Manbashunoslik


Qadimgi Eron va hind manbalari


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.2. Qadimgi Eron va hind manbalari
1.2.1. Qadimgi Eron manbalari
1.2.1.1.T osh va sopolga o ‘yib yozilgan katibalar (mixiy
yozuvlar)
B u nday yozuvlar A h a m o n iy la r n in g qadim gi poytaxti P ersopol, 
shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi H am adon) shaharlari va uning 
atrofida topilgan.
Masalan, pishiq sopol taxtachaga o ‘yib yozilgan bir katibada Doro 1 
(m iloddan aw algi 522—486-yy.) hukm ronligining dastlabki yillarida 
(miloddan awalgi 494—490-yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning 
qurilish tafsiloti, a n i q r o g ‘i qurilishga ketgan m ateria lla rn in g qaysi 
mamlakatdan keltirilganligi yozilgan. Taxtachadagi m a’lumotlarga ko'ra oltin 
Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va 
qizg‘ish rangli tosh) So‘g‘diyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan.
Persopoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxm inan 50 km 
masofada joylashgan 520—450-yillar orasida qurilgan shahar) topilgan 
yozuvlar va tasviriy suratlar — relyeflar katta ilmiy qiymatga ega. Ularning 
ayrim namunalari XVII— XVI11 asrlarda (1621-y.) italiyalik sayyoh Pedro 
Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nom i bilan bog'liq. 1931 — 
1934, 1935-1939 va un d an keyingi yillari nem is olimi E.Xertsfild, 
amerikalik E.Shmidt, fransuz A .G o d ar ham da eronlik M.T.Mustafoviy 
va A .Som iy tarafidan o ‘tkazilgan arxeologik ta d q iq o tla r natidasida 
Persopolda juda k o ‘p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana 
zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Suratlarda (balandligi 3 fut - ingliz o'lchovi 30, 479 santimetrga teng) 
ahamoniylarga tobe b o ‘lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan) o'lpon 
olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar 
turli idishlar, teri, m o ‘yna va tuya bilan, so‘g ‘dliklar turli mato, teri va 
qo'ylar bilan, saklar ot va chakm onlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya 
bilan va xorazmliklar ot va qurol-aslaha bilan tasvirlangan.
Persopoldan 6 milya — qariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida 
Husaynkuh qoyalarida ahamoniylardan Doro 1, Ksereks 1 (miloddan 
awalgi 486—465-yy.), Artakserks 1 (miloddan awalgi 465-424-yy.) hamda 
Doro II (miloddan awalgi 424—404-yy.)larning maqbaralari hamda ularga
120


kiraverishda o 'yib yozilgan katibalar bor. M a z k u r yodgorlik sosoniy 
sarkardalardan Rustam (636-yili arablar bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan) 
nomi bilan ham bog'liq va tarixda k o 'p in c h a Naqshi Rustam deb ataladi.
Katibalarda, ayniqsa D o ro 1 surati ostiga yozilgan katibada, uning 
davlati ko'klarga ko'tarib maqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar 
esa itoatkorlikka va halol m e h n a t qilishga chaqiriladi, bo'ysunm aganlar 
va shu sababdan jazoga m a h k u m etilganlarning nomlari qayd etiladi. 
M uhim i shundaki, katibada ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplik va 
x a l q l a r n in g t o ' l a r o 'y x a t i y o z ilg a n . B u l a r o r a s id a p a r f i y a l ik la r , 
baqtriyaliklar, so'g'diyonaliklar h am d a xorazmliklar ham bor.
Y o d g o rlik o ra s id a m u h i m l a r i d a n y a n a biri m a s h h u r B e h is tu n
yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, u m u m iy balandligi 7,8 m 
bo'lib, u lar S him oliy E ro n d a , K i rm o n sh o h d a n 30 km m asofada, daryo 
b o 'y la b o 'tg a n qadim gi karvon yo'li yoqasida, uning ch a p tarafida, 
Zagros nom li tik qoyaga, ta x m in a n 105 m e tr b alandlikda D o ro 1 ning 
amri bilan yozilgan g'a la b a yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va qadimgi 
eron tillarida bitilgan va m ilodda n aw algi 523—522-yillari A h a m oniylar 
s altan a tin i larzaga keltirgan G a u m a t a —522-yil 2 9 - s e n ta b rd a halok 
b o 'lg a n , F rada — m a rg 'iy o n a lik , 522-yil 10-dekabrida asirga olingan, 
Skunxa — hozirgi Q ozog'iston va O 'zbekiston hududida istiqomat qilgan 
sak q a b i l a l a r in in g y e ta k c h is i kabi b o s h l i q l a r ra h b a rlig id a g i xalq 
harakatlari haqida hikoya qiladi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling