Manbashunoslik


Mavzuni mustalikamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustalikamlash uchun savollar
1. A lish e r N a v o iy n in g tarixga o id q a y si asa rla rin i bila siz?
2. «T arixi a n b iy o va h u k a m o » asari n im a g a b a g 'ish la n g a n ?
3. «T arixi m u lu k i A jatn» asarida q a y si s u lo la la r h a q id a s o 1/ b oradi?
4 . « X a m sa t u l-m u ta h a y y ir in » asari k im g a b a g 'ish la n g a n ?
5. « H o lo t S ayyid H a sa n A rd asher» asari k im to 'g 'r isid a ?
6 . « H o lo t P a h la v o n M u h a m m a d » asari m a z n u m in i s o 'z la b bcrin g.
* U s h b u m av zu B. A h m c d o v a s a rig a ta y a n ib y o ritild i.
205


6 -M A V Z U . S H A Y B O N IY L A R D A V R I M AN BALARI
(1501—1602-yillar)
Darsning mazmuni: 
Ushbu darsda Shayboniylar hukmronligi davrida 
yaratilgan o 'z b ek va fors tillaridagi m an b ala r t o ‘g ‘risida talabalarga 
tushuncha beriladi.
Reja:
6.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
6.2. Fors tilidagi manbalar.
6.3. 0 ‘zbek tilidagi manbalar.
Asosiy tushunchalar. Shayboniylar davri, xon, imom uz-zamon, xalifat 
ul-rahmon.
6.1. Muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar
XV 
asrning 80—90-yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan 
Toshkent, Farg‘ona va Hisorning markaziy hukum atga itoat qilmay 
qo'yishi, ayrim amirlarning siyosiy nufuzi o ‘ta kuchayib ketishi va yosh 
T e m u riy la r n in g t o j-u taxt u c h u n kurashlari d a v la tn in g in q iro zin i 
tezlashtirdi.
1500-yili M u h am m ad Shayboniyxon (1500—1510) Dashti qipchoq 
o ‘zbeklariga tayangan holda M o v a r o u n n a h r, X ora zm , X uroson va 
Badaxshonni bo'ysundirib, yangi sulola — Shayboniylar davlatiga (1501 — 
1602) asos soldi. Lekin, Shayboniylar m a’lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo‘lsalar-da, lekin ular ham mahalliy 
yirik yer-suv egalarining ayrimachilik harakatiga barham bera olmadilar.
Shayboniyxon halokatidan (1510-y. 10-dekabr) s o ‘ng uzoq vaqt 
davomida m am lakatda parokandalik va tarqoqlik hukm surdi.
Ubaydullaxon vafotidan (1539) keyin esa M ovarounnahrda q o ‘sh 
hokimiyatchilik boshlandi: S am arqandda Abdullatif Sulton, Buxoroda 
Abdulaziz Sulton xon qilib ko'tarildilar (1540—1550).
1551—1556-yillari esa mamlakat toj-u taxt da’vogarlari Navro‘z Ahmadxon, 
Burxon Sulton, Abdullaxon soniy o ‘rtasida urush maydoniga aylandi.
Abdullaxon soniy 1557-yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan 
urushlardan (1557—1582) so‘ng Movarounnahrni birlashtirishdi, Toshkent 
va Turkistonni bo'ysundirdi, 1584-yili Badaxshon bilan Ko‘lobni, 1588- 
yili Hirotni egalladi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan 
(1598-y. 8-fevral) keyin ayirmachilik harakati avj o!di. Uning o ‘g ‘li va
206


taxt vorisi A bdulm o'm inning hukmronligi olti oydan (1598-y. fevral-iyul) 
nariga o'tmadi. U ndan keyin xon ko'tarilgan M in n u h a m m a d soniy (1598— 
1601) esa nomigagina xon hisoblanib, aslida hokimiyat nufuzli katta yer 
egalari qo'liga o ‘tib qoldi. Bu vaqtda qozoq xonlari va sultonlarining 
M ovarounnahrustigabosqinchilikyurishlari kuchaydi. Ular 1599 va 1600- 
yillari Toshkent, Jizzax, Samarqand va Miyonqolgacha bostirib kirib, o ‘troq 
aholini talon-taroj qildilar. Janubdan esa E ron hukmdorlari yurtimizga 
tahdid sola boshladilar.
M ana shunday bir sharoitda movarounnahrlik yirik yer-suv egalari 
ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, J o ‘jixonning o ‘n uchinchi o ‘g‘li 
To'qay Tem ur naslidan bo ‘lgan Yorm uhammadxonni taxtga o ‘tqizdilar. 
Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601 — 1785) nomi bilan m ashhur1.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling