Manbashunoslik


  «Tarjimai ahvoli amironi


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7.3.14. 
«Tarjimai ahvoli amironi 
Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad»
’’Tarjim ai ahvoli am ironi Buxoroyi sh arif az a m ir Doniyol to asri 
am ir A b d u lah ad ” ( “ Buxoroyi sh arif am irlarining tarjim ai ahvoli. A m ir 
D oniyoldan to am ir A bdulahadgacha”) asarining muallifi Ahm ad Donish 
yoki A hm ad K alla nom i bilan m ash h u r b o 'lg an , XIX asrda ko'zga 
k o'ringan m utafakkir shoir, adib, olim va diplom atdir. U ning to 'la ismi 
A hm ad ibn N osir ibn Y usuf al-X anafiy al-B uxoriydir. B o'lg'usi tarixchi 
1827-yili Buxoroda tug'ilgan. U yoshligidan yaxshi o 'q ib ta rix , m um toz 
adabiyot, riyoziyo t-m atem atika, ilmi nuju m -astro n o m iy a, m usiqa va 
tibbiyot ilm larini yaxshi o 'rg an g an , husnixat va m usaw irlik sirlarini 
ham egallangan.
Ahmad Donish o 'z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50-yil boshlarida 
am ir N asrulloh xizmatiga qabul qilingan, 1870-yili iste’foga chiqib, ilmiy 
faoliyat bilan m ashg'ul bo'lgan.
A hm ad D onish 1857-yili am ir N asrulloh, 1869 va 1974-yillari am ir 
M uzaffar(I860—1885) elchiligi tarkibida Peturburgda bo'ldi va Rossiyaning 
iqtisodiy, ijtim oiy-siyosiy va m adaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi. 
Bu safarlar olim ning dunyoqarashiga katta t a ’sir ko 'rsatd i. Lekin, u 
Buxoroning Rossiyaga qaraganda qoloqligining haqiqiy sabablarini tushunib
242


yetm adi. U jam iy atn i m avjud q o n u n va ta rtib larin i takom illashtirish 
yo'li bilan, odil p o d shoh ning q o ‘li bilan q ay tad a n qurish m um kin deb 
hisoblardi. O lim ning bu qarashlari uning “ N a v o d ir ul-vaqoye’” ( “ N o d ir 
voqealar”) nom li asarida o ‘z aksini topgan. A h m ad D onish ushbu asarida 
am irga davlatni boshqarish ishlarini q aytad an qurishni m aslahat berdi. 
Lekin, am ir bundan darg'azab b o ‘ldi va 70-yillar oxirida Ahm ad D onishni 
poytaxtdan uzoqlashtirdi va G ‘uzorga qozi qilib yubordi.
1885-yili, am ir MuzafFar vafotidan keyin, u Buxoroga qaytib keldi va 
um rining qolgan qism ini ilmiy m ashg‘u lo tla r bilan kechirdi. A hm ad 
D onish 1897-yili vafot etdi.
A hm ad D o n ish serm ahsul ijo d k o r b o ‘lib, ilo h iy o t, ilmi nu ju m , 
geografiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yaqin asar yozib qoldirdi. 
“ M anozir ul-kavokib” ( “ Sayyoralam ing m an za rala ri”), “ N avodir ul- 
vaqoye” ’ va ’’Taijim ai ahvoli am ironi Buxoroyi sharif” (1885-yildan keyin 
yozilgan) asarlari ana shular jum lasidandir.
0 ‘zbekistonning XIX asrdagi ijtim oiy-siyosiy hayotini o ‘rganishda 
olim ning so‘nggi asari katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobda katta so‘zboshi, 
sayyoralam ing inson taqdiridagi aham iyati, din va uning jam iyatdagi 
o'rn i t o ‘g ‘risidagi fikrlardan keyin qisqa tarzd a am ir Doniyol (1758— 
1785), Shohm urod (1785—1800), H aydar va am ir Nasrulloh hukm ronligi 
yillarida b o ‘lib o ‘tgan voqealar bayon etilgan.
A sarning katta va so ‘nggi qismi am ir MuzafTarga bag'ishlangan. Bu 
qism da Buxoro xonligining XIX asr ikkinchi yarm idagi ijtimoiy-siyosiy 
ahvoli, shuningdek, ch or Rossiyasi q o ‘shinlari tom o n id an 1866-yili Jizzax 
ham da 1868-yili S am arqandning ishg‘ol qilinishi voqealari batafsil bayon 
etilgan.
’’T arjim ai ahvoli a m iro n i Buxoroyi s h a r if ’ asarinin g q o ‘lyozm a 
nusxalari T osh kent, S am arqand, Buxoro, D ushanbe kutubxonalarida 
mavjud. Asarning m atni A.M irzoyev to m o n id a n chop etilgan. 1960-yili 
kitobning qisqartirilgan ruscha tarjimasi D ushanbeda nashr qilingan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling