm a ju d a 
qimmatli bo'lib, XVI asrda ko'chirilgan va u turli mavzudagi 9 ta ajoyib 
miniatyura bilan bezatilgan.
1 A sli X oji ta rx o n A s tn ix o n lik b o 'lg a n la r i u c h u n s u lo la s h u n d a y a ta lg a n .
207


“ Shayboniynom a” fors tilida bitilgan she’riy doston b o ‘lib, uning 
muallifi shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453—1512). 
Uning asli ismi Ali ibn M uh am m ad al-Haraviy. K o'proq Kamoliddin 
Binoiy nomi bilan mashhur. Hirotda k o ‘zga k o ‘ringan m e ’m o r ustod 
M uham m adxon Sabz oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik paytlari og‘ir 
sharoitda, Shohruh Mirzo vafotidan keyin m am lakatda kuchayib ketgan 
toj-u taxt uchun kurash va o ‘zaro urushlar sharoitida kechdi.
M a ’lumki, 1458-yili Qora qo'y unlularsulolasidan1 bo'lgan Jahonshoh 
(1438—1467) Xurosonga bostirib kirdi va Hirotni egalladi. Lekin, oradan 
k o ‘p vaqt o'trnay, 1459-yili T em u riy z o d a Sulton Abu Said M irzo 
q o ‘shinlarining tazyiqi ostida poytaxt shahar va mamlakatni b o ‘shatib 
chiqishga m ajb u rb o ‘ldi. O 'shanda Jahonshoh yuz nafar hunarm and oilani 
o ‘zi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi. B ular orasida m e ’m o r
M u h a m m a d Sabz va uning oilasi qariyb uch yil Sherozda istiqomat 
qilib, 1461-yili yana Hirotga qaytib keldi.
M anbalam ing guvohlik berishiga qaraganda, Kamoliddin Binoiy keng 
m a ’iumotli kishi b o ‘lib, she’riyat, insho, ilohiyot, musiqa va tarix ilmlarini 
c h u q u r bilgan. Bundan tashqari u m e ’m orchilik s a n ’atida ham o ‘z 
zamonasining peshqadamlaridan hisoblangan. M uham m ad Sabz va uning 
o ‘g ‘li ishtirokida qurilgan binolar H irotda va m am lakatning boshqa 
shaharlarida juda ko‘p bo'lgan. Masalan, 1481-yili hozirgi Afg‘onistonning 
Mozori sharif shahrida, eski nomi Xoja hayron, Ali ibn Abu Tolib (656— 
661) mozori tepasiga qurilgan muhtasham m aqbara va boshqa binolar 
shular jumlasidandir. Shoir va olimning “ Binoiy” deb taxallus tanlashi 
ham m ana shundandir.
Binoiy oradan ko‘p vaqt o ‘tmay Tabrizga kelib qoidi va 1492-yilga qadar 
Sulton Ya’qub Oq Qo‘yunlu (1478—1490) saroyida xizmat qildi. 1492-yili u 
yana Hirotga qaytdi. 1495-yili ayrim sabablarga ko‘ra, o ‘zining so‘zlariga 
qaraganda, ba’zi hasadgo‘ylarning ig'vosi tufayli, Samarqandga ketib qoldi.
Binoiy dastlab xoja Ubaydulla Ahrorning t o ‘ng‘ich o'g'li va sulukda 
vorisi xoja Qutbuddin Yahyo, so‘ng Zahiriddin Bobur, undan keyin 1501- 
yili to umrining oxirigacha, Shayboniyxon huzurida uning saroy shoiri 
va tarixchisi b o ‘lib xizmat qildi.
1507-yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Hirotga keldi va 1510- 
yilgacha ona shahrida istiqomat qildi. 1511 -yili shaharga Ismoil Safaviy

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling