Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.3.5. «Zafarnomayi Temuriy»
“ Z a fa rn o m a y i T e m u r i y ” , “ F a t h n o m a y i s o h i b q i r o n i y ” , “ Tarixi 
jahonkushovi T em uriy” yoki “ Z afarn o m a” nomi bilan m ashhur bo'lgan 
asarning muallifi o 'z davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. 
U, asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft qishlog'idan bo'lib, turli fan 
sohalarini egallagan edi. S h u n in g u c h u n h am Alisher N avoiy uni 
“ Sharafudin davlat va din ” , y a ’ni din va davlat sharafi deb t a ’riflagan.
Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining hokimi Temuriy Ibrohim 
Sulton (1415—1435) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan homiysi bo'lmish 
m azkur shahzodanigina emas, balki Shohruhning ham z o 'r hu rm at- 
e ’tiborini qozongan edi.
198


Sharafuddin Ali Yazdiy 1442-yili Shohruhning nabirasi va Sultoniya, 
Qazvin, R ay h am d a Q um hokimi Sulton M u h a m m a d (1442—1446)ning 
taklifi bilan Q u m g a keldi va s h a h z o d a n in g xizmatiga kirdi. S ulton 
M u h am m ad 1446-yili Shohruhning og ‘ir kasalligidan foydalanib, isyon 
ko'tardi, H a m a d o n ham da Isfahonni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. 
S hohruh unga qarshi q o ‘shin tortti. Sulton M u h am m ad Shohruh bilan 
ochiq jang qilishdan qo'rqib toqqa q o c h d i1. Shohruh Sulton M u h am m ad
bilan y aqin b o 'l g a n kishilarni, s h u n in g d e k , m ahalliy sayyidlardan 
birmunchasini isyonda ishtirok etishda ayblab hibsga oldi va ko'plarini 
o'lim ga m ahkum qildi. 0 ‘shanda hibsga olinganlar orasida Sharafuddin 
Ali Yazdiy ham bor edi. Faqat M irzo Abdullatifning (U lug'bekning 
to 'n g 'ic h o ‘g ‘li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib 
qoldi. S h ahzoda uni Sam arqandga, otasi huzuriga jo 'n a tib yubordi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy Sam arqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va 
fikrimizcha, Ulug'bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bo'lishi kerak. 
S hohruh vafotidan (1447) keyin 1449-yilda Sharafuddin Ali Yazdiy 
Xurosonga qaytdi va Sulton M uham m adning ruxsati bilan yana o 'z vatani 
T aftg a qaytib bordi va u m rin in g oxirgi qism in i u z la td a kechirdi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy 1454-yili vafot etdi.
“ Z a fa rn o m a ” asosan N izom uddin Shomiyning shunday nomli asari 
asosida zo 'rb ad iiy mahorat bilan yozilgan. Lekin, Sharafuddin Ali Yazdiy 
Nizom uddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning b a ’zilariga yangi 
tarixiy m anbalar asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar 
bilan boyitdi. Amir T em urning shaxsiyati va uning faoliyatidagi qaram a- 
qarshiliklar, y a ’ni bir to m o n d an qattiqqo'l ekanligi, ikkinchi to m o n d an
esa Movarounnahrdagi tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlatga 
asos solganligi birm uncha to 'g'ri va haqqoniy yoritilgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zo'r qimmati shundaki, unda Mo'g'ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O'rda, Elxoniylar davlati, Chig'atoy 
ulusi, shuningdek Movarounnahrning Chingizxon zamonidan to Tem ur 
davlatining paydo bo'lishigacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib 
berilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jahongir”, yoki “ Muqaddimayi Zafarnoma” 
nomi bilan ataladi va 1419-yili yozib tamomlangan.
“ Z afarn o m a” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki rejalariga 
ko'ra, uch qism — maqoladan iborat b o'lm og'i, birinchi qismda Am ir 
Femur tarixi, ikkinchi qismda Shohruh Mirzo va nihoyat, uchinchi qismda
1 O r a d a n b ir yil c h a m a s i v aqt o 'tg a c h . 1 4 4 7 -y ili S u lto n M u h a m m a d y a n a h'o rsn i e g a lla d i, 
S h o h ru h v a fo tid a n s o 'n g (1 4 4 7 -y il 12 m a rt) X u r o s o n n i q o 'lg a k iritd i, lek in 1451-yili inisi 
A b u lq o sim B o b u rd a n y e n g ild i va u n in g a m ri b ila n q a tl e tild i.
199


ushbu asar yozishning tashabbuskori Ibrohim Sultonning davrida o'tgan 
voqealar bayon etilishi mo'ljallangan edi. Lekin, biz hozir asarning birinchi 
q ism igagina egam iz, xolos. Lining ikkinchi va u c h in c h i qism la ri 
saqlanmagan. Ehtimol, ikkinchi va uchinchi qismlari yozilmay qolgan 
bo'lsa kerak. “ Z a fa rn o m a ” asarining asosiy qismi 1425-yilda yozib 
tamomlangan.
Asarning qo'lyozm a nusxalari ko'p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, 
xususan Toshkentda O 'z R FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma 
to 'rt nusxasi bo'lib, ularning ikkitasiga (И нв. № 3440 va № 4472) XV 
va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “ Z afarn o m a” asari matni Hindiston 
(1 8 8 5 -1 8 8 8 ), Eron (1957) va 1972-yili A .O '.O 'rinboyev t o m o n id a n
Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta o'z bek tiliga, ingliz, fransuz 
va turk tillariga tarjima qilingan. U nda n ayrim parchalar ingliz ham da 
rus tillarida bosilgan.
“ Z a fa rn o m a ” asarining m uqaddim asi te rm a tarjimasi va 10 yilgi 
M ovarounnahr voqealari bayoni O.Bo'riyev tom onida n tarjima qilinib,
1996-yili nashr qilindi. Kitobning O 'z b ek isto n va M arkaziy Osiyo 
mamlakatlari tarixini o'rganishdagi ilmiy ahamiyati juda katta. Keyincha 
yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning t a ’siri yaqqol seziladi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling