Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

2.3. Manbalarni turkumlash
S harq yozm a m anbalarni turkum lashning yagona aniq b ir qoidasi 
hozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo'lyozm a m anbalar fihristi bir qismi 
asarlar tili nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tuzilgan. M asalan, Angliyaning 
Britaniya m uzeyida saqlanayotgan sharq qo ‘lyozmalari yirik sharqshunos 
Charlz Ryo tom onidan, ularning qaysi tilda yozilganiga qarab, arab, fors va 
turkiy tildagi qo'lyozm alarni alohida-alohida tavsifga olib fihrist tuzilgan. 
F ransiya poytaxti P arijdagi M illiy ku tu b x o n ad a saqlanayotgan sharq 
qo'lyozm alari haqida Edgar Bloshe ham shu tartibda katalog tuzgan.
T oshkentdagi Abu R ayhon Beruniy nom idagi Sharqshunoslik instituti 
x a z in a s id a g i q o 'ly o z m a la r b irin c h i b o r s a q la n a y o tg a n ta s h k ilo t 
“O 'zbekiston F an lar akadem iyasi Sharq qo'lyozm alari m ajm uasi” nom i 
ostida turli tildagi va turli m avzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning o 'n
bir jildi n ashr etilgan. H o zir qo'lyozm alarni qaysi fan sohasiga oidligiga 
qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan b o 'lib , m an a shunday kataloglar 
chop etilm oqda.
B a’zi m anbashunoslar q o'lyozm alarni m azm uniga qarab, asarda qaysi 
m asala bayon etilganiga qarab turkum lashni lozim topsalar, ularning 
boshqa b ir guruhi asarning kelib chiqishiga, y a’ni qayerda va qachon 
yozilganligiga qarab tu rkum lashni m a ’qul k o 'rad ilar. Y ana b ir guruh 
olim lar esa ularni rasm iy hujjatlar, tarixiy, geo-kosm ografik va biografik
11


asarlar kabi turlarga b o 'lib o ‘rganishni tavsiya qiladilar. M an b alarn i 
avtograf, ya’ni m uallifning o 'z q o ‘li bilan yozilganligiga yoki ko'chirilgan 
nusxa ekanligiga qarab turkum lash hollari ham uchraydi.
Hozirgi pay tda tarixchi m anbashunoslar m anbalar ustida ishlashning 
faqat bittasiga, y a’ni ularning turlariga qarab tadqiq etishni m aqsadga 
m uvofiq deb hisoblaydilar. C hunki boshqa ta d q iq o t y o ‘llari y ozm a 
m anbani ch u q u r va atroflicha o'rganish ham d a tahlil qilish vazifalariga 
to ‘la javob bera olm aydi.
Birinchidan, tarixiy m anbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
m adaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli yo‘q yoki ju da kam.
T il b o ‘yicha m anbalarni o'rganish yom on em as, lekin biro r m avzuga 
oid m anbalarni o'rgangan da, faqat bir yoki ikki tild a yaratilgan asarlar 
bilan chegaralanish tadqiqot ilm iy qiym atini pasaytiradi.
M ana shularni inobatga olganda, tarixiy m anbalarni turlariga va qaysi 
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkum lash m aqsadga muvofiqdir. 
A w algi paytlarda talaygina m arkaziy oliy o'quv yurtlarida o'qitilgan “SSJI 
tarixi m anbashunosligi” va “O 'rta asrlar tarixi m anbashunosligi” darsliklari 
m an a shu qoidaga asoslangan.
B.A. A hm edov O 'zbekiston tarixi (o 'rta asrlar) m an balarini (yozm a 
m anbalarni) quyidagi u ch turga b o 'lib o'rganishni tavsiya qilgan: 1) 
ashyoviy m anbalar, y a’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar;
2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosm ografik ham d a biografik asarlar. 
U shbu tu rk u m d a qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy m anbalar, y a ’ni 
qadim da ajdodlarim iz turm ush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o'iganish u chun 
asosiy m anb a b o 'lib xizm at qiluvchi m anbalar, asosan arxeologiya fani 
to m o n id an o'rganiladi va biz u ch u n qo 'sh im ch a yoki yordam chi dalil 
sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi m um kin.
Bizning fikrim izcha, O 'zbekiston tarixi yozm a m anbalarini, asosan 
ikki turga b o 'lib o 'ig an ish m a ’qul ko'rinadi.
1) R a sm iy h u jja tla r — y o r liq la r , fa r m o n la r , in o y a tn o m a la r , 
vaqfnom alar, hisob-kitob daftarlari, rahno m alar, rasm iy yozishm alar, 
m aktublar va boshqalar. U m u m an , tarixiy hujjatlarning o 'ttiz d a n ortiq 
turi mavjud. H ujjatlar ijtim oiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, 
y a’ni feodal yer egaligi, ijtim oiy m unosabatlar, davlat tuzilishi va shunga 
o 'x sh a sh m asalalar b o 'y ich a daliliy m a ’lu m o tg a boyligi b ilan tarixiy 
m anbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. U lar, asosan hujjatshunoslar 
tom onidan maxsus o'rganilsa-da, tarixiy m anba sifatida m anbashunoslikda 
ilmiy qiym ati ju d a katta.
2) N arrativ yozm a m anbalar. B unday asarlarda rasm iy hujjatlarga


nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to 'la yoritiladi. S huning bilan 
b ir q ato rd a ul^r daliliy m a ’lum otlarga boyligi bilan k o ‘zga tashlanadi.
Y ozm a m anbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bo 'lm ay di. 
X ususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar t o ‘g ‘risidagi 
m a ’lu m otlar bayoni m avjud bo'lib, faqat ularning o ‘ziga xos bayon uslubi, 
badiyatini nazard an qochirm aslik kerak. C hunki tarixchi b o r haqiq atn i 
yozishi kerak b o ‘lsa, sh o ir yoki ijodkor badiiy t o ‘q im a, b o 'rttiris h , 
m ubolag‘aga y o ‘l q o ‘yishi, y a ’ni o ‘z istagiga m uvofiq tasvirlash im koniga 
ega. M a sa la n , A lis h e r N a v o iy b a d iiy a s a rla rid a s h o ir d av rig a va 
zam ondoshlariga oid qim m atli fikr, m ulohazalar m avjud. X ususan, uning 
asarlaridagi shoir biografiyasiga oid m a ’lu m o tlar asosida Izzat S ulton 
“ N avoiyn ing qalb d a fta ri” n om li kitob yozib, u n d a A lish er N avoiy 
biografiyasini tiklashga harakat qilgan.
Alisher N avoiyning “X am sa” asari tarkibidagi dostonlarida h am tarixiy 
m a ’lum o tlar, xususan M irzo U lu g 'b e k shaxsi va u n in g ilm iy m erosi 
t o ‘g ‘risida ju d a qim m atli fikrlar mavjud.
Y ozm a m anbalardagi o'zig a xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan 
voqea, hodisalarga subyektiv yondashuv, ayrim larini xaspo‘shlash yoki 
buzib talqin etish hollari u ch rab turadi. B unday asarlar ustida tad qiq ot 
o lib b o rilg a n d a , u la rg a ta n q id iy y o n d a sh ish ta la b e tila d i. Bu esa 
m anbashunoslikning asosiy ilm iy talab va tam oyillaridan biridir.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling