Manbashunoslik


Qadimgi Yunon va Rim manbalari


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.3. Qadimgi Yunon va Rim manbalari
O 'z b e k i s t o n n i n g a n t i k d a v r d a g i t a rix in i o 'r g a n i s h d a q a d im g i 
Yunoniston va Rim tarixchilari ham da geograf oiimlarining asarlari muhim
1 A h m e d o v B.A . O 'z b e k is to n ta rix i m a n b a la ri. — T o s h k e n t: O 'q itu v c h i, 2001. 3 3 —34 - 
b e tla r.
124


manba b o ‘Hb xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida m a ’lumotlami 
keltiramiz.
1.3.1. Xeradot
Xeradot (m iloddan aw algi 490—480-yillar o 'rta si—425-y.) — yirik 
qomusiy olim, tarix fanining “o ta ”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas 
shahridan, 455—447-yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo'ylab sayohat qilgan.
Xeradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, 
Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan awalgi 479-yilgacha 
bo'lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat 
“ T a r ix ” n o m li asari bilan sh u h ra t to p g a n . Bu asa r u m u m iy tarix 
yo'nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Xeradot, 
Sitseronning (m iloddan awalgi 106—43-yy.) so'zlari bilan aytganda, tarix 
fanining “o t a ”si hisoblanadi.
Xeradot, garchi o'zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza 
yuritmasa ham , ulam i to 'g 'ri bayon etishi, o 'z g a xalqlar va mam lakatlar 
tarixiga hurm at nuqtayi nazaridan qarashi bilan b a ’zi tarixchilardan ajralib 
turadi.
X e ra d o tn in g asarida O 'z b e k i s t o n n in g q a d im iy xalqlari b o 'lm is h
agrippiylar, issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning 
turmushi, urf-odatlari h am d a qo'shni m am lakatlar bilan aloqalari haqida 
qimmatli m a ’lumotlarni uchratamiz.
“Tarix” ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869— 1871 - 
yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856—1860) ham da 
rus (F .G . M ishchenko, Moskva, 1858—1860) tillariga tarjima qilingan. 
1982-yilda asarning m am lakatim iz tarixiga oid qismlari zarur izohlar 
bilan A.l.Davatur, D.P.Kaliistovhamda I.A.Shishova tom onidan yangidan 
nashr etilgan.
1.3.2. Diodor
D io d o r (m ilo d d an aw alg i 9 0 - 2 1 - y il l a r ) yirik tarixchi olim , asli 
Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 
kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. U m u m iy tarix yo'nalishida yozilgan 
bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning
1 asr o'rtalarigacha bo'lgan tarixini o 'z ichiga oladi. U nda Sharq xalqlari, 
sh u n in g d e k , O 'z b e k is to n n in g q a d im iy xalqlari skif, sak, m assaget, 
baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo'lgan munosabatlari haqida 
qimmatli m a ’lum otlar bor.
Diodorning m azkur asari ko'pjihatlari bilan ko'chirma-kompilyatsiya
125


hisoblanadi. M uallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan 
tashqari, k o ‘p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy b o g ‘lanm ay 
qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga 
egadir.
Diodorning asari to'la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. 
Uning faqat 15 kitobi — qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari 
haqida hikoya qiluvchi 1—5-kitoblari, Y u n oniston h a m d a R im ning 
Y unon-E ron urushlari(miloddan awalgi 500—449)da to miloddan awalgi 
301-yilgacha b o 'l g a n tarixini o 'z ichiga olgan 11—20-kitoblarigina 
saqlangan, xolos.
Bu asar 1774— 1775-yillari 1.Alekseev tom onidan olti qismda va 1874— 
1875-yillari F.G . M ishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling