Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.3.3. Pompey Trog
Pompey Trog ( milodgacha 1 — milodning 1 asrlari o'rtasida yashab 
o'tgan) — “ Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo'lgan Rim tarixchisi. 44 
kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zam onidan to 
Rim im peratori Avgust (m iloddin aw algi 63 — m ilodning 14-yili) 
davrigacha dunyoda bo'lib o'tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy 
e ’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (m iloddan awalgi 359— 
336) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon 
etishga qaratilgan.
Mazkur asarning qim mati shundaki, u birtalay n o m a ’lum kitoblarga 
suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo'lishi 
va tarixini keng yoritib bergan. M uhim i shundaki, m u allif bunday 
davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog 
tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
“ Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Z ulq arn a y n davrida 
Baqtriya va S o 'g 'd d a qurilgan sh ah a r va katta im oratlar, Iskandar 
Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib 
chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi
Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o 'z aro munosabatlariga oid m uhim
m a ’lum otlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin ( I I —III asr) tarafidan qisqartirilib 
qayta ishlangan shaklda bizning zamonim izgacha yetib kelgan va Ruxl 
tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy 
va M.M.Rijskiy tom onida n “ Вестник древней и с то р и и ” jurnalining 
1954-yil 2—4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan.
126


1.3.4. Arrian Flaviy
Arrian Flaviy (taxm inan 95—175) — yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi 
va geograf olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “ Iskandar 
haqida” , “ Parfiyaliklar h aqida” , “ H in d is to n ” va 7 jildlik “ lskandarning 
yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.
0 ‘zbekiston va E ronning qadim iy tarixini o'rganishda Arrianning 
“ lskandarning yurishlari” nomli asari m u h im ahamiyat kasb etadi. U n d a 
fo tih n in g 0 ‘z b e k is to n , E ro n h u d u d l a r i va b o s h q a m a m la k a tla r g a
istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Asar p anegrizm — m addohlik ruhida yozilgan. M u allif Iskandar 
Zulqarnayn va uning faoliyatini k o ‘klarga k o ‘tarib ulug‘laydi. U k o ‘pgina 
q o l y o z m a m anbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo'lib, mavzu 
b o ‘yicha m uhim va asosiy m anbalardan hisoblanadi.
Arrian Flaviyning “ lskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, 
Leyptsig, 1886) ham da rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Sergeenko, 
M .-L., 1962) tillarida nashr etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling