Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.3.2. «Haft iqlim»
“ Haft iqlim ” (“Yetti iqlim ”) nom li geografik-biografik asarining ijodkori 
m ashhur adabiyotshunos olim A m ir A hm ad Roziydir. U asli Eronning 
Ray shahridan, badavlat va o'qim ishli xonadondan chiqqan.
A m ir A hm ad Roziy o 'z asarini 1594-yili tugatgan b o'lib , unda VII 
asrdan to XVI asr oxirigacha yetti iqlim m am lakatlari va shaharlarida 
istiqom at qilgan 1560 nafar yirik shayx, olim , yozuvchi, shoir va davlat 
arboblari haqid a qisqa, lekin qim m atli m a ’lu m o tlar beradi. M u allif 
o'zigacha bo'lgan davrga tegishli m asalarni yoritishda “ Suvar al-a q o lim ” 
( “ Iqlim ning ko'rinishi”), “ Masolik ul-m am olik” ( “ M am lakatlar orasidagi 
m asofalar”), “Tarixi B anokatiy” kabi asarlarga tayangan, lekin ulardan 
tanqidiy foydalangan, ularni yangi dalillarv a m a ’lu m otlar bilan boyitgan.
S haharlar va m am lakatlarni tavsif qilganda ularning geografik o 'rn i, 
diqqatga sazovor joylari, osori atiqalari, xalqi va uning hayoti, m ashg'uloti 
va urf-odatlari, b a ’zida aholisining um um iy soni, xo'jaligiga oid qim m atli 
m a’lum otlar keltiradi. M asadan, C hingizxon xurujidan aw al Balxda 50 
m ingdan ortiq odam istiqom at qilgan, X V -X V I asrlarda T oshk ent 
atrofidagi to g 'la rd a te m ir, firuza, o h ak k o n lari, X o 'ja n d d a firuza, 
B adaxshonda la’l konlari ishlab turgan.
“ Haft iqlim ”da Zahiriddin M uham m ad Bobur va uning avlodi davrida 
H indiston va O 'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Sharqiy Turkiston, 
K oshg'arning XVI asr ikkinchi yarm idagi um um iy ahvoli haqidagi zarur 
m a’lum otlarni uchratish m um kin.
Asarda V II—XVI asrlarda O 'zbekiston va X urosonda o 'tg an yirik olim
va shoirlar haqidagi m a ’lum otlar o 'ta m uhim dir. Bular orasida “shoirlar 
podshohi” Rashiduddin Votvot (1 0 8 8 -1 1 8 2 ), “O lim lar faxri” Abulqosim
M ahm ud ibn U m ar Zam axshariy (1 0 7 4 -1 1 4 4 ), buxorolik buyuk hadis
230


olim i Abu A bdulloh M uham m ad ibn Ismoil al-B uxoriy (810—870)lar 
bor.
“ Haft iqlim ” asarining qo'lyozm a nusxalari m um lakatim izda va xorijiy 
m am lakatlam ing kutubxonalarida k o ‘p, lekin hali to 'liq nashr qilinm agan. 
U ndan tarixchilar yordam chi m anba sifatida foydalanishi m um kin.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling