Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1 .2.1.5. «Shohnoma»
Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “ S h o h n o m a” asari uch qism 
va65 ming baytdan iborat doston bo'lib, u 976—1011 -yillar orasida yozilgan.
Uning birinchi qismi afsonaviy bo'lib, “Avesto” materiallariga asoslanib 
y o z ilg a n va E ro n h a m d a T u r o n x a lq l a r in i n g d in iy a q id a la ri va 
rivoyatlaridan bahs yuritadi.
Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari m uhim hisoblanadi. Ikkinchi
123


qism qahram onlik dostoni b o ‘lib, qadimgi Eron podshohlari va ular 
zam onida o ‘tgan qahram onlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan.
“ S h o h n o m a ”ning uchinchi qismi tarixiy doston b o ‘lib, unda Eron va 
Turonning zardushtiylikning paydo b o ‘lishidan to arablar istilosigacha 
bo'lgan siyosiy hayoti talqin etilgan.
“ S h o h n o m a ” n in g q o 'l y o z m a n u sx a la ri k o ‘p m a m l a k a t l a r n in g
kutubxonalarida, shuningdek O lz R FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning to'la matni Hindiston 
(1829), Fransiya (1838—1878), Olmoniya (1877—1884), Eron (1934—1936) 
va Rossiyada (I960—1971) chop etilgan, rus va o'zbek tillariga tarjima qilingan.
“ S h o h n o m a” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini 
Boysung'ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko‘p tarixchilar, 
xususan M u h am m ad Mirxond undan m anba sifatida foydalangan. Alisher 
Navoiy bu asarda lof ko'pligini qayd etgan.
1.2.1.6. Qadimgi hind manbalari
Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Q anha xalqi, ularning ijtimoiy- 
iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli m a ’lumotlami hindlarning epik dostoni 
“ M ahobharata”da ham uchratamiz.
“ Mahobharata”(“ Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan 
bo'lib, 100 ming baytni o'z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh 
Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va pandavlaming o'zaro adovatlari 
va urushlari bayon etiladi. U miloddan awalgi X—VIII asrlarda yaratilgan.
Asarda, masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari 
bilan borgan saklar, to h a rla r va q a n h a la r haqida m an a bu m u h im
m a ’lumot keltirilgan: “ Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida 
boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat 
kutib turardilar. P ahm oq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan
qo'llarida turli-tum an sovg'alar, ju n , rang, ipak va patta (oq qayinning 
bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan 
to'qilgan gazlam alar, m ayin, nafis terilar, uzun va o 'tk ir qilichlar
shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo'y narsalar, 
turli-tum an qim m atbaho toshlar” 1.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling