Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.3 .4 . «Bahr ul-asror»
“ B ahr ul-asror fi m anoqib ul-ah y o r” ( “ O lijanob kishilarning jasorati 
haqidagi sirlar dengizi”) nom li asar muallifi XVII asrda o 'tg a n balxlik 
yirik qom usiy olim M ahm ud ibn Validir. U ning otasi M ir M uham m ad 
Vali asli farg'onalik, kosonlik bo'lib, Shayboniylardan P irm uham m adxon 
avval (1546—1567-yy.) davrida Balxga borib qolgan. U o'qim ishli va 
keng m a’lum otli kishi bo'lib, asosan fiqh ilm ida zam onasining peshqadam
kishilardan hisoblangan. U M irX islat taxallusi bilan she’rla rh a m yozgan.
M ahm ud ibn Valining am akisi M uham m ad Poyanda (1602-yili vafot 
etgan) S am arqand hokim i Boqi M uham m ad (1603— 1606-yillari Buxoro 
xoni) devonida xizmat qilgan. Akasi am ir A bulboriy esa fiqh, tafsir va tib 
ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi.
M ahm ud ibn Vali 1596-yili tug'ilgan. 19 yoshga borganda, ya’ni 1614- 
yili u yirik fiqh va hadis olimi M irakshoh H usayniyning xizm atiga kiradi 
va qariyb o 'n yil u n d an saboq oladi. M irakshoh H usayniyning boy 
kutubxonasi bo'lib, unda, M ahm ud ibn Valining so'zlariga qaraganda
tarix, geografiya, m um toz adabiyot, fiqh, hadis va boshqa iimlarga doir 
juda k o 'p kitoblar saqlanar edi. Bu ilmga chanqo q yosh olim uchun 
bebaho xazina b o 'ld i, albatta. K eyinchalik M ahm ud ibn Valining o'zi 
kutubxonadagi k o 'p kitoblarni o 'q ib foyda topganini aytadi.
M irakshoh H usayniy vafot etgan 1624-yil 13-aprel kunidan keyin 
M ahm ud ibn Vali kitobiy ilmini am aliy bilim lar bilan boyitish m aqsadida 
b o sh q a m a m la k a tla rg a sa y o h a t q ilish g a q a r o r q ild i va b ir y illik 
tayyorgariikdan keyin, 1625-yilning iyul oyida savdo karvoniga qo'shilib 
H indiston tom on yo'l oldi. U H indistonda qariyb yetti yil istiqom at
232


qildi va uning Peshovar, L ohur, D ehli, Agra, H aydarobod, V ijayanagar, 
Kalkutta, Bihar kabi q ato r yirik shahar va o ‘lkalami borib ko‘rdi va ularning 
aholisi, xalqining u rf-o d ati, tarixi, m adaniyati, va nihoyat, osori atiqalari 
haqidagi qim m atli m a ’lu m o tlar to'pladi.
1631 -y il 2 0 - a v g u s td a B alx g a q a y tib k e lg a n d a n k e y in N a d r
M u h am m ad x o n (1606—1642-yillari Balx, 1642—1645-yillari B uxoro 
xoni)ning xizm atiga kirdi va to um rining oxirigacha uning kutubxonasida 
kitobdor b o ‘lib xizm at qildi. M ahm ud ibn Valining qachon vafot etganligi 
m a ’lum em as.
M ahm ud ibn Vali fanning ju d a ko ‘p sohalarini, tarix, geografiya, ilmi 
nujum , m a’danshunoslik, botanika va boshqa so halam i q am ra b olgan 
“ B ahr ul-asro r fi m anoqib u l-a h y o r” yoki “ B ahr u l-asro r” n om li o ‘ta 
q im m atli qom usiy asarini yaratdi. B undan tashqari u q a to r ilm iy va 
badiiy asarlar yaratgan b o 'lib , ular bizgacha yetib kelm agan.
1634—1640-yillar orasida yozilgan “ Bahr ul-asror” asari m undarijasida 
ko'rsatilishicha, yetti jilddan iborat bo'lgan. U ning II—VII jildlari jahon 
tarixiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston va u bilan qo'shni m am lakatlam ing 
qadim zam onlardan to 1640-yilgacha kechgan tarixidan bahs yuritadi. 
Asarning birinchi jildi ilmi nujum , geografiya, m a’danshunoslik va botanika 
fanlariga oid m a’lum otlam i o ‘z ichiga oladi. Afsuski, bu m uhim va qim m atli 
asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xolos.
A sarning birinchi jild id a yetti iqlim m am lakatlarining, shuningdek
O 'zbekistonning o 'rta asrlardagi shahar va viloyatlarining geograflk holati, 
xalqi va uning tu rm u sh tarzi haqida qim m atli m a’lum o tlar keltirilgan.
“ B ahr u l-asro r” ning VI jildi alohida qim m atga ega. U n d a X II I—XVII 
asrning birinchi yarm ida C h ig 'ato y ulusi, O 'rta Osiyo, M o 'g 'u listo n va 
Shim oliy A fg'oniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan.
M ahm ud ibn Vali va uning m azkur asari ilmiy jam oatch ilik k a 1902- 
yildan beri m a’lum b o 'lsa -d a , hali ju d a kam o'rganilgan. U n d a n ayrim
p a r c h a la r n in g r u s c h a ta r jim a s i V .V .B a r to ld , B .A .A h m e d o v va 
K .A .Pishulina to m o n id a n e ’lon qilingan.
“ B ahr u l-asro r” asarining olti nafar qo'lyozm asi m avjud. U larning 
to 'rtta si O 'z R FA S harqshunoslik institutida I jild va VI jild n in g 1—3 
q ism la ri, ikkitasi esa A ng liy a va P o k isto n d a , VI jild n in g 4 qism i 
saqlanm oqda.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling