Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.2. 0 ‘zbek tilidagi manbalar
7 .2 .1 . «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk va m o‘g ‘ul»
“ Shajarayi tarokim a” va “ Shajarayi turk va m o ‘g ‘ul” asarlarini yaratgan 
Abulg‘ozi Bahodirxon X ivaxoni (1643— 1663-yy.) va tarixchi olim sifatida 
m ashhurdir. U 1603-yil 23-avgustda U rganchda tug‘ilgan va 1619-yilgacha 
a n a shu shaharda istiqom at qilgan. S o ‘ngra inilari H abash va Ilbors 
bilan toj-u taxt uchun b o ‘lgan kurashda m ag'lubiyatga uchrab, Buxoroga 
qochib bordi va Im om qulixon (1611 — 1642-yy.) saroyida p an o h topdi. 
Akasi Isfandiyor 1623-yili xon b o ‘lgach, yana X orazm ga qaytib bordi va 
U rganchga hokim etib tayinlandi. Lekin, 1627-yili Isfandiyorxonning 
o ‘zi bilan bo'lgan kurashda m ag‘lubiyatga uchradi. Bu safar A bulg'ozixon 
T urkistonga qochib bordi va qozoq xonlaridan Ishim xon ( 1598— 1628- 
yy.) huzurida panoh topdi. O radan bir yil cham asi vaqt o ‘tgach, 1628- 
yili, yana bir qozoq xoni — T ursunxon uni Toshkentga olib keldi va 
Abulg‘ozixon T oshkentda 1630-yiI oxirigacha istiqom at qildi.
O radan k o ‘p vaqt o ‘tm ay , A bulg‘ozixon Xiva turkm anlarining taklifi 
bilan yana X orazm ga qaytib bordi, lekin oradan olti oy o 'ta r o ‘tm as, 
Isfandiyorxon uni N iso va D arunga bosqinchilik yurishi uyushtirganlikda
223


ayblab hibsga oldi va Eronga, shoh Safi’ 1 (1629— 1642-yy.) huzuriga 
o m o n a t1 tariqasida berib yubordi. A buig‘ozixon o 'sh a n d a Isfahondagi 
T aborak q al’asiga qam ab qo'yildi va shu tarzda E ronda 10 yil atrofida 
kun kechirdi. 1639-yili A bulg‘ozi qam oqdan qochdi va ko‘p m ashaqqatlar 
chekib, 1642-yili o n a yurtiga qaytib keldi. 1643-yili, Isfandiyorxon 
vafotidan bir yil o 'tg ach, Orol o ‘zbeklari uni xon qilib ko‘tardilar. 0 ‘sha 
yili Abulg‘ozixon Xivadagi raqiblari ustidan ham g ‘alaba qozo nd i va 
Xiva taxtiga o ‘tirdi.
A bulg‘ozixon keng m a ’lum otli b o 'lish i bilan bir q a to rd a , feodal 
hukm dor ham edi. U o ‘z faoliyati bilan ana shu doiralar m anfaatlarini 
him oya qildi.
Abulg‘ozixon 1663-yili toj-u taxtni o ‘g1i A nusha (1663—1687-yy.)ga 
qoldirib, um rining oxirini butunlay ilmiy ishga bag'ishlaydi. U 1664-yili 
vafot etgan.
“ Shajarayi ta ro k im a ” tu rk m a n xalqi va T u rk m a n isto n n in g o ‘rta 
asrlardagi tarixini o ‘rganishda bosh m anba b o ‘lib xizm at qiladi.
“ Shajarayi turk va m o ‘g‘ul” 1664-yili yozilgan, lekin Abulg‘ozixonning 
og‘ir dardga chalanib qolishi va tez orada vafot etishi sababli tam om lanm ay 
qolgan. A sar IX bobining davom i, y a’ni 1644— 1663-yillar voqealari 
A nushaxonningtopshirig‘i bilan M ahm ud ibn mulla M uham m ad Urganjiy 
degan olim to m o n id a n yozilgan. A sarning 1—IV boblari ham o ‘sha 
M ahm ud ibn M uham m ad U rganjiyning qalam iga m ansubdir.
“ Shajarayi turk va m o ‘g ‘u l” asari qisqacha m uqaddim a va 9 bobdan 
iborat. M u qaddim ada, asosan asarning yozilish sabablari haq ida gap 
b o ra d i. I b o b d a O d a m A to d a n to M o ‘g ‘u lx o n g a c h a , 11 b o b d a
M o‘g‘ulxondan Chingizxongacha, III bobda Chingizxonning tug'ulishidan 
to v afo tig ach a, IV b obda 0 ‘gaday q o o n va un in g M o ‘g ‘u listo n d a
h u k m r o n l i k q ilg a n a v lo d i, V b o b d a C h i g ‘a to y x o n v a u n in g
M ovarounnahrda podshohlik qilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, y a’ni 
E ronda hukm ronlik qilgan C hingiz avlodi, VII bobda Jo'jixon va uning 
Dashti qipchoqda podshohlik qilgan avlodi, V III bobda Shayboniyxon 
va uning M ovarounnahr, Q ozog‘iston, Sibir va Q rim da hukm ronlik qilgan 
fa rza n d la ri va, n ih o y at, IX b o b d a S h a y b o n iy x o n n in g 1511 -y ild a n
X orazm da podshohlik qilgan avlodi bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan.
A sarning I—VIII boblari um um lashtiruvchi xarakterga ega b o 'lib , 
R a sh id u d d in n in g “Jo m e u t-ta v o rix ” , S h a ra fu d d in Ali Y a zd iy n in g
1 O m o n a t — to b clik a lo m ati. 0 ‘rta a s r a n ’a n a la rig a k o 'r a , to b elik n i q ab u l qilgan h u k m d o m in g
sa ro y ig a fa rz a n d la ri yoki y a q in q a rin d o s h la rid a n b irin i g a ro v ta riq a sid a y u b o rg a n . Bu y c rd a
sh u n g a ish o ra t.
224


“ Z a fa rn o m a ” va sh uningdek yana o ‘n sakkiz tarixiy asarlar asosida 
yaratilgandir. K itobning IX bobi yangi hisoblanadi va u nda X orazm ning 
1512— 1663-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng va atroflicha bayon 
etiladi. B undan tashqari, asarda A bulg‘oziy B ahodirxon zam o nida obod 
b o ‘lgan X orazm dagi U rganch, Vazir, Tirsak, Yangi shahar, B uldum soz
Bag‘d od, Kot, D urun, Q um kent, M izdahkan, D orug'an ota, B oqirg'on, 
Xos m inora, Ism M ahm ud O ta, C hilik kabi shaharlar, A m udaryo va 
daryo o ‘zanining o'zgarishi, xivalik turkm an larn in g og‘ir ahvoli, X V I—
XVII asrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro o'rtasidagi siyosiy m unosabatlar 
haqida ham qim m atli m a ’lum otlar uchraydi.
A bulg'oziy Bahodirxon va uning “ Shajarayi tu rk va m o ‘g ‘u l” asari 
tez orada ilmiy jam oatchilikning d iq q a t-e ’tiborini qozondi. U X V III 
asrdayoq bir necha, nem is va fransuz (1726-y.), rus (1770-y.) va ingliz 
(1780-y.) tillariga taijim a qilindi. O 'tg a n asrda bu asar nem is (G .Y a.K er), 
rus (Ya.O.Yarsev va G .S.Sablukov), fransuz (P .I.D em ezo n ), turk (A hm ad 
Vefiq posha) tillariga tarjim a qilindi. A sar 1897— 1913-yillari yana tu rk
(tarjim on Rizo N ur) va 1935-yili fors tillariga taijim a qilindi. A sarning 
G .S .S a b lu k o v (1906 -y.) va P .I.D e m e z o n (1871 — 1874-yy.) am alg a 
oshirgan nashrlari m ukam m al va z o ‘r ilmiy qim m atga egadir.
Abulg‘oziy Bahodirxon asarini xorijiy tillarga tarjim a qilinishi va dunyo 
b o ‘ylab tarqalishi b o ‘yicha “T em u r tu zu k lari” va B oburning “V aqoyi” 
asari bilan qiyoslash m urnkin. U lar turkiy tildagi tarixiy asarlarning ju d a
k atta ilm iy qiym atga ega ekanligini k o ‘rsatadi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling