Manbashunoslik va tarixshunoslik
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Download 2.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu dastur manbashunoslik va tarixshunoslikning predmeti va ob’ekti, vazifalari, manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ko‘rsatib o‘tilgan talaba- yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuklaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashish va o‘zbek davlatchiligi tarixidagi mavjud bo‘lgan dolzarb masalalarni o‘rganadi. SHuningdek, “Manbashunoslik va tarixshunoslik’’ fani hakidagi bilimlarni qaror topshirish, mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning vazifasi, predmeti va ob’ekti, tadqiqot va manbalarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahdid qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning manbashunoslikdagi va tarixshunoslikdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan kichik ilmiy ishlarida foydalanishni o‘rganishdan iborat. “Manbashunoslik va tarixshunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr: - manbalarni turkumlashdagi asosiy tamoyillar, manbashunoslik va tarixshunoslikning rivojlanish boskichlari, tarixshunoslikda tadkiqotlarnnng tahlil kilish usullari, muammoviy tarixshunoslik masalalalari, tadqiqotlarning metodologiya masalalari, og‘zaki tarix, muammoviy tarixshunoslik, O‘rta Osiyoning tarixiga oid manbalar va tadqiqotlar, Mustakillik yillarida O‘zbekistonda tarix fanidagi tadqiqotlarga haqida bilishi kerak; - talaba O‘rta Osiyo tarixiga oid xorijiy tillardagi yozma manbalarni tahlil qilish.O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi tarixiga oid manbalarni o‘rganish, arab yozuvidagi dastlabki manbalarni tadqiqot ishlariga qo‘llay olish, manba va tadqiqotlarni mazmuniga ko‘ra guruhlarga bo‘la olish, tadqiqotlarda mavzuning o‘rganilish darajasini tadqiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 85 - talaba tarix fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, manbashunoslik va tarixshunoslikning predmeti, ob’ekti va vazifalarini farqlay olish, nazariy manbashunoslik, amaliyotda tarixiy manbalarning va tadqiqotlarning asosiy turlarini ajrata olish, manbalarni o‘rganish; aniqlash, tiklash, tahlil qilishga malakalarga ega bo‘lishi kerak. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling