Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6.3. 0 ‘zbek tilidagi manbalar
“ S h ay b o n iy n o m a” tarixiy do sto n in in g m uallifi M u h am m ad Solih 
(taxm . 1455—1535-yy.) bo'lib, turkiyzabon bilkut qabilasidan chiqqan. 
S hohruh va M irzo U lu g ‘bek davrida z o ‘r nufuzga ega b o 'lg an am ir 
S hohm alikning nabirasi. Otasi am ir N u r Saidbek ham yirik am irlardan 
bo'lib, aw al M irzo U lug'bek, so‘ngra S ulton Abu S a’id M irzo xizm atida 
bo'lgan, 1464— 1467-yillari X orazm da hokim b o 'lg an va 1467-yili Sulton 
Abu Saidning farm oni bilan qatl etilgan. M uh am m ad Solihning yoshligi 
H irotda kechgan va o 'sh a yerda o 'q ib n a sh ’u nam o to pgan, so'ngra 
S ulton H usayn, 1494-yildan S am arqandd a katta nufuzga ega bo'lgan 
T em uriy am irlard an D arvish M u h am m ad tarx o n va xoja U baydulla 
A h ro rn in g o 'g 'li M u h a m m a d Y ahyo, 1500— 1504-yillari B uxoro va 
C h o r j o 'y d a g i n o ib b o 'l i b , s h u n d a n k e y in to v a f o tig a q a d a r , 
Shayboniylardan M uham m ad Sulton (vaf. 1505-y.) va Ubaydullaxonning 
kotibi bo'lib xizm at qilgan.
M uham m ad S olihning yaratgan tarixiy dostoni “ S h ayboniynom a”da 
M uham m ad Shayboniyxonning hayoti va olib borgan urushlari haqida 
she’riy uslubda hikoya qilinadi. Asar q ahram onning tug'ilganidan boshlab, 
to 1505-yilgacha D ashti qipchoq, M ovaro u n n ah r ham da X orazm ning 
ijtim o iy -siy o siy ta rix id a n bah s y u rita d i. D o s to n d a q o 's h in la rn in g
yovuzliklari, m eh n atk ash xalqning o g 'ir ahvoli, Q o ra k o 'l, Qarshi va 
H uzorda Shayboniylarga qarshi ko'tarilgan q o 'z g 'o lo n la r haqida ham
q im m a tli m a ’lu m o tla r u c h r a y d i. A s a r g e o g ra fik va e tn o g r a f ik
m a’lum otlarga ham boydir.
“ Shayboniynom a” asari 1505-yildan keyin yozilgan. Uning ikkita nodir 
qo'lyozm alari saqlanib qolgan bo'lib, biri Avstriyaning Vena shahrida, 
ikkinchisi esa S a n k t-P e te rb u rg universiteti kutubxonasida saqlanadi.
219


K itobning 1885 va 1908-yillarda asl m atni va 1961 va 1989-yillarda kirill 
alifbosidagi tabdili chop etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling